FSMU METODI
Bu metod ta`lim oluvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z fikrini o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, ta`lim oluvchilar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o‘zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o‘rgatadi.
Metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha ta`lim oluvchilar o‘z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o‘rgatish va mashq qildirish metodidir.
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating;
M – ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring
SWOT-TAHLIL METODI
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
|
Muammoli ta’lim yondashuvlarining kuchli tomonlari
|
|
|
Muammoli ta’lim yondashuvlarining kuchsiz tomonlari
|
|
|
Muammoli ta’lim yondashuvlarining imkoniyatlari (ichki)
|
|
|
Muammoli ta’lim yondashuvlarini amalda qo‘llashdagi to‘siqlar (tashqi)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |