Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi
Download 4.05 Mb.
|
1.05.majmua kimyo-2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys savoli.
- KLASTER METODI
KEYS-STADI METODI
«Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «study» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilar savollar bo‘yicha faoliyatni qamrab oladi: Keys bayoni. Ogayo shtatidagi Uolton-Xillzdagi zavodda yong‘in chiqdi. Binoda juda ko‘p miqdordagi metallar: titan, po‘lat va magniy bor edi. Yong‘in yaqin atrofdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasiga tarqalishidan qo‘rqib, yong‘inni suv bilan o‘chirishga qaror qilishdi. Natijada kuchli portlash yuz berdi, qizigan oq metall bo‘laklari har tomonga sochilib ketdi. Ko‘zni qamashtiradigan olov 50 m balandlikka ko‘tarildi, o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni suv bilan o‘chirishda davom etishdi. Keys savoli. Qaysi metall suvda yongan? O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni to‘g‘ri o‘chirishganmi? Olovni qanday o‘chirish mumkin? Metallning suvda yonish reaksiya tenglamasini yozing. SINKVEYN METODI She’rning birinchi satri uning mavzusidir. U faqat bitta so‘z bilan va albatta ot bilan ifodalanadi. Ikkinchi satr ikki so‘zdan iborat bo‘lib, asosiy mavzuni ochib beradi, uni tavsiflaydi. Bu sifatlar bo‘lishi kerak. Kesimlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Uchinchi qatorda fe’llar yordamida sinveyn mavzusi bo‘lgan termin bilan bog‘liq harakatlar tasvirlangan. Uchinchi qatorda uchta so‘z bo‘ladi. To‘rtinchi satr endi so‘zlar to‘plami emas, balki tarkibiy qism mavzuga munosabatini bildiradigan butun iboradir. Bunday holda, u o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda tuzilgan jumla yoki mavzu doirasida aniq ibora, maqol, so‘z, iqtibos, aforizm bo‘lishi mumkin. Beshinchi qator - bu bitta so‘z, bu xulosa: bu birirnchi qatordagi so`z sinonimidir. Oqsillar Katta, organik Sintezlanadi, denaturaziya bo`ladi, to`planadi Hujayrada qurilish materiali Biopolimerlar KLASTER METODI Klaster (tutam , bоg‘lam) metоdi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.Ushbu metod muayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga hizmat qiladi. «Klaster» metodidan foydalanish tavsifi: 1-bosqich. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizni sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring. 2-bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang. 3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror-bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilgunga qadar davom ettiring. 4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. Foyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling