Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 1.1 Mb.
|
Xajixanov A-Malaka ishi taqdimoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’qitishda muammolar va istiqbolli rejalar.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Klaster usuli (axborotni yoyish) biror ibora aytiladi va unga tegishli so’zlar yoyib chiqiladi. Bunda doskaga masalan Power Point dasturi nima va unda qanday ishlar olib boriladi. Grafik tuziladi: bu shartda guruhdagi barcha o’quvchilar doskada o’z tushunchasini yozadi Umumta’lim maktablarida informatika fanini o’qitishda muammolar va istiqbolli rejalar. Namangan viloyati XTB Uychi tuman bo`limiga qarashli 21- umumiy o`rta ta`lim maktabi. Maktab1974 yildan ish boshlagan, bugungi kunda o’qitish quvvati 835 ta o’quvchilarga mo’ljallangan, 1322 nafar o`quvchi 45 sinfda to`liq 2 navbatda bilim olyapgan. Maktab internatining ikkita informatika o’quv labaratoriya xonasi bo’lib, biri 2005 yilda kompyuter texnikasi vositalari bilan jixozlangan bu xona bugungi kunda yaroqsiz xolatda. 2-xona 2015 yilda jixozlangan bugungi kunda 18 ta kompyuter yaxshi xolatda. Lekin maktabda internet tarmog`i, zamonaviy interaktiv doska mavjud emas, bu esa o`quvchilarga yetarli bilm va ko`nikmalar berish qator qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Yangi o`quv rejadagi mavzularga doir dasturiy ta`minot masalasida muammolar bor edi, malaka oshirish jarayonida bu deyarli to`liq hal bo`ldi. Istiqbolli rejalarimiz martabni internet tarmog`iga ulab nafaqat axborot texnologiyalari barcha fanlarni o`qitishda undan unumli foydalanishni tashkil etish. Axborot texnologiyaladan tashkil etilgan to`garaklarga yanada ko`proq o`quvchilarni jalb qilib ularni iqtidoriga ko`ra ajratib ( dasturchilik, operatorlik) ko`proq shug`ullanib yaxshi natijalarga erishish. Xulosa Ushbu malakaviy ishimda Power Point dasturi haqida to’la ma’lumot va ular ustida ishlash haqida to’la ma’lumot berishga harakat qildim. Dasturdan foydalanish ustida olib borilgan tajribalar dasturdan foydalanishni bilmaydigan har qanday o’quvchi uchun qulay qo’llanma bo’ladi deya olamiz. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, kundan kunga reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: varaqalar, e’lonlar, tele va radioreklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter reklamalarni yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi. Reklama prezentatsiyasini yaratish bu ko’p vaqtni talab qiladigan juda muhim va mas’uliyatli jarayondir. Bu o’rinda sizdan talab qilinadigani bu rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o’ylab topish. Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib,sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Malakaviy ishimni xulosalar ekanman, POWER POINT dasturi haqida har qanday usul bilan dars o`tmaylik, shu usul jamiyatga, hayotiy voqealarga bog`lab dars o`tilsagina , o`quvchini darsga qiziqtira olsa bu birinchi navbatda bizning yutug`imiz hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Zamonaviy axborot tehnalogiyalari haqida bugungi o’quvchilarga POWER POINT dasturi haqida to’la va to’g’ri ma’lumot berib, ulardan oqilola foydalanish usullarini o’rgata olsak,o’ylaymanki biz oldimizga qo’ygan asosiy maqsadlarimizdan biriga erishgan bo’lamiz.
Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling