Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Modul dasturining didaktik maqsadi


Download 1.42 Mb.
bet74/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Modul dasturining didaktik maqsadi: Siz o’quvchilar bilan kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash bilan birga qonning shaklli elementlari eritrotsitlar, leykotsitlarning turlari, trombotsitlar va qonning ivish jara­yoni bilan tanishishingiz, darslik ustida mustaqil ishlash ko’nikmalaringiz, nutq va muloqot madaniyatingizni rivojlantirishingiz zarur.

11-Mavzu. Odam va uning salomatligi fanining mavzulari bo’yicha darslarni kuzatish va tahlil etish
Reja:
1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan davlat ta’lim standartining mazmuni va mohiyati, ularni ishlab chiqish va joriy etish asoslarini anglashi;
2.“Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan davlat ta’lim standarti mazmunining o’quv dasturi bilan uzviyligini tushunishi;
3.“Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan davlat ta’lim standartida o’quvchilarning bilim va ko’nikmasiga qo’yilgan minimal va maksimal talablarni o’rganishi, ularni nazorat qilish va baholash ko’nikmalari;
4.Umumiy o’rta ta’lim maktablarining “Odam va uning salomatligi”dan DТS, o’quv dasturi va darsliklarni tahlil qilish ko’nikmasini egallashi;
5.“Odam va uning salomatligi”dan tuzilgan davlat ta’lim standartini amaliyotga joriy etish yo’llarini belgilashi lozim.
Mazkur darslikning mualliflari professorlar O.Mavlonov, B.Aminov, T.Tilovovlardir. Darslikda “Kirish” dan so‘ng odam organizmi haqida umumiy ma’lumot, tayanch xarakatlanish sistemasi, qon, qon aylanish sistemasi, nafas olish, ovqat xazm qilish, moddalar va energiya almashuvi, ayirish, ichki sekretsiya bezlari, nerv sistemasi, oliy nerv faoliyati, sezgi organlari, ko‘payish va rivojlanish, odamning paydo bo‘lishi to‘g‘risida ma’lumotlar bayon etilgan. Darslikda hujayraning tuzilishi, to‘qimalarga, suyaklarning tuzilishi, muskullarning dinamik xarakati va funksiyasini kuzatishga, odam qonining shaklli elementlarini o‘rganishga, qon ketganda birinchi yordam, ko‘krak qafasini, nafas olganda va chiqarilganda karbonat angidridni aniqlashga siydik ayirish organlarining tuzilishiga, markaziy nerv sistemasi tuzilishini o‘rganishga, ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga oid laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi yoritilgan. Darslikda 92 rangli rasmlar, darslik so‘ngida o‘quv fani bo‘yicha test savollari va xotima berilgan. Darslikning ijobiy tomonlari haqida gapirib, uning o‘quv dasturiga to‘liq mos holda yozilgani, o‘tmishda va hozirgi davrda ijod qilayotgan olimlarning fanga qo‘shgan xissalari, respublikadagi ob-havo sharoitini e’tiborga olgan holda keng tarqaladigan kasalliklar haqida ma’lumot berilganligini qayd qilish lozim. Darslikning salbiy tomoni haqida to‘xtab darslikda odam anatomiya, fiziologiyasiga nisbatan tibbiyot, xususan har xil kasalliklar, ularning kelib chiqish sabablari va davolash haqidagi ma’lumotlarning ortiqcha berilganligini ta’kidlab o‘tish kerak. Shu bilan birga ba’zi paragraflar (masalan 1, 33, 42§) dagi ma’lumotlarni nihoyatda kamligi, boshqa paragrifdagi (2,5,24,27,24,38) ma’lumotlarni ko‘pligini, ba’zi paragriflar mundarijada bo‘lib matnda uchramasligi (24§) ham ko‘rsatib o‘tish zarur.
Ba’zi bir mavzular, masalan ichki sekretsiya bezlari juda murakkab qilib berilgan. Unda keltirilgan gormonlar soni 25 tadan ortadi. Darslikda ilmiy chalkashliklar anchagina. “Mehnat tufayli ibtidoiy odamlar avval tik yurishga, so‘ngra qo‘l barmoqlari bilan mehnat qurollarni ushlashga o‘rgangan (1§).

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling