Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. MOLIYA BOZORLARI VA INSTITUTLARI


Download 324.93 Kb.
bet13/67
Sana16.11.2023
Hajmi324.93 Kb.
#1778778
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-fayllar.org

4-MAVZU. MOLIYA BOZORLARI VA INSTITUTLARI


1. Moliya bozorlarida sug‘urta tashkilotlarining faoliyati va roli
2. Moliya bozorlarida banklarning faoliyati va roli
3. Moliya bozorlarida investitsiya institutlarining
faoliyati va roli
4.Moliya bozorlarida davlat moliya institutlarining
faoliyati va roli
Moliya bozori infratuzilmasining institutsional tarkibiga emitentlar va investorlar bilan birga savdo tizimlari, professional qatnashchilari va regulyatorlar kirishini ko‘rish mumkin. Bu institutlarning institutlarning barchasini (ya'ni olti unsurini) o‘zaro bog‘liqlikdagi faoliyati moliya bozorining samarali funktsiyasini ta'minlaydi va industriyasini ifodalaydi. Bunda moliya bozorining professional (malakali) va vakolatli qatnashchilari bo‘lmish moliya institutlarini alohida o‘zaro bog‘liklikda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Chunki moliya bozorida professional va vakolatli (davlat moliya organlari) qatnashchilari moliya bozorining normal faoliyatini va funktsiyasini ta'minlaydilar. Ya'ni moliya institutlari va savdo tizimlari emitentlar va investorlarning moliya bozorida mos ravishda bir-birlari o‘rtasida moliyaviy instrumentlar va moliyaviy resurslar bo‘yicha o‘zaro almashinish jarayonini amalga oshirishida malakali tarzda faol qatnashuvchi institutlar rolini bajaradi. Bunda ular investor va emitentlarni o‘zaro bog‘laydi, manfaatlar mosligi va mutanosibligini moliya bozori kon'yunkturasiga bog‘liq holda ta'minlaydilar. Moliya bozorida aynan samarali emission va investitsion siyosatlar moliya institutlari va savdo tizimlari faoliyatlariga ko‘pdan (sezilarli) bog‘liq.
Aytish joizki, moliya bozori qatnashchilari faoliyati sifati va mulki bahosini mos ravishda mahsus informatsion reyting agentliklari, auditorlar va baholovchi kompaniyalar holisona baholab belgilaydigan institutlar bo‘lganligi uchun ularni moliya bozorining alohida holis professional institutlari sifatida qarash lozim. Chunki bunday institutlar moliya bozori tomonidan tan olingan, lekin unga rasman bo‘ysunmaydigan informatsion tashkilotlar hisoblanib, uni ob'ektiv va foydali informatsiya (ahborot va ma'lumotlar, reklama, taqdimot, analitik tadqiqotlar, maslahatlar va hulosalar) va hizmatlar bilan ta'minlaydilar. Fond indikatorlarini (indekslarini) belgilovchi institutlarni (S&P, Reyter, Moody’s, GST, Financial Times, AK&M, RTS agentliklari, Dow Jones & Co, Frank Russel Company (Tacoma, WA), Value Line, Rosbizneskonsalting kompaniyalari, va h.k.) ko‘rsatish mumkin. Ularning har biri o‘zining uslubiyatiga ega bo‘lib, tahlil natijalari bir-birlari bilan ma'lum darajada korrelyatsiyalanadi. Auditorlar moliyaviy hisob va hisobotlarni qonunchilik asosida tekshirib, maslahatlar berib, hulosalar beradilar. Baholovchi kompaniyalar esa mulkni baholaydilar. Umuman olganda ularning faoliyat mahsullari moliya bozori tomonidan hozirgacha tan olinadi va uning uchun zaruriy hisoblanadi.



Download 324.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling