Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-mavzu Hayotning tur va populatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar. Hayotning tur va populatsiya darajasi. Biologiya
- Kuzatish usuli.
TransduksiyaTransformatsiya hodisasini o'rganish, transduksiya— bakteriyafaglar yordamida bakteriya genlarini ko'chirib o'tkazish va rekombinatsiyalanish hodisasini ochishga turtki bo'ldi. Transduksiya jarayoni 1952-yilda N. JInder va Z. Ledenberg tomonidan kashf etilgan. Bu kashfiyotga qadar bakteriya hujayrasiga fagning irsiy materiali (nuklein kislota) kirganda faglarning hujayrada ko'payishi oqibatida bakteriyaning hujayra qobig'i yorllib o'lishi, ya’ni lizis bo'lishi m a’Ium edi xolos. Bu jarayon faglarning litik reaksiyasi deb ataladi. Ammo, bakteriya hujayrasiga tushgan fag doim o ham shu hujayrani nobud qilavermaydi. Bunday holat hujayra ichiga kirgan fag DNK molekulasi bakteriya DNK molekulasi nukleotidlarining maxsus ketmaketligini topib birikishi natijasida sodir boiadi. Bakteriya irsiy molekulasi tarkibida nofaol — profag holatga o'tadi. Xromosomasida profag bo`lganda va erkin ko'paya oladigan bakteriyalarni lizogen bakteriyalar, jarayon esa lizogen reaksiyasi deb ataladi. Fag nobud bo'lgan hujayradan sog'lom hujayraga o'tayotganida nobud bo'lgan bakteriya xromosomasining biron bo'lagini o'zi bilan birga olib o'tkazishi mumkin. Bitta bakteriyalar hujayrasidan ikkinchisiga faglar orqali genlarning o'tishiga transduksiya deyiladi. Faglar orqali ikkinchi bakteriya hujayrasiga o'tgan genlar bu bakteriyaning irsiyatini o'zgartiradi. 9-mavzu Hayotning tur va populatsiya darajasidagi umumbiologik qonuniyatlar. Hayotning tur va populatsiya darajasi. Biologiya (yunoncha βίος, bios, „hayot“; va λόγος, logos, „bilim“) hayot va u bilan bogʻliq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, oʻzgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va oʻlishini oʻrganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo boʻlishini, ularning oʻzaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga boʻlinadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri boʻlib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin. Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan. Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan. Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmagan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling