"aniq va tabiiy fanlar" kafedrasi


Reaktsiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi


Download 257.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi257.77 Kb.
#1531163
1   2   3   4   5
Bog'liq
oddiy fermentativ jarayonlar kinetikasi

Reaktsiya tezligining ferment miqdoriga bog`liqligi grafikda to`g`ri 
chiziq ko`rinishida ifodalanadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkin: organizm 
hujayrasida shu ferment molekulalari soni boshqalariga nisbatan qancha ko`p 
bo`lsa, unda shu ferment katalizlaydigan kimyoviy reaktsiyalarning tezligi ham 
shuncha yuqori bo`ladi. Agar biror bir ferment miqdori kam bo`lsa (sintez buzilsa), 
unda u katalizlaydigan reaktsiyalar tezligini unga bog`liq biokimyoviy jarayonlar 
yo`li chegaralaydi. 
Tabiiy stimulyatsiya yo`li bilan yoki preparatlar yordamida ferment 
molekulasining sonini oshirilishi buzilgan reaktsiya tezligini qayta tiklash yoki 
hayot faoliyatining yangi sharoitlariga zaruriy biokimyoviy reaktsiyalarni 
moslashtirish imkonini beradi. 
Reaktsiya tezligining vodorod ionlari miqdoriga bog`liqligi. Odatda 
fermentativ reaktsiya tezligining pH ga bog`liqligi qo`ng`iroqsimon shaklda 
grafikda tasvirlanadi, chunki har bir ferment uchun o`zining pH optimumi mavjud 
bo`lib, unda ferment katalizlaydigan reaktsiya tezligi maksimal bo`ladi. pH ning u 
yoki bu tomonga o`zgarishi fermentativ reaktsiya tezligining pasayishiga olib 
keladi. 
Ayrim fermentlar uchun pH ning optimal qiymatlari 
Ferment 
Pepsin 
Kislotali 
fosfataza 
Ureaza, 
pankreat.amilaza 
Tripsin 
Arginaza 
pH 
optimumi 
1,5-2,5 
4,5-5,0 
6,4-7,2 
7,8 
9,5-9,9 
Keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, pH optimumi turli xil 
fermentlarda bir xil emas, lekin hujayraning ko`pchilik fermentlari neytralga 
yaqinroq, ya’ni pH ning fiziologik qiymatlariga mos keluvchi pH optimumiga ega 
bo`ladi. 


Fermentativ reaktsiya tezligining pH ga bog`liqligi asosan ferment faol 
markazidagi funktsional guruhlarining holati to`g`risida ma’lumot beradi. Muhit 
pH ning o`zgarishi substratni bog`lashda (kontakt qismi) yoki uni o`zgartirishda 
(katalitik qismi)da ishtirok etadigan faol markazning aminokislotalar qoldig`idagi 
kislotali va ishqoriy guruhlarining ionlashishiga ta’sir qiladi. Ko`pchilik substratlar 
kislotali va ishqoriy guruhlarga ega bo`ladilar, shu sababli pH substratning 
ionlashishiga ta’sir qiladi. Ferment substratning ionlashgan va ionlashmagan shakli 
bilan ham bog`lanadi. Ko`rinib turibdiki, optimal pH da faol markazning 
funktsional guruhlarini reaktsiyaga kirishish qobiliyati kuchliroq bo`ladi, substrat 
ham fermentning bu guruhlari bilan bog`lanishga qulay shaklda bo`ladi. 
Fermentativ reaktsiyalarning pH ga bog`liqligi amaliy ahamiyatga ega. 
Avvalo fermentning faolligini aniqlash shu ferment uchun optimal bo`lgan pH da 
o`tkazilishi kerak. Buning uchun zaruriy pH qiymatiga ega bo`lgan bufer eritmasi 
tanlanadi. 
Fiziologik sharoitda pH qiymati deyarli o`zgarmaydi, lekin hujayraning 
ma’lum bir qismida pH o`zgarishi mumkin. Masalan, muskullarning jadal ishlashi 
natijasida sut kislotasi to`planadi, qisqa vaqt ichida muskul hujayrasida pH ning 
kislotali tomonga o`zgarishi fermentativ reaktsiya tezligini ham o`zgartiradi. 
Har bir ferment uchun pH optimumini bilish amaliy meditsina uchun juda 
muhim. Masalan, pepsin oshqozonda oqsillarni faol gidrolizlashi uchun kuchli 
kislotali muhit talab etiladi. Shu sababli faolligi buzilgan endogen pepsinning 
buzilgan faolligini tiklash uchun kislotali moddalarni qabul qilish kerak. 
Pepsin preparati kerakli pH muhitni hosil qilishi uchun xlorid kislotasi bilan 
birga qabul qilinadi. 

Download 257.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling