Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-Mavzu. Maktab biologiya fanlari bo’yicha tavsiya qilingan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni ko’rib chiqish va tahlil etish


Download 1.42 Mb.
bet63/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

2-Mavzu. Maktab biologiya fanlari bo’yicha tavsiya qilingan darslik, o’quv-uslubiy qo’llanmalarni ko’rib chiqish va tahlil etish
Reja:
1.Maktab biologiya darsliklari haqida tushunch.
2. Maktab biologiya darsligiga qo‘yilgan asosiy talablar.
3. Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi
Maktab biologiya kursini o‘qitishda qo‘llaniladigan vositalar orasida darslik alohida o‘rin tutadi. Darslik o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini asosiy manbai hisoblanadi. Har bir darslik o‘quv qo‘llanmadan farqli ravishda o‘quv dasturi asosida yoziladi. O‘qitishning maqsadi va vazifalariga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga, tayyorgarlik darajasiga qarab darslik xajmi va bilimlar sistemasi belgilanadi.
Maktab biologiya darsligiga qo‘yilgan asosiy talablar.
1. Maktab darsligi ilmiy bo‘lishi, ya’ni fanning rivojlanishini, so‘ngi yutuqlarini o‘zida ifoda etmog‘i;
2. U o‘quvchilar uchun tushunarli, ya’ni ularning yoshiga, tayyorgarlik darajasiga mos bo‘lishi;
3. Darslik o‘quvchi uchun qiziqarli bo‘lishi, unda har bir mavzuga mos rangli rasmlar, sxemalar, jadvallar, qo‘shimcha qiziqarli ma’lumotlar, topshiriqlar, savollar o‘rin olmog‘i;
4. Darslik o‘quvchilarning mustaqil bilim olishiga, ijodiy rivojlanishiga, mantiqiy tafakkurini o‘stirishga qaratilgan bo‘lishi
5. Darslik milliy istiqlol mafkurasini o‘quvchilar ongiga singdirish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi;
6. Darslik mahalliy sharoitda keng tarqalgan o‘simliklar, hayvonlar, odamlarning tashqi va ichki tuzilishi, hayot faoliyati yoritishi;
7. Darslik o‘quvchi salomatligini saqlashga qaratilishi;
8. Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanishga o‘quvchilarni o‘rgatishga qaratilishi kerak.
Maktab botanika darsligining mazmuni va tuzilishi Respublikamiz maktablarida botanika 5-6-sinflarda o‘qitiladi. Uning asosiy maqsadi o‘simliklar dunyosining xilma-xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan iborat.
5-sinfda 34 soat, 6- sinfda 68 soat xajmda o‘quvchilarga botanik bilimlarni berish ko‘zda tutilgan. Maktablarda qo‘llanilayotgan 5- sinf botanika darsligi 95 sahifadan iborat bo‘lib, 64 rangli rasmlar bilan bezatilgan. U 6 bobdan, 34 paragrifdan tashkil topgan.
6-sinf botanika darsligi 142 ta sahifadan iborat. Unda muqaddima va 52 paragrif, 85 ta rangli rasmlar mavjud. Darslik yuqori sifatli oq qog‘ozga chop etilgan va chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Har bir paragrifda botanika atamalar, o‘simliklarning nomlari, rangli harflar bilan ajratib berilgan. Matnlar o‘quvchilarga mos tushunarli qilib bayon etilgan
Maktab darsliklarini tahlil etish jadvali


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling