Bakteriyalarni laboratoriyada ko'paytirish
Bakteriyalarni sun’iy ko'paytirish uchun maxsus oziq muhitlardan foydalaniladi. Oziq muhitlar tarkibida: 1) uglerod. azot, kislorod, vodorod manbayi; 2) anorganik birikmalar (tuz); 3) o'sish omillari bo'lishi shart. Mikroorganizmlarni o'sishi va rivojlanishiga oziq muhitning tarkibidan tashqari, uning fizik-kimyoviy holati (pH , osmotik xossalari, yopishqoqligi) ham katta ahamiyatga ega. Ko'paytirilayotgan bakteriyaning biologik xossasiga javob beradigan oziq muhit optimal deyiladi. O'stirilayotgan mikroorganizmlar xususiyatidan kelib chiqqan holatda xilma-xil oziq muhitlardan foydalaniladi. Optimal oziq muhitda azot manbayi sifatida mineral yoki organik birikmalardan yoki peptonlardan foydalaniladi (pepton — oqsillarni chala parchalanish natijasida hosil bo'lgan mahsulot). Peptonlar polipeptid, dipeptid va
aminokislotalar aralashmasidir. Uglerod manbayi — uglevodlar, spirt va organik kislotalardan foydalaniladi. Mineral birikmalari oziq muhitni osmotik xossasini belgilaydi va hujayrada o'tayotgan biokimyoviy reaksiyalarni katalizatori hisoblanadi.
O ziq muhitlar tarkibi. xossasi va maqsadiga ko'ra bir necha guruhlarga bo'linadi:
Konsistensiyasi (qattiq suyuqligi) boʻyicha: a) suyuq. b) qattiq, v) yarim suyuq.
Tarkibi bo'yicha; a) oddiy (minimal) — tarkibida shakar yoki glitserin, ammoniy tuzlari va sulfatlar bo'lib, aminokislotalar, vitaminlar, purin va pirimidinlar bo'lmaydi, chunki ularni bakteriyalar o'zi sintez qila oladi. b) murakkab (maksimal) — mutatsiyaga uchragan mikroorganizmlar ayrim fermentlarni sintez qilish xususiyatini yo'qotganligi sababli oziq muhitiga hamma kerakli purin, pirimidin aminokislotalar, vitaminlar qo'shiladi.
Maqsadi bo'yicha, a) selektiv muhit — bu m uhitda asosan faqat ma’lum bir mikroorganizm o'sadi. Masalan, vismut-sulfit ta’sirida salmonella bakteriya avlodi rivojlanadi va ko'payadi, dizenteriya kasalligini qo'zg'atuvchi bakteriyalarning esa o'sishi va rivojlanishi susayadi; b) boyitilgan muhit — ma’lum bir bakteriyaning o'sishini kuchaytiradi, boshqasiga to'sqinlik qiladi.
Sintetik oziq muhit — ma’lum bir kimyoviy birikmalardan tayyorlangan oziq muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |