O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini diagnostik, formativ va summativ baholash usullaridan foydalanish
Download 25.03 Kb.
|
1 2
Bog'liqTayyor SamDU uchun
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
- Use of diagnostic, formative and summative assessment methods of students knowledge, skills and skills Abstract
O`QUVCHILARNING BILIM, KO`NIKMA VA MALAKALARINI DIAGNOSTIK, FORMATIV VA SUMMATIV BAHOLASH USULLARIDAN FOYDALANISH H.A.Isroilova., D.A.Shayzakova. Chirchiq davlat pedagogika universiteti Annotatsiya. Ushbu maqolada o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini diagnostik, formativ va summativ baholash usullaridan foydalanib, o`quv maqsadlariga erishganlik darajasini aniqlash yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim sifati, diagnostik baholash, formativ baholash, summativ baholash, bilim, konikma, malaka, tahlil qilish, usul, maqsad. Использование диагностических, формативно-суммативных методов оценки знаний, навыков и навыков студентов Аннотация. В данной статье описано использование диагностических, формативных и суммативных методов оценивания при оценке знаний, умений и навыков студентов, определении уровня достижения ими образовательных целей. Ключевые слова: качество образования, диагностическое оценивание, формирующее оценивание, суммативное оценивание, анализ, знаний, навык, опыт, метод, цель. Use of diagnostic, formative and summative assessment methods of students' knowledge, skills and skills Abstract. This article describes the use of diagnostic, formative and summative assessment methods in assessing the knowledge, skills and abilities of students, determining the level of achievement of educational goals by them. Keywords: quality of education, diagnostic assessment, formative assessment, summative assessment, analysis, knowledge, skill, experience, method, goal. Hozirgi kunda o`quvchilarning faoliyatini to’g’ri baholash pedagogning muhim vazifasi hisoblanadi. O`quvchilarning bilim ko`nikma va malakalarini baholashda baholashning diagnostik, formativ va summativ usullaridan foydalanish ularning o`quv maqsadlariga erishganlik darajasini aniqlashda, ta`lim sifatini oshirishda, muhim rol o`ynaydi. O`quvchilarning bilimlarini baholashda - ta`lim jarayonining bosqichma -bosqich o`quv maqsadlarga erishganlik darajasini mezonlar yordamida tekshirish va natijalarini aniqlash va tahlil qilish hisoblanadi. O`qituvchilar o`quvchilarni baholashda o’z oldilariga quyidagi maqsadlarni qo’yishlari zarur: - o`quvchining shaxsiy rivojlanish tizimi va trayektoriyasini aniqlash; - muayyan o'qitish samaradorligini baholash; - o‘quv dasturlari samaradorligini baholash va oshirish; - o'qitish samaradorligini baholash va yaxshilash; - oldingi va keyingi o`quv natijalarini tayyorlash; - qaror qabul qilishda yordam beradigan ma'lumotlarni taqdim etish. O`quvchilarning bilim va qobiliyatlarini aniqlash, ma'lumotlar yig’ish, boshqacha aytganda baholash 3 xil ko`rinishda amalga oshiriladi. Diagnostik baholash; Formativ baholash; Summativ baholash. Dastlabki diagnostik baholash bosqichida joriy qilingan vositalar va usullar orqali xulq - atvor ta’lim oluvchilarning bilim va qobiliyatlarini baholash, har tomonlama tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Diagnostik baholashning asosiy maqsadi bilim va malaka darajasini aniqlashdan iborat. Diagnostik baholash quyidagi savollarga javob topadi: - o`quvchilar qanday bilimlar va qobiliyatlarga ega? - o`quvchilar o`quv yilida o`qituvchi tomonidan beriladigan yangi bilimlarni o`zlashtira oladilarmi? - o`quvchilarda rivojlanish qaysi darajada? - o`quvchilar o`tilgan mavzulardan tog`ri xulosa chiqarishganmi? - o`quvchilarga bilim berishda qaysi vositalar va metodlardan foydalanish ularda samarali natija beradi? O'qituvchining yuqoridagi savollariga tayangan holda o`quvchilarni tahlil qilishlari kerak. Diagnostik baholash turli usul va vositalar orqali ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi,tahlil qilinadi. Olingan natijalar bo`yicha monitoring bo'limida muhokamalar olib borildi. O’quvchilarni bilimlarni va qobiliyatlarini diagnostik baholashda test baholash usuli eng samarali va tezkor usul hisoblanadi. Diagnostik baholashda o`quvchilarning olgan baholari sinf jurnallarida qayd etilmaydi. Lekin o`qituvchi maxsus qayd etib borishlari lozim. Diagnostik baholash o`z navbatida formativ baholashga yo`l ochadi. Formativ baholash - o’quvchilarni o`quv yili davomida kuzatish, o`rganayotgan bilimlarini tahlil qilish, yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash va kamchiliklarni to`g`irlashga ko`mak beradi. Formativ baholashning maqsadi doimiy o'quvchilarning o`zlashtirishlarini nazorat qilishdir. Formativ baholashda o'qituvchilar va o`quvchilar ta'lim va o'rganishlarini yaxshilashda fikr - mulohazalar yuritiladi. Formativ baholash, shuning uchun o`qituvchi va o`quvchi tomonidan ikki tomonlama davom etadigan baholash jarayonidir. Formativ baholashda o'quv jarayonida o'quvchilar faoliyati haqida ma'lumot to'plash, ularning o`quv rejadagi mavzularni qanday o`zlashtirilayotganligini bilish, qaysi metodlar samarali natija berayotganligini aniqlash amalga oshiriladi. Formativ baholash uyga vazifani bajarishi, dars vaqtidagi topshiriqlarni bajarishi, nazorat ishlarida qatnashi, darsda faol qatnashishlariga qarab baholanadi. Formativ baholashda o`quvchilardan olingan baholar joriy qayd etib boriladi. Lekin bu baho yakuniy baho hisoblanmaydi. Yakuniy baho o`quvchilarni summativ baholash orqali aniqlanadi. Summativ baholash - yakuniy va rasmiy baholash hisoblanadi. Summativ baholashning maqsadi har bir chorak yoki semestr va o`quv yili oxirida o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim ko`nikma va malakalarini aniqlashda, berilgan bilimlar va qo`llanilgan metodlar qanchalik samarali bo`lganligini aniqlashda yakuniy xulosa hisoblanadi. Summativ baholash vositalariga: test, yozma ish, og`zaki so`rov, loyiha, portfolio kiradi. Summativ baholashga oraliq va yakuniy nazoratlar, yakuniy davlat imtihonlari misol bo`la oladi. Summativ baholash, ta`lim oluvchi va ta`lim beruvchiga yakuniy baho berish bilan yakunlanadi. Har bir baholash turi qanday shaklda o‘tkazilishidan qat’i nazar, besh ballik («5», «4», «3», «2», «1») usulda butun sonlar yordamida baholanadi. “5” ballik tizimga qo‘yiladigan talablar: Tizimli va doimiy tarzda bo‘lishi shart. Individual xarakterga ega bo‘lishi kerak. O‘zlashtirish darajalari hisobga olingan bo‘lishi kerak. Ta’lim oluvchilarning o‘quv yili davomida nazorat turlari bo‘yicha olgan ballari hamda yillik (yakuniy) baholari asosida har bir o‘quv fanidan yillik yakuniy bahosi aniqlanadi. Yuqorida sanab o'tilgan barcha uch turdagi baholash bir-biri bilan mustahkam bog'langan bo'lib, bir xil maqsadga xizmat qiladi. O`quvchilarning bilimlarini to`g`ri baholash, ularning bilim ko`nikma va malakalari qanday darajada ekanligini aniqlash ta`lim sifatini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarni baholashda turli vositalar va metodlardan foydalalanish, ularning fanga bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi va yangi bilimlarni o`zlashtirishga bo`lgan ishtiyoqini uyg`otadi. Download 25.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling