Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Download 4.05 Mb.
bet16/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

NIMA UCHUN? SXEMASI
“Nima uchun” sxemasi- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi.

IDROK XARITASI” METODI
“Idrok xaritasi” adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi: “Idrok xaritasi”, “Intellekt-xarita” - fikrlarni taqdim qilish va bog‘lash usuli bo‘lib, u ta`lim oluvchilarda tassavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o‘tganilayotgan mavzudagi bosh g‘oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g‘oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan xalos etadi.
Xaritani tuzish ta`lim oluvchiga:
- asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va h.k.) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan iyerarxik tartibda mavzuning asosiy g‘oyalarni strukturalashga;
- ravshan va rangli obrazlar orqali g‘oyani kuchaytirishga;
- ular orasidagi bog‘liqlikni namoyish etishga;
- rang, shrift razmeri, bo‘rttirish va h.k.lar bilan konsepsiyalarni ajratishga;
- maxsus belgilar yordamida g‘oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi.



IKKI QISMLI KUNDALIKLAR
Ikki qismli kundaliklar o‘quvchilarga matn mazmunini o‘z shaxsiy tajribasi bilan chambarchas bog‘lash, o‘zining tabiiy qiziquvchanligini qondirish imkonini beradi. Ayniqsa, o‘quvchilar qandaydir adabiyotlarni o‘quv auditoriyasidan tashqari o‘qib chiqish topshirig‘ini olishganida ikki qismli kundaliklar foydalidir.
Ikki qismli kundalik uchun o‘quvchilar yozilmagan qog‘ozning o‘rtasidan tik chiziq o‘tkazib, uni ikkiga ajratishlari kerak. Qog‘ozning chap tomoniga matnning qaysi qismi ularga eng ko‘p taassurot qoldirganini qayd etishadi. Ehtimol, u qandaydir xotirani uyg‘otar yoki hayotlarida yuz bergan voqealarni esga tushirar, yoki shunchaki taajjubga solar. Yoxud ularning qalbida keskin norozilik hissini uyg‘otar. O‘ng tomonida ular sharh berishlari kerak: ayni shu sitatani yozishga ularni nima majbur etdi? Ularga qanday fikrlar uyg‘otdi? Shu munosabat bilan ularda qanday savol tug‘ildi? Qisqasi, matnni o‘qirkan, o‘quvchilar vaqti-vaqti bilan to‘xtashlari va o‘zlarining qo‘shaloq kundaliklarida shunday belgilar qo‘yib borishlari kerak.




Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling