Aniq va tabiiy fanlar” kafedrasi “genetika” fanidan kurs ishi mavzu: hujayra sikli va rak hujayralari bajardi


Download 1.35 Mb.
bet15/19
Sana06.05.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1436198
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
HUJAYRA SIKLI VA RAK HUJAYRALARI

Xromoplastlar. Xromoplastlar o‘simlikning vegetativ organlari, gullari va meva hujayralarning protoplastida uchraydi va shu organlarga tegishli rang berib turadi.
Xromoplastlarning sariq, qizil, jigar rang, to‘q sariq, qo‘ng‘ir-qizil rangda bo‘lishi ularning stromasida xilma - xil karotinoidlarning mavjudligidandir. Karatinoidlar deb ataluvchi pigmentlarlardan karotin (S40N56O) va uning izomerlari, ksantafill (S40N56O2) larni ko‘rsatish mumkin. Xozirgi fanga karotinoidlarning 58 turi ma’lum. Turli o‘simlik xromoplastlaridagi karotinoidlarning turi va ularning miqdoriy nisbatlari turlicha bo‘ladi. Qizil sabzining har 100 g ho‘l ildiz mevasida 5,4-19,8 mg gacha karotin va ozmiqdorda likopin bo‘ladi.
Xromoplastlar odatda xloroplaslarning o‘zgarishidan, qarishidan hosil bo‘ladi. Ular mevalarning pishishida ulardagi yashil xlorofill pigmenlar va granulalar parchalanib stromada qisman lamellalar va karotinoid kristallar va adsorbsiyalangan holida qoladi. Ko‘pincha karotinoidlar sitoplazmada erigan holida to‘planadi. Karotinoidlar sitoplazmada to‘plangan yog‘da erib, ularni sarg‘aytiradi.
Lekin ko‘p mevalarning ko‘k, to‘q qizil, pushti rangda bo‘lishi xromoplastlardan emas. Chunki ularning sromasida karotinoidlarning ko‘p miqdorda to‘planib, turli shakldagi kristallar hosil qilishlari xromaplastlarning turli shakllarga kirishiga sabab bo‘ladi.
Mikronaychalar. Elektron mikroskop yordamida 1963 yilda hayvon va o‘simliklar hujayrasi sitoplazmasining tashqi qatlamidan naysimon organoidlar topilgan bo‘lib, ularga mikronaychalar deb nom berildi. Mikronaychalarning diametri 250 A0, uzunligi bir necha mk keladi, devorining qalinligi esa 50-80 A0. o‘z navbatida har bir mikronaycha 13 ta tayog‘chasimon mayda parallel ipchilar-protofilamentlardan iborat.
Mikronaychalar-sentriola, bazal tanacha, hivchinlar va kipriklarning asosiy struktur birligi bo‘lib hisoblanadi (24-rasm).
Turli hujayralardan olingan mikronaychalarning kimyoviy tarkibi bir xil, ya’ni o‘zi uchun xos bo‘lgan tubilin oqsilidan tashkil topgan.
Mikronaychalar to‘qri shoxlanmagan ichi bo‘sh silindr ko‘rinishida bo‘lib, ko‘pgina harakatli hujayralarning kiprik va xivchinlari tarkibida bo‘ladi. Ular o‘z navbatida kiprik va xivchinlarning xarakatchanligani ta’minlaydi. Mikronaychalardan to‘lqinsimon holda moddalarning siljishi natijasida xivchin yoki kiprikning to‘lqinli harakati yuzaga keladi. Masalan, spermatrzoidlarning xarakatlanishi.
Mikronaychalar mikrofibrillalar bilan hamkorlikda hujayrada tayanch-sitoskelet vazifasini ham ta’minlaydi, ya’ni hujayraga shakl berib turadi (22-rasm). Shu bilan birgalikda sitplazmada moddalarning siljishi, o‘tkazuvchanligi ham ta’minlaydi. o‘simlik hujayrasidagi sitoplazma harakati mikronaychalarga bog‘liqligini L. Porter aniqlagan.
Mikronaychalar mitoz darida bo‘linish urchig‘ini hosil qilishda ham ishtirok etadi.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling