Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-MAVZU: BIOLOGIYA O‘QITISH JARAYONIDA TARBIYA
3. Uzluksiz ta’lim tizimi quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi:
A. Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim. B. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim. V. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim. G. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. 17-MAVZU: BIOLOGIYA O‘QITISH JARAYONIDA TARBIYA Reja:
Ta’limdagi tarbiya xillari. Biologiya ta’limida o‘quvchilarning dunyoqarashini, tafakkur qilish xususiyatlarini tarbiyalash. Ko‘rgazmali usul haqida tushuncha. Ko‘rgazmali usul xillari tasviriy qurollaridan foydalanish. Natural ko‘rgazma qurollaridan foydalanish. Tajribalardan foydalanish. Biologiya o‘qitishda o‘quvchilaga faqat bilimlarni o‘rgatish yetarli bo‘lmaydi. Yoshlar har tomonlama rivojlangan, tarbiyalangan bo‘lishlari kerak. Shu boisdan o‘qituvchi o‘quv materiali mazmuni, uni o‘rganishning usullari va shakllariga bog‘lagan holda o‘quvchilarni tarbiyalashi zarur. Biologiya ta’limida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, tafakkur qilish xususiyatlari, mehnat madaniyati, estetik tarbiyasi amalga oshirilib boriladi. Maktabda o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti o‘quvchilarga bilim, o‘quv ko‘nikmalari berish bilan birgalikda ularlarning dunyoqarashini tarbiyalashga ham xizmat qiladi. O‘quvchilarda tabiatdagi hodisalar qanday shakllarda namoyon bo‘lib, hayoti qaysi qonuniyatlar asosida ro‘y berishi individual va tarixiy rivojlanish yo‘llari asosida tushunchalar sistemasi hosil qilish, ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Har qanday duyoqarashning mag‘zini falsafiy qarash tashkil etadi. Shu boisdan biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning dunyoqarashini tarbiyalashda tabiatni idrok qilishning dialektik usuliga tayanadi. Biologiyadan o‘rganiladigan har bir darsda materialni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘rganish dunyoqarashni tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biridir. Ba’zi hollarda turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar o‘rgatilib, ularning boshqa sistematik guruhlar bilan bog‘lanishlariga yetarli ahamiyat berilmaydi. Shu boisdan o‘quvchilarning dunyoqarashini tarbiyalashda organlar va ularning sistemalari orasidagi bog‘liqlik doimo tushuntirilib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash tarbiyasida har bir organizmni doimo o‘sishida, rivojlanishida ekanligini ko‘rsatib borish lozim. Biologiya ta’limida hayotning molekula, hujayra, to‘qima, organizm, tur, biotsenoz darajalarini o‘rganish ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashning muhim omillaridir. O‘quvchilar dunyoqarashini tarbiyalashda organizmda va muhit orasidagi munosabatlar organizmlarning tarixiy taraqqiyoti, nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishlari kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilarning tafakkur qilish xususiyatlarinin rivojlantirish uchun mavzularni o‘rganishda ko‘proq induktiv va deduktiv yo‘llaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Darslarda butunni qismlarga ajratish, ya’ni analiz, qismlardan bir butunni hosil qilish sintez yo‘li, tafakkurning rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari o‘rganilgan materialni yangisi bilan taqqoslash, muammo savollardan foydalanish, mavzuga oid amaliy ishlar, tajribalar, kuzatish ishlari olib borish kabilar ham o‘quvchilarning tafakkur qilish xususiyatlarini rivojlantirish vositalaridir. O‘quvchilarning dunyoqarashlarini tarbiyalashda organizmlar hayoti mohiyatini to‘g‘ri talqin etib borishga e’tiborni kuchaytirish muhim omillardan hisoblanadi. Sinfdagi botanika kursida moddalar almashinuvi haqida dastlabki, elementar bilimlar berishdan boshlab, to oqsilning biologik sintezining o‘tishigacha bo‘lgan hayotiy jarayonlargacha (9–sinf) beriladigan bilimlarda o‘qituvchi moddalar almashinuvining murakkablashib borishini o‘quvchilarga tushuntirish asosida ularda tirik organizmlarning eng muhim xususiyatlari haqida atroflicha, sistemali dunyoqarashni hosil qilishi zarur. Har bir organizm hayoti davomida tashqi va ichki sabablar ta’sirida o‘zgara borib rivojlanadi. Organizmlarning rivojlanishi esa qarama-qarshi hodisalarning o‘zaro birligi namoyon bo‘ladi. Shu boisdan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishda o‘simlik va hayvonlar qarama-qarshi jarayonlar, nafas olishda kislorodni olib, karbonat angidridni chiqarishi, suv ichish, uni bug’latish yoki siydik shaklida tashqariga chiqarish, muskullarning cho‘zilishi, o‘zgaruvchanlik, irsiyat kabi qarama-qarshi jarayonlarning birligi masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu jarayonlar asosida hayot davom etishi ta’kidlanib borilishi lozim. Demak, tirik organizmlarda ro‘y beradigan har bir hayotiy jarayon o‘ziga xos sabablar, bog‘lanishlar asosida ro‘y berishi o‘quvchilarga doimo eslatib borilishi lozim. Misol keltiramiz. Ma’lumki, efemer o‘simliklar erta bahorda, yerdan hali qor ketmagan paytlardan boshlab rivojlana boshlaydi. Ular tez o‘sib, 1,5-2 oy davomida rivojlangach, gullab, urug‘ hosil qilib nobud bo‘ladi. Efemer o‘simliklar nega bunday tezlikda o‘sib, rivojlanib nobud bo‘ladi? Buning sababi shundaki, mazkur o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi uchun ko‘p miqdorda suv, namlik kerak bo‘ladi. Namlik esa bahorda ko‘p bo‘ladi. Shu boisdan bu o‘simliklar tabiatda suv ko‘p bo‘lgan paytda o‘z hayotlarini o‘tab, tugatib olishadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda darslarda tashkil etiladigan kuzatish, tajriba ishlarining o‘rni, ahamiyati katta. Binobarin, o‘qituvchilar darslarda ko‘proq o‘quvchilar bilan kuzatishlar, tajribalar olib borishlari zarurdir. Fan tarixi, uning rivojlanishiga oid bilimlar ham o‘quvchilar dunyoqarashini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishida darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati ham beqiyosdir. O‘quvchilarning bunday mashg‘ulotlar paytida tabiatda olib boradigan kuzatish ishlari, maktab o‘quv-tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar natijalari ham ishonarli dalillar olishga xizmat qiladi. Shunday qilib o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini tarbiyalash uchun o‘qituvchi dastur talabidagi bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatish bilan cheklanib qolmay, doimo dars mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarni tarbiyalashning yo‘llari, vositalarini ham hisobga olgan holda ish ko‘rishi lozim. Ko‘rgazmali usuldan dars mavzusi ko‘proq fiziologik, bioximik, ekologik mazmunga ega bo‘lgan paytlarda foydalaniladi. Ko‘rgazmali usulda o‘quvchilar yangi o‘rganadigan mavzuni ko‘rgazmali qurollarni ko‘rish, idrok etish vositasida o‘rganadi. Bunday metod qo‘llanilganda o‘qituvchilarning so‘zi, tushuntirishda yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Ko‘rgazmali usul tasviriy, natural vositalar, tajribalar namoyishi kabi turdosh usullarni o‘z ichiga oladi. Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi mavzuni o‘rganishda turli tasviriy vositalar, o‘quv jadvallari, film va o‘quv filmlari, kodopozitivlar, o‘quv televideniyesidan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Biologiya ta’limida o‘quv jadvallari muhim ahamiyat kasb etadi. Jadvallarda turli organizmlarning tabiiy rangi, ularning muhit sharoiti va boshqa organizmlar bilan aloqalari, hayotiy jarayonlarining aks etishi o‘quvchilarda o‘rganilayotgan o‘simlik va hayvon haqida atroflicha tassavur hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi. O‘quv filmlarining qisqa, to‘la metrajli, shuningdek kino halqalar kabi xillari bo‘ladi. Kinofilmlar darsda 5, 10, 20 daqiqa davom etishi hisobga olinsa, kinodan o‘quv jarayonida foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘qituvchi darsda o‘quv filmdan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beradi: O‘quv filmining darsdagi o‘rnini belgilaydi. O‘quv filmi mazmuni bilan avval o‘zi tanishib chiqadi. Diktor matnini o‘rganadi, filmga o‘quvchilar e’tibor berishi lozim bo‘lgan eng asosiy lavhalar belgilanadi. O‘quv filmi mazmuniga bog‘langan savollar tuziladi. Savollarni film boshlanishidan avval o‘quvchilarga yozdirib, bu savollarga filmdan javob topish topshiriladi. O‘quv filmi namoyishidan so‘ng savollarga javoblar olinadi qisqa xulosalar chiqariladi. Natural ko‘rgazmali qurollarga tirik o‘simliklar, hayvonlar, ularning gerbariy va kolleksiyalari, ayrim organlarning ho‘l yoki urug‘ saqlanayotgan preparatlari kabilar kiradi. Natural ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarning organizmlar haqidagi bilimlarini boyitadi. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan organizmlarning rangi, shakli, o‘lchamlari, xatti-harakatlarini ko‘rib, puxta bilim olishadi. Natural ko‘rgazmali qurollardan ko‘proq laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija beradi, biroq ko‘rgazmali usulda ham o‘quvchilar natural vositalarni ko‘rish orqali dars mavzusini yaxshi idrok etishadi. Natural ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda o‘qituvchi quyidagilarga amal qiladi. Natural ko‘rgazmali qurollarning darsdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rgazmali qurollardan o‘quvchilar nimalarni ko‘rishi lozimligini aniqlaydi. Ko‘rgazmali qurollar qanday qo‘shimcha vositalar (lupa, mikroskop, jadvallar, rasmlar, darslikdagi topshiriqlar) yordamida o‘rganish kerakligini hisobga oladi. Natural vositalar tuzilishida ularning yashash joyiga moslanishi belgilarini topishga harakat qilinadi. Tirik hayvonlarni o‘lchalmlariga bog‘liq holda namoyish etish yo‘llarini aniqlash kabilarga e’tibor berish lozim. Tajribalar ko‘proq fiziologik mazmundagi darslarda foydalaniladi. Botanikadan ildizning tuproqdagi suvni shimib olishi, bargda yorug‘likda karbonat angidrid yutib kislorod chiqishi, organik modda hosil bo‘lishi, zoologiyadan gidra, yomg‘ir chuvalchangining ta’sirlanishi, odam va uning salomatligi fanida baqa ustida, so‘lak va oshqozon osti bezining oziq, mahsulotlar ta’siri ostida o‘zgarishlari ustidagi tajribalar, umumiy biologiyadan hujayradagi plazmoliz va deplazmoliz, organizmlarning tashqi ta’sirlar vositasida o‘zgaruvchanligi kabilar o‘quvchilarni puxta bilim olishlariga xizmat qiladi. Ko‘rgazlmali usul qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘quv materiallarini eshitish va eng muhimi, sezgilari orqali o‘rganganligi sababli bunday darslar qiziqarli o‘tishi bilan puxta bo‘ladi. Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi usuli. Ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar dars mazmunini o‘qituvchi namoyish etadigan turli tasviriy vositalarni ko‘rish, ularni idrok etish orqali o‘rganishadi. Tasviriy vositalar turli biologik obyektlar, hodisalarni o‘quv jadvali, o‘quv diafilmlari, filmlar shaklidagi jihozlarni o‘z ichiga oladi. Undan tashqari, tasviriy vositalarga modellar, maketlar, olimlarning portretlari, tayanch belgilar, aplikatsiya materiallar ham kiradi. Xullas, tasviriy vositalar ta’limda o‘rganiladigan tirik organizmlar, ularning yashash muhitiga mos ravishda tashqi tuzilishi, ichki tuzilish belgilari, hayotiy jarayonlarini turli o‘quv jadvallar, rasmlar, filmlar kabilarni qamrab oladi. Tasviriy vositalar ichida o‘qituvchilar muntazam foydalanadigan material o‘quv jadvallaridir. Ta’limda o‘quv jadvallaridan foydalanishning o‘rni, roli beqiyosdir. Avvalo o‘quv jadvallardan foydalanish didaktikaning ta’limning ko‘rgazmali bo‘lishi kerakligi haqidagi talabini bajaradi. Biroq biologiya ta’limida qo‘llaniladigan tasviriy vositalar faqat darsning ko‘rgazmalilik talabini bajarishga xizmat qiladi, deyish noto‘g‘ri bo’lur edi. Chunki, birinchidan, obyektlarning tasvirlari faqatgina o‘quvchiga shu organizmlar haqidagina tasavvur bermaydi. U o‘quvchilarning mavjud mavzularda ilm olishlari, tarbiyalanishlari, rivojlanishlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Biologiya ta’limida muntazam foydalanib kelinadigan o‘quv jadvallar haqida to‘xtalamiz. O‘quv jadvallari fabrikada tayyorlangan, yasama bo‘lishi mumkin. Albatta ta’limda fabrikada tayyorlangan o‘quv jadvallar g‘oyat muhim axborot vositasi hisoblanadi. Biologiya ta’limida ko‘rgazmali usulning bu xilidan foydalanish odatda dars morfologik, ekologik, fiziologik, sistematik mezonga ega bo‘lgan paytlarda qo‘llaniladi. O‘quv jadvallari didaktik yo‘nalishi bo‘yicha 3 xilga bo‘linadi. Birinchi guruh jadvallar o‘quvchilarga o‘simlik va hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi xususiyatlarini o‘rgatishga xizmat qilsa, ikkinchi guruh asosiy biologik qonuniyatlar, tushunchalar, nazariyalarni o‘rganishga, uchinchi guruh esa ekologik yo‘nalishdagi masalalarni o’rganishga xizmat qiladi. O‘quv jadvallaridan yangi mavzuni o‘rganish, mustahkamlash va o‘quvchilarning bilim va masalalarini aniqlash, baholash paytlarida foydalaniladi. Undan tashqari, ayrim biologik obyektlarning o‘zini darsda ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan paytlarda o‘quv jadvallari o‘qituvchiga juda katta yordamchi bo‘ladi. Masalan: bizning sharoitimizda shimolda yashovchi o‘simlik va hayvonlarni ko‘rsatish imkoniyati, albatta, yo‘q. Shu boisdan kurakoyoqlilar nomli o‘quv jadvali darsining ko‘rgazmaliligini juda boyitishi shubhasizdir. Keyingi paytlarda qavariq jadvaldan foydalanish ham yaxshi natija bermoqda. Qovariq jadvallar odatda rangli bo‘lib, ko‘proq, turli o’simlik va hayvonlarning tashqi, ichki tuzilish xususiyatlari viniplast pletiyada ishlanadi. O‘qituvchi nashriyot tomonidan chiqaruvchi “O‘zbekistonning umurtqali hayvonlari” nomli o‘quv jadvali (T.В.Байтигам, A.С.Сухаров) 24 ta jadvalni o‘z ichiga olib, unda O‘zbekistondagi baqalar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarning yashash, tashqi va ichki tuzilish xususiyatlari aks ettirilgan. Yasama jadvallarning mazmuni o‘quv materialini turli raqamlar bilan to‘ldirishga, ayrim biologik hodisalarni, organizmlarning rivojlanish jarayonlarining asta davom etib borishini ayrim o‘simlik, hayvonlarning tabiiy kattaliklari shakllarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan: tuxumning otalanib, embrion taraqqiyotining turli davrlari asta rivojlana borib, unda itbaliq chiqishligiga bo‘lgan bir necha davrlarni ketma-ket vatman qog‘ozlarda aks ettirish, ya’ni gazetalarni bir nechasini bir-biriga ulash, qog‘ozlardan yo‘lbars, ayiq akula, kit kabi hayvonlarning shaklini qirqib, tabiiy kattaligiga olib kelib, uni darsda namoyish etish yasama jadvallardan foydalanishga misol bo‘ladi. Biologiya ta’limida sinf doskasidan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Doska o‘quv jarayonida turli organizmlarning, organlar sistemasining tuzilishini ko‘rsatishda, organlarni mavzuda shakllanishi va qismlarini bayonlashda katta o‘ringa egadir. Sinf doskasida yangi tushunchalar yozilib, izohlanib boriladi. Sinf doskasining yangi bir muhim tomoni unda organizmlarning dastlab gavda shakli, undan so‘ng gavda qismlarini asta chizib ko‘rsatish, ya’ni organizmlarning turli qismlardan iborat ekanligi va bu qismlar oqibatda mavjud o‘simlik yoki hayvonning bir butunligini hosil qilishligini ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan: Infuzoriya tufelkaning gavdasining shakli haqidagi o‘quv material tushuntirilayotganda o‘qituvchi doskaga, avvalo, uning gavdasi shaklini chizadi. So‘ngra dars mobaynida infuzoriya gavdasini hosil qiluvchi organellalari asta-sekin rasmga tushirilib borish orqali infuzoriya haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lib boriladi. Turli o‘simlik va hayvonlarning tashqi, ichki tuzilishi xususiyatlarini sxematik tarzda (turli materiallardan) tayyorlash ham mumkin. Modellarning o‘quv jarayonida ta’minlanganligini oshirish uchun ba’zi hollarda ularni deyarli turli ranglarga bo‘yab qo‘yish hollari ham uchraydi. Modellarning bir necha xillari bo‘lib, ularga hajmiy modellarni ko‘rsatish mumkin. Hajmiy modellardan yangi mavzuni o‘rganishda, laboratoriya mashg‘ulotlari paytida foydalanish mumkin. Hajmiy modellar turli o‘simlik va hayvonlarning gavdasini tashkil etgan organlarni o‘zida aks ettiradi. Mazkur mazmundan belgilarning yanada tushunarli chiqishi uchun hajmiy modellar bir necha qismlarga bo‘linadigan tarzda ham ishlanadi. Masalan: sut emizuvchi hayvonlarning yuragi modeli o‘rtasidan bo‘linadigan yurakning qoringa va bo‘lmalari ko‘rinadigan qilib tayyorlanadi. Odam miyasining ham har ikki yarim sharlari ajraladigan, miya moddalari va tuzilmalarini ko‘rish mumkin bo‘ladigan qilib tayyorlanadi. Modelning ko‘ndalang kesimida uzunchoq miya, Voroliyev ko‘prigi, gipofiz, miyacha, katta yarim sharlarning po‘stloq qismi, oraliq miya kabi tuzilmalar ko‘rinadi. Keyingi yillarda 6-sinf botanikasidagi “Gul va meva” mavzusini o‘rganish uchun no‘xat, karam, bug‘doy kabi o‘simliklarning modellari chiqarilgan. O‘quv modellaridan laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija beradi. Quyida “Bosh miyaning tuzilishi” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazish yuzasidan fikrlar yuritiladi. O‘qituvchi bosh miyaning tuzilishi haqidagi o‘quv materialini bosma jadval vositasida tushuntirib bo‘lgach, mavzuni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etadi. Buning uchun har 4-6 o‘quvchiga bittadan model beriladi. Modelni o‘rganish uchun ular o‘quv jadvali, o‘qituvchining qisqacha axboroti, shuningdek laboratoriya mashg‘ulotining bajarilishiga oid tayyorlangan yozma yo‘llanmaga asoslangan holda ish bajaradilar. Bosh miyaning tuzilishini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar. 1-ish. Bosh miya modelidan miyaning shakli, rangini o‘rganish, uni darslikdagi bosh miya shakliga taqqoslab ko‘rish. 2-ish. Bosh miya modelidan miyaning peshona, tepa, chakka qismlarini o‘quv jadvaliga qiyoslagan holda topish. Miyaning bu qismlari qanday ranglarda ekanligini aniqlash. 3-ish. Miyaning markaziy va yonbosh egatlarini aniqlash. 4-ish. Bosh miya yarim sharlaridagi zonalarning modelda joylanishini o‘quv jadvaliga taqqoslab o‘rganish. 5-ish. Daftarga bosh miya modelining tuzilishi sxemasini chizish, ularning nomlarini yozib olish. O‘quv modellarining yana bir xili aplikatsiyalar hisoblanadi. Aplikatsiya – modellari karton qog‘ozlarga chizilgan yoki shakli yasalgan turli biologik obyektlardan iborat ko‘rgazmali qurollar bo‘lib, bu karton qog‘ozlarning orqasiga magnit parchasi mahkamlangan bo‘ladi. Odatda aplikatsiyalar magnit doskalarda namoyish etiladi. Orqasida magnit mahkamlangan karton bo‘laklaridan narsa va hodisalar doskaga turlicha nisbatlarda, chegaralarda va munosabatlarda joylashtirilib, o‘quvchilarga organizmlarda ro‘y beruvchi turli nisbatlarda, chegaralarda va munosabatlarda joylashtirilib, to‘g‘rilab, o‘quvchilarga organizmlarda ro‘y beruvchi turli kimyoviy bioximik jarayonlar, organizmlarning muhit va bir-birlari, turlari orasidan bog‘lanishlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa aplikatsiya modellari hujayraning tuzilishi, undagi bioximik jarayonlar, faoliyat qonunlari, organizmlar va muhit orasidagi bog‘lanishlarga oid mavzularni o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha ta’lim olishiga asos bo‘ladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling