MОYDАN SОVUN, SОVUNDАN MОY KISLОTАLАRNI ОLISH
Ishning bajarilishi
Ushbu laboratoriya ishida talaba karbon kislotalar mavzusidan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaш uchun laboratoriya sharoitida moydan sovun, sovundan moy kislotalarni olish reaksiyasini tajriba orqali ko‘radi va shu amaliy ish davomida o‘zlarining bilim hamda ko‘nikmalarini oshiradi.
Reaktivlar: Paxta moyi -10 g, natriy ishqori 40%li -22 ml, sulfat kislota -10 % li -3-5tomchi, suv (qaynatilgan) -20 ml.
Asosiy reaktsiya:
R1,R2,R3 moy (yog’) larning turli xil radikallari, masalan, C17H35, C15H35, C17H33, C17H31 .
|
Xajmi 100ml-li chinni kosachaga 2 ml ishqor, 2 ml suv solib qizdiring va 30ml paxta moyi soling. Aralshmani shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib,
asta-sekin yana 10 ml qaynoq suv qo’shing. Aralashtirshni jadallab, kosachaga 20 ml ishqorni oz-ozdan qo’shib, reaktsiyani qizdirish bilan davom ettiring. Yigirma minutlardan keyin ara-
|
lashmada barqaror qaymoqsimon ko’pik hosil bo’lishi kerak. Undan ozgina olib suvda eritib ko’ring.
Suvda erib ketsa, moyning gidrolizlanishi tugagan bo’ladi, ya’ni sovun hosil bo’lib u suvdaeriydi. Sovunni reaktsion aralashmaga osh tuzi qo’shib, ajratib olsa bo’ladi. Tuz qo’shib bo’lgach, aralashmani sovuting, sovun eritma yuzasiga qalqib chiqib qotadi. Uni tayoqcha bilan yig’ib, ajratib oling. Sovundan erkin moy kislotalari olish uchun uning bir qismini 100 ml-li stakanchada 50-60 ml suv bilan aralashtirib qizdiring, sovun erib ketsin. So’ngra unga 10% li sulfat kislotasida muhit kislotali bo’lgunicha qo’shing.
Shunda moy kislotalari suv yuzasida moysimon qatlam bo’lib ajraladi. Qatlamning kislota ekanligiga ishonch hosil qilish uchun bir-ikki tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Qatlam qizaradi. Aralashmani sovitib, qotib qolgan kislotani ajratib olishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |