Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 324.93 Kb.
bet46/67
Sana16.11.2023
Hajmi324.93 Kb.
#1778778
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-fayllar.org

Soliqlarning funktsiyalari

Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o’z funktsiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o’zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo’lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning ko’p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to’g’risida fanda turli xil qarashlar mavjud. Sobiq ittifoq davrida soliqlar ikki xil funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki bu funktsiyasiz nazorat funktsiyasining mavjud bo’lishi mumkin emas, deb qaralardi.


Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko’rsatadi. SHunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko’rsatib turishi zarur. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat’iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. SHunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funktsiyalari masalasida hozirga qadar olimlar o’rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko’pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag’batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta’rif berishadi. Soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiqdir: soliqning fiskal funktsiyasi, tartibga solish funktsiyasi, rag’batlantirish funktsiyasi, nazorat funktsiyasi, soliqni hisoblash jarayonini axborot bilan ta’minlash funktsiyasi. Soliqlarning asosiy funktsiyasi – fiskal funktsiya hisoblanib (lotincha fiscus so’zidan olingan bo’lib, xazina degan ma’noni anglatadi), bu funktsiyaning mohiyati shundan iboratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil qilinadi hamda davlat faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar daromadining bir bo’lagini davlat boshqaruvini, mamlakat mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab turish maqsadida undirib olish yo’li bilan davlat byudjetining daromad qismini shakllantiri – soliqlar fiskal funktsiyasining eng muhim elementi hisoblanadi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funktsiyaning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tusdaligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining rivojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakllantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko’paytirishning real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarga ko’proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni ko’proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o’zining fiskal funktsiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarishning o’sishiga, jamg’arish jarayoniga xalal bermasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy tuzilmasida buzilishlar sodir bo’lishiga yo’l qo’ymasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak. Soliqlarning ushbu funktsiyasi orqali paydo bo’ladigan pul resurslari davlat byudjeti orqali qayta taksimlanadi, ular ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga, ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo’naltiriladi. Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo’llanadi, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta taqsimlanadi. Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek, aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi.



    1. Download 324.93 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling