Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 186.05 Kb.
|
K = (SF : SH) x 100%
Bu erda: K – sotuv (sotish) rentabelligi; SF – XYUS ning sof foydasi; SH – XYUS ning sotuv (sotish) hajmi. O‘z kapitalining rentabelligi XYUSning egalari tomonidan investitsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa XYUS larga, qimmatli qog‘ozlarga va depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqoslanadi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning egala-ri tomonidan XYUS ga joylashtirilgan har bir birlik sof foy-daning qancha pul birligi “ishlaganligini” ko‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi: K = (SF : O‘K ) x 100% Bu erda: K – XYUS o‘z kapitalining rentabelligi; SF – XYUS ning sof foydasi; O‘K – XYUS ning o‘zlik kapitali. Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: K = SF : JA Bu erda: K – XYUS aylanma aktivlarining rentabel- ligi; SF – XYUS ning sof foydasi; JA – XYUS ning joriy (yillik o‘rtacha) aktiv- lari. Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko‘rsat-kichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYUS ning etarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni for-mula yordamida quyidagicha ifodalasa bo‘ladi: K = (SF : UMA ) x 100% Bu erda: K – XYUS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi; SF – XYUS ning sof foydasi; UMA – XYUS ning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsienti XYUS raqo-batbardoshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlari-dan biri hisoblanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: Download 186.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling