Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU: MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARIDAGI XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR MOLIYASI


Download 186.05 Kb.
bet26/68
Sana15.06.2023
Hajmi186.05 Kb.
#1476784
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68
8-MAVZU: MULKCHILIKNING TURLI SHAKLLARIDAGI XO‘JALIK YURITUVCHI SUB’EKTLAR MOLIYASI



  1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi

  2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi.

  3. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning baho siyosati va baholarni shakllantirish asoslari



1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni isloh qilish va ular moliyaviy xo‘jaligini qayta qurishning zarurligi

Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini qayta qurish ja-rayonida sanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida ilg‘or sifat takror ishlab chiqarish siljishlariga, bevosita tovar ishlab chiqaruvchilarning investitsion va moliyaviy faoliyatini ta’min-lashda, bozor sharoitida ularning samarali ishlashlariga erishish uchun kompleks choralar tizimini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.


Mamlakat iqtisodiyoti uchun uning xom ashyo yo‘nalishiga ega ekanligini o‘zgartirish strategik nuqtai nazardan uzoq muddatli ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu yuqori texnologik yangi ishlab chiqarishni tashkil etish, qayta ishlab chiqaruvchi tarmoqlarni yuqori sur’atlarda rivojlantirish, import o‘rnini bosuvchi das-turni amalga oshirish zarurligini taqozo etadi. Sanoatni xom ashyoni kompleks chuqur qayta ishlashga yo‘naltirish asosida va bo-zorlarda yuqori texnologiyali mahsulotlarning sotilishini oshi-rishsiz samarali taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Bu taraqqiyotning innovatsion-investitsion tipiga o‘tish maqsadida qo‘shimcha moliya-viy resurslarni olish uchun samarali yo‘l hisoblanadi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlashni yuqori sur’atlarda rivojlantirish XYUS larning tarkibiy tuzilmasini qayta qurishda ustuvor vazifadir. Takror ishlab chiqarishning intensiv tipiga o‘tish ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirishda mashina-sozlik ta’sirining o‘sishini talab qiladi. Iqtisodiyotning mashi-nasozlik tarmoqlari esa moliyalashtirishning yangi manbalarini jalb qilish asosida ishlab chiqarishning texnologik jihatdan yangilanishini kuchaytirishga ehtiyoj sezadi.
Mashinasozlik kompleksini rivojlantirish uchun mashina va asbob-uskunalarning mustahkamligi va sifatini oshirish, mashi-nasozlik buyumlarining absolyut va nisbiy salmog‘ini (texnik o‘lcham birligiga nisbatan) kamaytirish yo‘li bilan mahsulot-larning metall va energiya sig‘imlarini kamaytirish muhim hi-soblanadi.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish resurs-larni tejab-tergash jarayoni va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq. SHu bilan birga, xalq iste’-moli tovarlarini ishlab chiqarish ijtimoiy ahamiyatining o‘sishi-ga ham alohida e’tibor bermoq lozim. Iste’mol talablarini qondirish muammosi o‘tkirligicha qolmoqda, chunki uzoq yillar da-vomida iste’mol predmetlarining salmog‘i va ularning sifati sa-noatda pastligicha qolib kelmoqda.
Iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligiga javob beruvchi ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasini takomillash-tirish uzoq muddatli investitsion va moliyaviy resurslarni jalb qilish bilan bog‘liq. Xuddi shu maqsadlarga kichik biznesni sama-rali rivojlantirish ham xizmat qiladi. Ishlab chiqarishning fan sig‘imini oshirish uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish bo‘yicha kompleks choralar alohida ahamiyatga ega. Marketing sohasida ta’sirchan (harakatchan) siyosatni amalga oshirish, ishlab chiqarish-ni texnologik jihatdan yangilash va mahsulotlar yangi turlarini o‘zlashtirishning oqilona strategiyasini tanlash kerak.
Ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan qayta qurish zamonaviy bozor infratuzilmasini yaratish, xususan, iqtisodiyotning trans-port-kommunikatsion kompleksini rivojlantirish bilan o‘zaro bog‘langan. Uning vazifasi transport chiqimlarini qisqartirish va xizmatlarning sifatini oshirish hisobidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida transport xarajatlarini kamaytirishdan ibo-rat. Xalqaro andozalarga mos keladigan raqobatbardosh mahsulot-larni ishlab chiqarishning murakkabligini inobatga olgan holda dunyo ishlab chiqaruvchilarining markasidan foydalanib qo‘shma XYUS larga asos solish va ularning rivojlanishini ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega.



Download 186.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling