Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Mavzuga oid tayanch iboralar


Download 4.05 Mb.
bet20/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

Mavzuga oid tayanch iboralar. 
Kimyo fanining predmeti, modda, jism, kimyoviy hodisa, fizik hodisa, oddiy modda, murakkab modda, aralashma, kimyo sanoati, kimyo fanining vazifasi, kimyo va ekologiya 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 b. 
2. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003. 
3. Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984. 6-7 bet. 
4. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986. 
6. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996. 4-5 betlar. 
5. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. – Namangan, 1999 y. 
6. To’xtaev A. Ekologiya. – T.: O’qituvchi, 1998. 22-25 betlar. 
2-Mavzu: KIMYO FANINI ASOSIY TUSHUNCHALARI . (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya mashg’ulot)


Reja

  1. Kimyoviy elementlar

  2. Oddiy va murakkab moddalar.

  3. Kimyoviy belgi va kimyoviy formulalar



1. Kimyoviy elementlar „Element" so‘zi tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi. Kimyoviy element — ma’lum xossaga ega bo‘lgan atomlar to‘plami, ya’ni kimyoviy xossalari bir xil bo‘lgan atomlar turidir. Masalan, azot atomlaming bitta turini, bitta kimyoviy element — azot elementini, xlor atomlarning boshqa turini, kimyoviy element xlorni bildiradi. Butun koinot, eng uzoq yulduzlar ham kimyoviy elementlardan tarkib topgan. Hozir bizga 109 ta atomlar turi — 109 ta kimyoviy element ma’lum. Kimyoviy element bilan oddiy moddani bir-biridan farq qila bilish lozim. Oddiy modda element deb atalsa — bu xato, ammo elementni oddiy modda deb atalsa — bu ham xatodir. Bitta kimyoviy element bir necha xil oddiy moddalar hosil qilishi mumkin. «Suv ikki oddiy moddadan — vodorod va kisloroddan tarkib topgan» desak ham, shubhasiz xato qilgan bo‘lamiz. Ba’zan oddiy modda ham, shu moddani tashkil etgan kimyoviy element ham bir xil ataladi. Masalan, temir deganda oddiy modda ham, temir elementi ham tushuniladi. Uglerod degan kimyoviy element bir necha oddiy modda — ko‘mir, olmos va grafit hosil qiladi. Simob oddiy modda holatida rnuayyan xossalarga ega, u metall yaltiroqlikka ega bo‘lgan suyuqlik; bu xossalami kislorod bilan birikkan holatdagi simobdan topib bo‘lmaydi. Simob (II) oksiddagi simob oddiy modda holidagi simob emas, balki simob elementidir.
Bir xil kimyoviy elementdan tarkib topgan moddalar oddiy modda, ikki va undan ko‘p kimyoviy elementlardan tarkib topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling