Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
O‘qitish shakllarining o‘zaro bog‘lanishi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
O‘qitish shakllarining o‘zaro bog‘lanishi
Biologiya ta’limida dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnat kabi o‘qitish shakllaridan foydalaniladi. Biologiya ta’limining asosiy shakli darsdir. Dars – yoshi va tayyorgarligi bir xil bo‘lgan doimiy o‘quvchilar jamoasi sinf bilan davlat dasturi, qat’iy dars jadvali bo‘yicha, maktab binosida olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishning asosiy shaklidir. Asosiy o‘quv materiali darsda o‘rganiladi. Biologiya darslari maqsadiga ko‘ra kirish, joriy, o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash, hisobga olish, saralash, yakuniy kabi dars tiplariga ajraladi. Biologiya darsiga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagilarga amal qilishi lozim: Yillik ish rejasida ko‘rsatilgan dars mavzusini aniqlaydi. Mavzuni o‘rganishda dastur talablari bilan tanishadi. Mavzuning darslikda berilishini o‘rganadi. Mavzudagi eng asosiy tushunchalar guruhlarini ajratadi. Mavzuning ta’limiy, rivojlantiruvchi, tarbiyaviy vazifalarini belgilaydi. Mavzuni o‘rganishning usullari, zarur natural, tasviriy jihozlar, tarqatma materiallar, tajribalar tayyorlanadi, ulardan darslarda foydalanishga e’tibor beradi. Mavzuni o‘rganishda predmetlararo bog‘lanishlarga e’tibor beradi. Mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari aniqlaydi. Mavzu mazmunini yanada boyishiga yordam beruvchi ilmiy, uslubiy adabiyotlar, mahalliy materiallar topadi, foydalanadi. O‘quvchilarning bilimlarini hisobga olishning yo‘llari, vositalarini tanlaydi. Yuqoridagi vazifalarga javob beradigan dars strukturasini tuzib, dars mavzusining mantiqiy rivojlanib borishiga e’tibor qaratadi. Uy topshiriqlari mazmunini belgilaydi. Biologiyadan ayrim mavzularni sinfda dars shaklida o‘rganib bo‘lmaydi. Masalan: kuzda o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar, o‘simliklarning hayotiy shakllari mavzusini ekskursiya shaklida o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ekskursiyada kuzgi o‘simlik hayotidagi o‘zgarishlarning maktab o‘quv-tajriba uchastkasi atrofidagi bog‘larda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Ekskursiya paytida o‘quvchilarga kuzda o‘simliklar barglarining sarg‘aya boshlagani, mevalarning g‘arq pishishi, buta, daraxtsimon o‘simliklarni ko‘rsatib o‘tish mavzuning o‘quvchilar tomonidan puxta egallanishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, uzoq yillar mobaynida biologiya uslubiyatida turli mavzularni o‘rganishga moslantirilgan o‘qitishning turli shakllar ishlab chiqilgan. Biologiya “Ta’limning shakllari o‘qituvchi tomonidan foydalaniladigan o‘quvchilarning o‘quv idrok qilish faoliyatini uning o‘tkazilish (sinfda, tabiatda va h. k) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir”. Biologiya ta’limining shakllariga: dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari ishlar va ijtimoiy foydali mehnat kabilar kiradi. Biologiya ta’limidagi bu shakllar bir-birlari bilan bog‘langan holda o‘quvchilarga o‘quv materialini har tomonlama puxta o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling