Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
Abu Nasr Farobiy – o‘rta asr sharqining mashhur mutafakkiri, qadimgi yunon falsafasining sharqdagi eng yirik davomchisi va targ‘ibotchisidir. Farobiy qadimgi yunon ilmining chuqur bilimdoni bo‘lgan, uning Sharqda tarqalishi va rivojiga katta hissa qo‘shgani uchun uni – “Sharq Aristoteli” - “Muallimi soniy” - “Ikkinchi muallim” (birinchi muallim Aristotel) deb ataydilar.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish zururligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-soatdatga erishuv to‘g‘risida”, “Aql maxnolari” kabi asarlarida ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Farobiy “Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida” asarida bilimlarni o‘rganish tartibi haqida fikr bayon etgan, uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o‘rgangach, tabiiy bilimlarni, tabiiy jismlarning tuzilishi, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman, jonli tabiat, o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm o‘rganiladi, deydi. Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim degan so‘z insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya-nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq me’yorlarni va amaliy malakalarini o‘rgatishdir, deydi olim. Farobiy o‘z asarlarida axloqiy fazilatlarga to‘xtalib o‘z fikrlarini bayon etadi. Axloqiy fazilatlar deganda bilimdonlik, donolik va mulohazali bo‘lish, vijdonlilik, kamtarlik, ko‘pchilik manfadtini yuqori qo‘yish, haqiqat, ma’naviy yuksaklikka intilish, adolatlilik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muhimi har bir insonning bilimli, ma’rifatli bo‘lishidir. Shuning uchun Farobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy bog‘liq holda tafakkurga asoslangan axloq asosida qaraydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi, ta’lim nazariy fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya nazariy va amaliy fazilatlarni birlashtiradi, deydi. Har ikkalasi birlashsa, yetuklik namoyon bo‘ladi. Farobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari o‘rganilsa, tarbiyada ma’naviy axloqiy qoidalar, odob me’yorlari o‘rganiladi, kasb-hunarga oid malakalar hosil qilinadi, deb uqtiradi. Farobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish, odatlantirish, majbur etish usullarini ilgari surgan. Har ikki usul ham insonni kamolga yetkazish maqsadini ko‘zlaydi. Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari hozircha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling