Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi


Download 324.93 Kb.
bet43/67
Sana16.11.2023
Hajmi324.93 Kb.
#1778778
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-fayllar.org

2. Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi
Qat’iy belgilangan paritet tizimiga o‘tilgunga qadar, ya’ni oltin va oltindeviz standarti sharoitida barcha global xarakterga ega bo‘lgan moliyaviy muammolar xalqaro konferensiyalarda hal qilinar edi. Boshqacha aytganda, jahon moliya tizimining rivojlanishi ustidan doimiy monitoring olib boruvchi, uning amal qilish tamoyillarini ishlab chiquvchi va mamlakatlarga iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun moliyaviy ko‘mak beruvchi organlar mavjud emas edi. 1944 yilda AQSHdagi Bretton Vuds konferensiyasida Xalqaro valyuta fondi (XVF) va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) tashkil etilishi xalqaro moliya va valyuta tizimining rivojlanishida muhim qadam bo‘ldi.

“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi5.


XTTBga a’zo bo‘ladigan davlatlarning bir vaqtda XVFga a’zo bo‘lishi talab etiladi. XTTBga a’zolik esa, o‘z navbatida, Jahon banki guruhining boshqa tashkilotlariga a’zo bo‘lish uchun dastlabki shart-sharoitlardan hisoblanadi.
XTTBning Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofiq uning maqsadlari sirasiga quyidagilar kiradi:
– a’zo davlatlarning xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishga ko‘maklashish;
– kafolatlar berish, xususiy va boshqa investorlarning investitsiyalari va ssudalarida ishtirok etish orqali xususiy va xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish;
– jahon savdosining muvozanatli o‘sishini va a’zo davlatlar to‘lov balansining muvozanatliligini qo‘llab-quvvatlash.
XTTBning faoliyati o‘rta daromadli va kreditga layoqatli rivojlanayotgan davlatlarda ssudalar, kafolatlar, riskni boshqarish mahsulotlari, maslahat xizmatlari orqali qashshoqlikni qisqartirishga qaratilgan. 2008 yil 1 yanvar holatiga unga a’zo mamlakatlar soni 185 tani tashkil etgan.
Har qanday mamlakat xoh u rivojlangan bo‘lsin, xoh u sust rivojlangan, agar u kapitallar bozorida qulay shartlarda xalqaro to‘lovlarni amalga oshirish va zaxiralarning muvofiq darajasini ta’minlash uchun etarlicha moliyalashtirish manbasini topa olmasa, to‘lov balansi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish uchun moliyviy yordam so‘rab XVFga murojaat qilishi mumkin. XVF Jahon banki va boshqa taraqqiyot agentliklaridan farqli ravishda loyihalarni moliyalashtirmaydi.
XVFning kreditlash dasturlarini quyidagicha kategoriyalarga ajratish mumkin:
1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa mudatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVFning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997 yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bog‘liq inqirozlarni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.
2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan to‘lov balansi qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan bo‘lib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bog‘liq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.
3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi asosida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o‘zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta’kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005 yilda Ekzogen shoklar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit olmaydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.



Download 324.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling