Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi


Download 4.05 Mb.
bet22/137
Sana18.10.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1707863
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137
Bog'liq
1.05.majmua kimyo-2023

Kimyoviy belgilar:
1) elementning nomini;
2) uning bir atomini;
3) atom og‘irligini ko‘rsatadi. Kimyoviy birikmaning formulasi uni tashkil etgan elementlaming simvollaridan tuzilgan. 109 ta elementning kimyoviy belgisi D.I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemasida keltirilgan. Moddaning tarkibini shu moddani tashkil etgan elementlaming kimyoviy belgilari bilan ifodalash natijasida moddaning kimyoviy formulasi olinadi.
Kimyoviy formula berilgan modda molekulasi tarkibiga qanday atomlar qancha miqdorda kirishini ko‘rsatadi. Murakkab moddaning formulasini yozish uchun modda qanday kimyoviy elementlardan tuzilganligini va uning molekulasida har qaysi elementning nechtadan atomi borligini bilish lozim.
Kimyoviy formulalar:
1) moddaning nomini;
2) shu formulaga qarab, ayni modda oddiy yoki murakkab modda ekanligini; 3) u qanday elementlardan hosil bo‘lganligini;
4) uning molekulasi tarkibiga har qaysi elementning nechtadan atomi kirganligini;
5) uning bitta molekulasini;
6) modda tarkibiga kiruvchi elementlar qanday og‘irlik nisbatda ekanligini;
7) moddaning molekular massasini ko‘rsatadi.
Moddaning kimyoviy formulasi 2 xil bo‘ladi:
1) eng oddiy formula;
2) haqiqiy yoki molekular formula.
Eng oddiy formula molekuladagi atomlaming mutlaq sonini emas, balki har xil elementlaming atomlari soni orasidagi nisbatni ko‘rsatadi. Haqiqiy formula molekuladagi atomlaming haqiqiy sonini ko‘rsatadi.

Murakkab moddalaming eng oddiy formulasini chiqarish uchun uning og‘irlik tarkibi ni va shu modda tarkibidagi elementlarning atom massalarini bilish kerak.



  1. misol. Tarkibida 43,4% Na, 11,3% С va 45,3% О bo‘lgan moddaning eng oddiy formulasini yozing.

Yechish. Bu birikma tarkibida x atom natriy, и atom uglerod va г atom kislorod bor, deylik. Bunda formula Na C O, shaklda yoziladi. Agar biz x, y, z larning o‘zaro nisbatlarini topsak, shu birikmaning eng oddiy formulasini chiqargan bo’lamiz. Natriyning atom massasini 23, uglerodniki 12, kislorodniki 16 ekanligini e’tiborga olsak, shu modda molekulasida
23 • x og‘irlik qism Na, 12 • у og‘irlik qism uglerod va 16 • г og‘irlik qism kislorod bor deb aytish mumkin. Ulaming har birini tegishli elementlaming og‘irlik foizlariga tenglashtiramiz:

23 • x = 43,4; 12-у = 11,3; 16-г = 45,3


tenglamalardan x, y, z lami topaylik:
x = iM = l,88; у = 1M = 0,94; z = ^ = 2,83;
x, y, z lar kasr sonlarga teng bo‘ladi. Ular orasidagi nisbatni

topamiz: x: у: z — 1,88 : 0,94: 2,83.


Molekuladagi atomlar butun sonlar bilan ifodalanishi kerak. Shuning uchun tenglamaning o‘ngtomoniniengkichikson 0,94gabo‘lamiz.
Bunda x:y:z = 2 : :1: 3 kelib chiqadi.
Demak, birikma molekulasida ikki atom natriy, bir atom uglerod, uch atom kislorod bor. Buni Na^CO, ,Na,C10,, Na,CLOn va h.k. formulalar bilan ko‘rsatish mumkin.
Masalada birikmaning molekular massasi berilmagani sababli, bu formulalardan qaysi biri shu birikmaning haqiqiy formulasi ekanini aytib bo‘lmaydi. Eng oddiy formula shaklida Na2C03 ni qabul qilamiz.
Birikmaning haqiqiy formulasini topish uchun moddaning foiz tarkibi, uning molekular massasi va tarkibiga kirgan elementlaming atom massalari aniq bo‘lislii kerak. Bu holda ham eng oddiy formula topilgan metoddan foydalaniladi. Haqiqiy formula bo‘yicha liisoblangan molekular massa masala shartida berilgan molekular massaga teng bo‘lishi kerak.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling