"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


Fermentativ reaktsiya tezligining haroratga bog`liqligi


Download 257.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2023
Hajmi257.77 Kb.
#1531163
1   2   3   4   5
Bog'liq
oddiy fermentativ jarayonlar kinetikasi

Fermentativ reaktsiya tezligining haroratga bog`liqligi. Muhit harorati 
oshib borishi bilan fermentativ reaktsiya tezligi ham oshib boradi, biror bir optimal 
haroratda maksimum nuqtaga yetadi va shundan so`ng nolga qarab pasaya boradi. 
Kimyoviy reaktsiyalar uchun qoida mavjud bo`lib, unga asosan harorat 10˚C ga 
oshganda reaktsiya tezligi 2-3 martaga oshadi. Fermentativ reaktsiyalar uchun bu 
koeffitsiyent pastroq bo`lib, harorat har 10˚C ga oshganda reaktsiya tezligi 2 


martaga yoki undan ham kamroqqa oshadi. Fermentativ reaktsiya tezligining 
ma’lum bir nuqtadan keyin nolga tomon pasayishi fermentning denaturatsiyasi 
to`g`risida guvohlik beradi. Ko`pchilik ferment uchun 20-40˚C oralig`idagi harorat 
optimal hisoblanadi. Fermentlarning haroratga chidamsizligi ularning oqsil tabiatli 
tuzilishga ega ekanligiga bog`liq. Ayrim fermentlar 40˚C atrofidagi haroratda 
denaturatsiyalanadi, ammo ularning asosiy qismi 40-50˚C dan ortiq haroratda 
faolligini yo`qotadi. Ba’zi bir fermentlar faolligini yo`qolishiga sovuq ham sabab 
bo`lishi mumkin, ya’ni 0˚C ga yaqin haroratda ular denaturatsiyaga uchraydi. 
Ammo ayrim fermentlar bunday qonuniyatlarga bo`ysunmaydi. Masalan, 
katalaza fermenti 0˚C ga yaqin haroratda ko`proq faollikka ega bo`ladi. 
Shuningdek, issiqlikka bardoshli fermentlar ham mavjud. Masalan, adenilatkinaza 
qisqa vaqt ichida 100˚C da o`z faolligini yo`qotmasdan bardosh berishi mumkin. 
Issiq buloqlarda yashovchi mikroorganizmlar tarkibida ko`plab oqsillar, jumladan 
fermentlar ham mavjud bo`lib, ular o`zlarining yuqori haroratga chidamliligi bilan 
ham ajralib turadi. Bunday fermentlar tabiatiga ko`ra glikoproteidlar bo`lib, ularni 
bunday chidamlilik bilan uglevod komponenti ta’min etadi. 
Ferment faolligiga haroratning ta’siri hayotiy faoliyat jarayonlarini tushunish 
uchun juda muhim. Harorat pasayishi bilan ayrim hayvonlar uyqu yoki anabioz 
holatiga o`tadi. Bunday holatlarda fermentativ reaktsiyalar tezligi sekinlashib
organizmda to`plangan oziq moddalar sarfini va hujayra funktsiyasining faolligini 
pasaytirishni ta’minlaydi. Tananing isishi fermentativ reaktsiyalarning borishini 
tezlashtiradi va hayvon organizmini faol holatga qaytaradi. 
Organizmni sun’iy sovutish gibernatsiya deb atalib, klinikada jarrohlik 
operatsiyalarini o`tkazishda qo`llaniladi. Tananing sovutilishi fermentativ 
reaktsiyalarning tezligini pasaytiradi va bu bilan moddalarning sarflanishi hamda 
organizm hujayralarining yashovchanlik qobiliyatini uzoqroq saqlash imkonini 
beradi. 
Tana haroratining oshishi (bezgak holati), masalan, yuqumli kasalliklarda 
fermentlar tomonidan katalizlanadigan biokimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiradi. 
Tana haroratining har bir gradusga ko`tarilishi reaktsiya tezligini taxminan 20% ga 


oshiradi. Bundan tashqari 40˚C atrofidagi haroratda issiqqa chidamsiz fermentlar 
denaturatsiyalanib, biokimyoviy jarayonlarning tabiiy yo`llarini izdan chiqarishi 
mumkin. 
Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotlari muzlatkichlarda saqlanadi va bu 
bilan o`zlarining hamda mikroorganizmlarning fermentlarining faolligi 
pasaytiriladi. 

Download 257.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling