Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti
I-BОB. VIII B gurux elementlari va ularni qurilishda ishlatilishi
Download 1.15 Mb.
|
Djurakulova Sarvinoz
I-BОB. VIII B gurux elementlari va ularni qurilishda ishlatilishi.
1.1- Davriy sistemaning VIII-B gurux elementlari (Fe, Co va Ni misolida). Umumiy tushuncha. Tabiatda uchrashi, kimyoviy xossalari, va ular birikmalarining qurilish soxasida ishlatilishi VIII B guruh elementlari tarkibiga uchta uchlik elementlari kiradi. Birinchi uchlik temir, kobalt va nikel kirib, ikkinchi uchlik ruteniy, rodiy va palladiy kiradi. Uchinchi uchlik elementlari bo’lsa o’z tarkibiga osmiy, iridiy va platinani oladi. Bulardan Fe, Co, Ni temir oilasini, qolganlarini platina metallari deyish mumkin. Bu guruh elementlarining tashqi qavatida ikkitadan elektron bor. Tashqaridan ikkinchi qavatda esa 5 tadan 10 tagacha elektron bo’lib ularning almashinishda eng ko’pi bilan 8 ta elekron ishtirok etadi. Barcha elementlarning d orbitallari to’lmagan, faqat Pd da d- orbitallari elektronlarga to’lgan hisoblanadi. Pd da elektron qulashi sodir bo’lgan (5s dan elektronlar 4d ga o’tgan). Bu guruhchada gorizontal o’xshashlik nihoyatda kuchli.
VIII B guruh elementlari ichida temir, kobalt va nikelning xossalarida o’xshashlik kuzatiladi. Bu metallarning asosiy kattaliklari jadvalda keltirilgan. Bu elementlarning 3d-elektronlari yadro bilan ancha mustahkam bog’langan. Shu sababli bu elementlarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan birikmalari beqarordir. Bu elementlar oksidlari MeO, Me2O3, gidroksidlari Me(OH)2 va Me(OH)3 formulaga ega. Temirning +3, kobalt va nikelning esa +2 birikmalari barqarorroq. jadval. Temir oilasi elementlarining asosiy kattaliklari
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling