Aniq va tabiiy fanlar metodikasi
Download 0.91 Mb.
|
Isomiddinova Tursunoy Malaka ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi
- Malaka ishining maqsadi
- summativ baho
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI
- Elektron ta’lim resurslari
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI “Himoyaga ruxsat etaman” Markaz direktori ______A.G. Ibragimov “___”_______2020-yil “ANIQ VA TABIIY FANLAR METODIKASI” KAFEDRASI “Matematika fani o’qituvchilari” guruhi tinglovchisi ISOMIDDINOVA TURSUNOY MUHAMMADJON QIZINING “5-Sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobi bo’yicha o’quvchilar bilimini baholashning mazmuni va metodik asoslari” (9-nazorat ishi asosida) mavzusidagi MALAKA ISHI Kafedra mudiri:___________Q.S.Jumaniyozov Malaka ishi rahbari:___________M.Masharipov Toshkent 2020-yil TOSHKENT SHAHAR XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi “Matematika fani o’qituvchilari” guruhi tinglovchisi Isomiddinova Tursunoyning “5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobi bo’yicha o’quvchilar bilimini baholashning mazmuni va metodik asoslari(9-nazorat ishi asosida) mavzusidagi MALAKA ISHI ga TAQRIZ
Taqriz uchun tinglovchi malaka ishini___betda topshirdi. Malaka ishiga taqrizchi tomonidan qo’yilgan ballar quydagicha:
Rahbar fikri(ijobiy va salbiy)______________________ ______________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________ Rahbarning xulosasi Tinglovchi Isomiddinova Tursunoyning malaka ishi ____ball bilan baholanganligini hisobga olib, ishni yakuniy attestatsiya komissiyasida himoyaga tavsiya qilinadi(tavsiya qilinmaydi). Rahbar (taqrizchi) M.Masharipov (imzo) “____”______________2020yil ANNOTATSIYA Ushbu malaka ishi “5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobi bo’yicha o’quvchilar bilimini baholashning mazmuni va metodik asoslari “ (9-nazorat ishi asosida)” mavzusida bo’lib, unda o’rta maktabda o’quvchilar bilimini baholashning metodik va tashkiliy asoslari, “Fazoviy geometrik shakllar “ bobi bo’yicha o’quvchilarga qo’yiladigan minimal talablar haqida, nazorat ishlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar va o’quvchilarning bor bilimlarini korsata olishi uchun sharoit yarata olish to’g’risida yoritib berilgan. Malaka ishi kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib, kirish qismida malaka ishi mavzusining dolzarbligi, maqsadi va vazifalari keltirilgan. Asosiy qismda “Fazoviy geometrik shakllar” bobining mazmuni va shu bob asosida tuzilgan 9-nazorat ishiga 4 ta variantda namunalar keltirilgan. Malaka ishi so‘ngida xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovada nazorat ishlarining javoblari keltirilgan. MUNDARIJA Kirish………………………………………………………………………………………………………..4 Asosiy qism 1. 5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobi mavzularining qisqacha mazmuni……………………………………………………………………………………………………7 2.O’tkazilgan nazorat ishlari bo’yicha o’quvchilar bilimini baholshning metodologik asoslari…………………………………………………………………….…………..9 3. “Fazoviy geometrik shakllar” bobi mavzulari yuzasidan o’tkaziladigan nazorat ishi namunalari…………………………………………………………………………….11 Xulosa va tavsiyalar………………………………………………………………………….21 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………..22 Ilovalar(berilgan nazorat ishlari javoblari keltirilgan)………………………………….23 KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi kunda ta’lim sohasida olib borilayotgan o’zgarishlar jumladan Ta’lim to’g’risidagi qonunga o’zgartirishlar kiritildi, davlat ta’lim standartlariga o’zgarish kiritilishi kutilmoqda, milliy o’quv dasturida ham o’zgarishlar kiritilmoqda shular qatorida baholash tizimini ham yangilash bir qolibga solish maqsadida taklif va mulohazalar ko’rib chiqilmoqda.Shu jumladan nazorat ishlarini qanday baholash o’quvchini haqiqiy bilimiga baho qo’yish masalasi ham bugungi kunda dolzarb mavzulardan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo’nalishini o’z ichiga olgan 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Harakatlar strategiyasi” da ta’lim va fan soxasini rivojlantirish bo’yicha uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mexnat bozorining zamonaviy ehtiyojlarga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, ta’lim muassasalarini zamonaviy o’quv va labaratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jixozlash orqali ularning moddiy texnika bazasini mustaxkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni ko’rish bosqichma-bosqich ko’paytirish masalalari belgilab qo’yildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentinng “O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019-yil 29-aprel kungi № PF-5712-sonli Farmonida umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv-tarbiya jarayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA-o’quvchilar savodxonligini baholash xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo’naltirilgan umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2018-yil 21-sentabrdagi № PF-5544-sonli Farmonida ham mamlakatimizning 2030-yilga borib jahonning 50 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish vazifasi belgilangan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi PQ-4708 sonli qarorida “2020-2023-yillarda O’zbekiston Respublikasida matematika fanlari bo’yicha ta’lim sifatini yaxshilash, ilmiy-tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy axamiyatini oshirish to’g’risida” bayon etilgan. Bu qarorda maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumta’lim muassasalarida va oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida matematika fanlarini o’qitish sifatini oshirish ko’zda tutilgan. Matematika soxasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi va amaliy axamiyatini oshirish, matematika soxasida ta’lim olayotgan va ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanayotgan iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash, matematika soxasida ta’lim va ilm-fan masalalari bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, matematika fani bo’yicha erishgan yutuqlarimiz xaqida dunyo xamjamiyatida keng targ’ib qilish ko’zda tutilgan. PISA- turli davlatlardagi 15 yoshli (aniqrog’i 15 yosh 3 oydan 16 yosh 2oygacha bo’lgan) o’quvchilarning o’qish va tushunish, matematika hamda tabiiy fanlar bo’yicha savodxonlik darajasini baholash uchun mo’ljallangan tadqiqot bo’lib, 2000-yildan beri har 3 yilda bir marta o’tkazib kelinadi. O’zbekiston Respublikasining Ta’lim to’g’risidagi qonuniga Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda o’zgartirishlar kiritildi va bu qonun Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maqullandi. Ushbu qonunning maqsadi O’zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning xuquqiy asoslarini va ta’lim soxasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash xamda xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy xuquqini taminlashdan iborat. Qonunning asosiy vazifalariga ta’lim tizimining ishlashi va rivojlanishi uchun xuquqiy kafolatlar va mexanizmlarni yaratish, ta’lim olish jarayonida ta’lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish va shaffoflikni ta’minlash, O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimini xalqaro ta’lim standartlari darajasigacha takomillashtirish, ta’lim soxasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari xamda maxalliy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini belgilash va ular o’rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, ta’lim soxasida yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini xamda ularning o’zaro munosabatlarini huquqiy jixatdan tartibga solish kiradi. O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: --davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va ta’lim dasturlarini yoki ulardan birini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlari; --yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar (repetitorlik); --ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; --ta’lim soxasida davlat boshqaruvi organlari hamda ularga idoraviy mansub tashkilotlar. Respublika ta’lim markazi ma’lumotiga ko’ra, hozirgi kunda xalqaro ekspertlar bilan birga Milliy O’quv Dasturining 4ta kompenenti: umumiy o’rta ta’limning malaka talablari, umumta’lim fanlarining konsepsiyalari, umumiy o’rta ta’limning tayanch o’quv rejasi, umumta’lim fanlari o’quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilgan. Milliy o’quv dasturini ishlab chiqish, tajriba sinovdan o’tkazish va bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish samaradorligini ta’minlash maqsadida yuqori salohiyatli milliy ta’lim ekspertlari, xalqaro hamkorlar, jumladan UNISEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan xorijiy konsultantlar bilan tizimli ishlash tashkil etilgan. Baholash tizimi va o’qitish metodologiyasi 2020-2021 o’quv yilining 1-3 choraklarida hududiy ta’lim pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarida ekspertizadan o’tkaziladi. Ishchi guruh tomonidan Milliy o’quv dasturining barcha komponentlari 2021-yil may oyiga qadar xulosalar va takliflar asosida takomillashtiriladi. Milliy o’quv dasturi va u asosida yaratilgan darsliklar 2021/2022- o’quv yilidan boshlab tajriba-sinovdan o’tkazilishi rejalashtirilgan. Umumiy o’rta ta’limning amaldagi DTS(2017-y) va yaratilayotgan Milliy o’quv dasturining qiyosiy tahliliga e’tibor qaratilsa, agar amaldagi DTS 12 yillik ta’limning A1,A2 va B1 darajalari bo’yicha bitiruvchilarga qo’yiladigan malaka talablari, Milliy o’quv dasturi esa umumiy o’rta ta’lim bitiruvchilari va har bir sinf bo’yicha o’quvchilar faoliyati natijalariga qo’yiladigan talablarni nazarda tutadi. Tahlillarga ko’ra shuni aytish mumkinki, xalq ta’limi tizimida joriy etilishi kutilayotgan Milliy o’quv dasturi tizimli va yaxlit ishlab chiqilayotgan 6 komponentli milliy hujjat bo’lib, 2017-yilda joriy etilgan 2 komponentli Davlat ta’lim standartini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, o’qitish va baholashning samarali metodologiyalari asosida bosqichma-boshqich joriy etish orqali ta’lim sifatini yangi bosqichga ko’tarishga xizmat qiladi. Malaka ishining maqsadi: 5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobining mavzularini o’qitish va bob yuzasidan olinadigan nazorat ishining optimal turini hamda olingan nazorat ishlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish. Malaka ishining vazifalari: 1. Malaka ishi mavzusiga oid ma’lumotlarni 5-11-sinf darsligi, qo’shimcha adabiyotlar, internet saytlaridan ma’lumotlarni o’rganib chiqish va keraklilarini tahlil qilib olish. 2. Matematika fanining dolzarbligi, o’ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot berish. 3. 5-sinflarda “Fazoviy geometrik shakllar” mavzusini o’qitish metodikasini ishlab chiqish va taqdimot tayyorlash. 4. 5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobi mavzulari yuzasidan nazorat ishlari namunalari tuzish, o’quvchilar bilimini baholashning optimal yo’llarini topish.
5-SINFDA “FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR” BOBI MAVZULARINING QISQACHA MAZMUNI: 5-sinfda “Fazoviy geometric shakllar” bobidagi mavzularning qisqacha mazmuni va ularga qo’yilgan talablar bilan tanishib chiqamiz. Demak “Fazoviy geometrik shakllar” bobiga qo’yilgan davlat ta’lim standartlari, bizni mavzularni o’rgatishda oldimizga qo’ygan maqsadlarimiz, ya’ni o’quvchilarning bu bobni o’rganish natijasi olgan bilimlarini natijasi quydagilardan iborat: M1 Fazoviy shakllar haqida tasavvurga ega bo’lasiz; M2 Fazoviy shakllarning xossalari haqida bilib olasiz; M3 Ko’pburchak perimetriga oid masalalarni yecha olasiz; M4 To’g’ri to’rtburchak va murakkab shakllar yuzini aniq va chamalab hisoblay olasiz; M5 Yuz va hajm o’lchov birliklarini bilasiz va masalalar yechishda ulardan foydalana olasiz; M6 To’g’ri burchakli parallelepiped va kub hajmini hisoblay olasiz; M7 Geometrik shakllarning xossalaridan foydalanib hayotiy masalalarni yecha olasiz. 5-sinfda shu paytga qadar asosan yassi, ya’ni tekislikda yotadigan shakllarni o’rganib kelingan. Lekin quyi sinflarda fazoviy shakllar haqida ham aytib o’tilgan. Ularning yassi shakllardan farqi ular to’laligicha bir tekislikda yotmaydi. Fazoviy jismlar uch o’lchamidir. Quyidagi rasmda hayotimizda kerak bo’ladigan buyum va narsalarning geometrik shakllarga qanchalik mos ekanligini ko’rishimiz mumkin. Keling shu yerda qaysi jism qaysi geometrik shaklga mos kelishini aytib o’tamiz. Demak bu shakllarni ko’rib shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Chegarasi yassi ko’pburchaklardan iborat fazoviy jism ko’pyoq deb ataladi. Yassi ko’pburchaklar ko’pyoqning yoqlari, ko’pburchakning uchlari ko’pyoqning uchlari, tomonlari esa ko’pyoqning qirralari deb ataladi. Yuqoridagi rasmlarga qarab shakllar haqida tasavvurga ega bo’lishingiz mumkin. A,B,C,D,,,,nuqtalar- parallelepipedning uchlari, a,b,c- qirralari, Umumiy holda o’lchamlari a,b va c bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped sirtining yuzi: S=2(ab+bc+ac)
Parallelepiped asosining yuzini- S va balandligini- H harflari bilan belgilasak, parallelepiped hajmini topish uchun yangi formulaga ega bo’lamiz: V=S*H Hamma qirralari teng bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped kub deb ataladi. Kubning hamma yoqlari teng kvadratlardan iborat. Qirrasi a bo’lgan kub sirtining yuzi: S=6 Hajmi esa: V= formulalar bilan aniqlanadi. Hajmlarni o’lchash uchun millimetr kub (), santimetr kub (), detsimetr kub (), metr kub (), kilometr kub () kabi o’lchov birliklaridan foydalaniladi. Suyuqliklar bilan ish ko’rilganda 1 ni boshqacha litr (l) deb ham ataladi. 1litr=1 1=1m*1m*1m=10dm*10dm*10dm=1000 Huddi shunga o’xshash, 1=1000 1=1000000, 1=1000000000 Ekanligini ham aniqlash mumkin O’TKAZILGAN NAZORAT ISHLARI BO’YICHA O’QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING METODOLOGIK ASOSLARI Ma’lumki, maktabda boshlang’ich ta’limning asosiy maqsadi- bolalarga kelgusida yanada takomillashtiriladigan bilimlarni o’rganishlariga yordam berishdir. Bundan tashqari o’quvchilarni savollariga javob topish, tahlil qilish, axborot bilan ishlashga o’rgatish muhimdir. O’qituvchilar va o’quvchilarning aniqlik uchun birgalikdagi ish natijalari odatda baholar bilan belgilanadi. O’quvchilarga baho qo’yishda ularning bilim, ko’nikma hamda malakalarini tekshirish og’zaki, yozma va amaliy tarzda bo’lishi mumkin. Yozma tekshirish va mustaqil ishlar bilimlarni tekshirishning asosiy shakllaridan biri. Hozirgi kunda maktablarda o’quvchilar bilimini baholashda asosan 5 ballik sistemadan foydalaniladi. O’quvchilar bilimini baholashda dars davomida bajargan ishi, darsda aktiv qatnashishi, uyga vazifani bajarganligiga hamda mustaqil ishilariga baho qo’yib boriladi. Bu baholar joriy baholar deb ataladi ya’ni- formativ baho deb ataladi. Ma’lum bir bob tugatilganda bob yuzasidan o’quvchilarni olgan bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat ishi olinadi. Bu yozma ish, test yoki hozirgi kunda xalqaro talablarga moslashgan holda topshiriqlarning yangi turlarini ishlab chiqiladi. Bu nazoratda olgan baho summativ baho deb ataladi. Ya’ni shu bobni qanchalik o’zlashtirganini bildiradi. Choraklik va yakuniy baholar chiqarilayotgan paytda formativ va summativ baholarning o’rta arifmetigi olinadi. 5-sinf matematika darsligida berilgan 6-bobning mustahkamlash uchun berilgan 9-nazorat ishi 5 xil bo`limdan iborat: 1-bo`lim. Bilish. 2-bo`lim. Tushunish. 3-bo`lim. Qo`llash 4-bo`lim. Mulohaza yuritish. 5-bo`lim. Tadqiq qilish. 1-bo`limdan boshlab soddadan murakkabga o`tish prinsipi bajarilgan. O`quvchi bu usulda tuzilgan nazorat ishini bajarishda qiynalmaydi. Malaka ishida 5-sinf kitobining 6-bobi asosida 4 ta variantdan iborat nazorat ishlari va baholash mezonlari ishlab chiqarildi. 19 ta test va misoldan iborat nazorat ishini baholash uchun quyidagi mezonlardan foydalanildi: 1. O`quvchi bilishi uchun 1 ball qo`yiladi. Bunda o`quvchi eng sodda testlarni yechishni bilishi kerak. 2. O`quvchi bilishi va tushunishi uchun 2 ball qo`yiladi. Bunda o`quvchi eng sodda testlarni va qoidalarni bilishi kerak. 3.O`quvchi bilishi, tushunishi va qo`llay olishi uchun 3 ball qo`yiladi. Bunda o`quvchi eng sodda test, qoida va misollarni yechishni bilishi kerak. 4. O`quvchi bilishi, tushunishi va qo`llay olishidan tashqari mulohaza yuritishi uchun 4 ball qo`yiladi. Bunda o`quvchi eng sodda test, qoida va misollardan tashqari masala va tenglamalarni yechishni bilishi kerak. 5. O`quvchi bilishi, tushunishi, qo`llay olishi va mulohaza yuritishidan tashqari masalalar ustida tadqiqotlar bajarishni bilishi uchun 5 ball qo`yiladi. Bunda o`quvchi testlarni, masalalarni va tenglamalarni yechishni bilishi kerak va ular ustida tadqiqot ishlarini olib borishi kerak. NAZORAT ISHI SAVOLLARI VA ULARNI BAJARISHGA KETADIGAN VAQT ORASIDAGI BOG’LANISH JADVALI
TO’PLANGAN BALLARNI BAHOLAR BILAN MOSLASHTIRISH JADVALI
3.”FAZOVIY GEOMETRIK SHAKLLAR” BOBI MAVZULARI YUZASIDAN O’TKAZILADIGAN NAZORAT ISHI NAMUNALARI 1-variant 1.(M2-1ball)Kubning nechta qirrasi bor? A)6 B)8 C)10 D)12 2.(M4-1ball )Kvadratning yuzi qaysi formula orqali topiladi? Javob______ 3.(M4-1ball)Qaysi javobda parallelepiped sirtining yuzi formulasi keltirilgan: A) S=ab B) S=2(ab+ac+cb) C) S= D) S=abc 4.(M1-1ball) Akvarium, bino, kitob va shkaf qaysi geometrik shaklga misol bo’ladi? Javob____________ 5.(M1-1ball) Quydagi shakllarning qaysi birida silindr tasvirlangan.
6.(M6-2ball) Ta’rifni davom ettiring. To’g’ri burchakli parallelepipedning hajmi…… Javob: 7.(M5-2ball) Taqqoslang. 1000va 1 8.(M1-1ball) Quyidagi rasmda nechta kvadrat tasvirlangan. Javob_________ 9.(M3-3ball) Kubning tomoni 1sm uning qirralari uzunliklari yig’indisini toping. Javob______________ 10.(M2-1ball) To’g’ri burchakli parallelepipedning 12ta uchi, 6ta qirrasi va 8ta yog’i bor….. A) to’g’ri B)noto’g’ri D) bilmayman 11.(M7-3ball)Kamola tomoni 10sm li kubni kartondan yasamoqchi bo’libdi. Kamolga necha karton kerak bo’ladi? Javob______________ 12.(M1-1ball) Quyidagi rasmdagi uchburchaklarning uchlarini birlashtirsak qanday shakl hosil bo’ladi? A)konus B)piramida C) yulduz D)beshburchak 13.(M6-3ball)To’g’ri burchakli parallelepipedning tomonlari 2sm, 4sm va 6sm ga teng. Uning hajmini toping.
14.(M4-2ball) Kvadrat santimetrlarda ifodalang. 4 9 Javob____________ 15.(M5-3ball) Kubning barcha qirralari yig’indisi 36 ga teng. Shu kubning sirt yuzini toping. A) 45 B)48 C) 54 D)64 16.(M1-2ball) Quyidagi rasmda qanday geometrik shakllardan foydalanilgan. Javob_______________________ 17.(M7-5ball)Eni 10sm, bo’yi 20sm va balandligi 8sm bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepipedning qirralari simdan yasaldi. Buning uchun qancha sim ishlatilgan?
18.(M6-3ball) Rasmdagi kichkina kubning hajmi 3 bo’lsa, berilgan shaklning hajmini toping. Javob___________ 19.(M7-5ball) Baliqlarni boqish uchun Saida akvarium sotib oldi. Akvarium tomoni 40sm li kub shaklida ekan. Saida akvariumni to’ldirish uchun necha litr suv quyishi kerak.
2-variant 1.(M1-1ball) Jumlani to’ldiring. Chegarasi yassi ko’pburchaklardan iborat fazoviy jism …… deb ataladi. A) ko’pburchak B) ko’pyoq C)to’rtburchak D) uchburchak 2.(M2-1ball) Ushbu shakllarning qaysi biri fazoviy shakl. Javob __________ 1 2 3 4 3.(M2-1ball)To’g’ri burchakli parallelepipedda 12ta qirra bor?
4.(M1-1ball)Ushbu shakllardan qanday fazoviy shakl yasash mumkin. A) B) C) D) 5.(M2-1ball)To’g’ri burchakli parallelepipedda nechta yoq bor? Javob _______ 6.(M4-2ball)Qirrasi a bo’lgan kub sirtining yuzi qaysi formula orqali aniqlanadi? Javob ______ 7.(M1-1ball) Hamma qirralari o’zaro teng bo’lgan to’g’ri burchakli parallelepiped qanday nomlanadi? Javob ___________ 8.(M2-1ball) Kubda nechta yoq bo’ladi? A) 4 B) 6 C) 8 D) 12 9.(M2-1allb)Kubning 8 ta uchi mavjud….
10.(M2-2ball)Bir yog’i ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa bitta uchga ega uchburchaklardan iborat kopyoqqa nima deb ataladi? A) piramida B) prizma C) parallelepiped D) kub 11.(M1-2ball)Quyidagi rasmda qanday geometrik shakllardan foydalanilgan. Javob_____________ 12.(M3-2ball) To’g’ri burchakli parallelepiped uchun uning qirralari uzunliklari yig’indisini hisoblovchi formulani ko’rsating. A) L=4(a+b+c) B)L=2(ab+bc+ac) C) L=12a D) L=8(a+b) 13.(M6-2ball) Quyidagi rasmda tasvirlangan kubni to’ldirish uchun nechta kichik kubchadan foydalanilgan? Javob_________________ 14.(M3-3ball)Hasan va Husan tomoni 1sm bo’lgan kubni sim orqali yasashdi, ularning har biri necha sm sim ishlatgan? Javob _______________ 15.(M5-3ball) Yuzalarni taqqoslang: 125va 1 16.(M6-3ball) To’g’ri burchakli parallelepiped hajmini topish formulasi qaysi javobda ko’rsatilgan? A) V=abc B)V= C) V=S*H D) A va C javoblar to’g’ri 17.(M7-5ball) Dildora kitobini hajmini topish uchun kitob o’lchamlarini o’lchadi. Kitobning bo’yi 29sm, eni 21sm va balandligi 2sm ekan. Dildoraga kitob hajmini topishga yordam bering.
19.(M7-5ball) Tomoninig uzunligi 50sm bo’lgan kub shaklidagi akvariumni suv b.n to’ldirish uchun necha litr suv kerak bo’ladi.
3-variant 1.(M1-1ball)Ikki yog’i teng ko’pburchakdan, qolgan yoqlari esa to’rtburchakdan iborat ko’pyoqqa ………. deb ataladi. Jumlani to’ldiring. A) piramida B) prizma C) parallelepiped D) kub 2. (M2-1ball)Piramidaning yon yoqlari uchburchakdan iborat.
3.(M1-2ball) Rasmda tasvirlangan shakllarning nomlarini ranglariga mos qo’ying: Qizil_______ Yashil_________Ko’k_____________ 4.(M4-1ball) To’g’ri burchakli parallelepipedning sirt yuzini formulasini qaysi javobda ko’rsatilgan. A)S=2(ab+ac+bc) B) S=6 C) S=ab D) V=abc 5.(M1-2ball) Quyidagi rasmda qanday geometrik shakllardan foydalanilgan. Javob______________ 6.(M2-1ball) Perimeter deganda nimani tushunasiz? Javob______________________________________________ 7.(M6-1ball)Qirrasi a bo’lgan kub hajmi qaysi formula orqali aniqlanadi? A) V=abc B) V= C) V=S*H D) V=6a 8.(M6-3ball) To’g’ri burchakli parallelepipedning tomonlari 3m, 6m va 8m bo’lsa uning hajmini toping. Javob_________________ 9.(M5-2ball) Litrda ifodalang: 18000 = 10.(M7-3ball) Nargizaga dadasi o’lchami 20sm bo’lgan kub shaklidagi sovg’a tayyorladi. Sovg’ani o’rash uchun dadasiga qancha gulli qog’oz kerak bo’ladi? Javob____________ 11.(M1-1ball) Quyidagi rasmda sariq rangda qanday shakllar tasvirlangan? Javob____________ 12.(M4-1ball)Qirrasi a bo’lgan kub sirtining yuzi qaysi formula orqali aniqlanadi? A) S=2(ab+bc+ac) B) S=6 C) S=ab D)V=abc 13.(M7-2ball) Rangli qog’ozning o’lchamlari 15sm va 8sm. Bu qog’oz qirrasi 3sm bo’lgan kubni qoplash uchun yetarli bo’ladimi? A)Bo’ladi B) bo’lmaydi 14.(M6-2ball)Quyidagi rasmdagi kichkina kubchaning hajmi 1 bo’lsa, berilgan shaklning hajmini toping. Javob__________ 15.(M4-3ball)Kubning barcha qirralari uzunliklari yig’indisi 36 ga teng. Shu kubning sirt yuzini toping.Javob _____________ 16.(M6-3ball)Tomoni 5sm bo’lgan kubning hajmini toping. Javob____________ 17.(M6-2ball) Taqqoslang: 5000 va 8 18.(M7-5ball) To’g’ri burchakli parallelepipedning o’lchamlari 11sm, 8sm va 15sm bo’lib, uning barcha qirralari 5 sm dan qisqartirildi. Parallelepipedning hajmi qanchaga kamaygan?
19(M7-5ball). Shohjahon dadasiga kub shaklidagi akvarium sotib oldirdi. Agar akvariumning bir tomoni 30sm bo’lsa, Shohjahon akvariumni to’ldirish uchun necha litr suv quyishi kerak?
4-variant 1.(M2-1ball)To’g’ri burchakli parallelepipedda 12ta qirra bor.
2.(M1-1ball) Quyidagi rasmda qanday geometrik shakllar chizilgan? A)silindr va konus B)konus va shar C) silindr va kub 3.(M7-1ball)Koptok, globus va tarvuzning ko’rinishi qaysi geometrik shaklga o’xshaydi. Javob_______________ 4. (M4-1ball)To’g’ri burchakli parallelepipedning sirt yuzini topish formulasini ko’rsating. A) S=ab B) S=2(ab+bc+ac) C) S=6a D) S=2(a+b+c) 5.(M1-2ball)Quyidagi rasmda nechta doira tasvirlangan? Javob____________ 6. (M1-2ball)Ushbu berilgan rasmda qanday geometrik shakllardan foydalanilgan? Javob________________________ 7. (M2-1ball)To’g’ri burchakli parallelepipedning nechta uchi bor? Javob________ 8. (M6-3ball)Asosining yuzi va balandligi bo’yicha to’g’ri burchakli parallelepipedning hajmini toping: S=14, H=5sm Javob_________ 9.(M4-1ball)Kubning to’la sirtini topish formulasi qaysi javobda keltirilgan. A) S=ab B) S= D) S= C)S=2(ab+bc+ac) 10.(M5-3ball) Santimetr kubda ifodalang: 2530= 11.(M2-2ball) Quyidagi rasmda qaysi geometrik shaklning yoyilmasi keltirilgan?
12.(M5-1ball) Suyuqliklar bilan ish ko’rilganda qanday o’lchov birligidan foydalaniladi? Javob___________________ 13.(M1-2ball) Berilgan shaklni yasashda nechta kichik kubchadan foydalanilgan? A)15 B) 13 C) 12 D)16 14.(M4-3ball) Kubning tomoni 2sm, uning sirt yuzi nimaga teng? Javob______________ 15.(M7-1ball) Gugurt, bino, shkaf qanday geometrik shaklga misol bo’ladi? Javob___________ 16.(M7-5all) Gulnora onasi uchun sovg’a tayyorladi. Sovg’asining o’lchamlari 15sm, 20sm va 10sm. U sovg’ani o’rash uchun eni 30sm va bo’yi 70sm bo’lgan gul qog’oz sotib oldi. Gulnora olgan gul qog’oz sovg’ani o’rashga yetadimi?
17.(M6-2ball) Rasmda tasvirlangan kichkina kubchaning hajmi 2 bo’lsa, rasmdagi shaklning hajmini toping. Javob________________ 18.(M7-5ball) Xona polining eni 4m, bo’yi 7m ekan. 1 polni bo’yash uchun 200g bo’yoq sarflansa, xona polini bo’yash uchun qancha bo’yoq kerak bo’ladi?
19. (M7-3ball)Shohruh o’lchamlari 10sm, 20sm va 50 sm bo’lgan akvariumda baliq boqadi. U akvariumni necha litr suv bilan to’ldiradi? Javob____________ XULOSA
Ta’lim tarbiyaga katta e’tibor berilayotgan hozirgi kunda, o’qituvchilardan darslarga puxta tayyorgarlik ko’rish, o’z ustida ishlash, o’rganganlarini dars jarayonida qo’llash talab etilmoqda. Dars avvalida qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun, o’quvchilar mavzularni yaxshi o’zlashtirishi, o’rganganlarini tanish, notanish va hayotiy vaziyatlarda qo’llay olishi uchun o’qituvchilar darslar mazmunini boyitishi kerak. Buning uchun esa turli interfaol metodlardan foydalanib dars o’tish kerak. Shu talablarga asoslangan holda 5-sinfda “Fazoviy geometrik shakllar” bobining mavzularini ham individual ishlash, ma’ruza, klaster, aqliy hujum, namoyish, savol-javob, mustaqil ishlash, kichik guruhlarda ishlash kabi interfaol metodlardan foydalanib darslarni rejalashtirishimiz kerak. Shu bilan birga bob yakunida olinadigan nazorat ishini ham o’quvchilar uchun qulay bo’lgan variantlarda tuzish tavsiya etiladi. Ya’ni faqat yozma ish ko’rinishida emas testning turli shakllaridan foydalangan holda nazorat ishi olish ham o’quvchilarni qiziqishini orttiradi ham bilimini baholashning optimal usulini shakllantiradi. Ushbu malaka ishida umumiy o’rta ta’lim maktabining 5-sinf matematika kitobidagi “Fazoviy geometrik shakllar” bobidagi 9-nazorat ishi bo`yicha 4ta nazorat ishi va ularni javoblari bilan berildi. Bu kelajakda 5-sinf uchun nazorat ishi daftarlari tuzishda qo`llash mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy oʻrta ta’lim va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi 187-son qarori. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” gi 140-sonli qarori. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. T.: “Oʻzbekiston”-2017 yil 14-yanvar, 104-bet. Sh.M.Mirziyoyev. Erkin va farovon demokratik Oʻzbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz. T.: “Oʻzbekiston” 2016 Karimov I. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. –T.: Oʻzbekiston, 2010 y. 56 Karimov I. “Barkamol avlod Oʻzbekiston taraqqiyotininig poydevori ”, “Sharq” 2004 y. 33 b. Pedagogika va axborot texnologiyalari yutuqlar va istiqbollari// Resp. ilmiy-amaliy konf. mater. - Toshkent: UzPFITI, 2003y. 250 b. 8. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - Toshkent: Fan, 2005y.205 b. 9. Tolipov O‘., Usmonboeva M. Oʻquv jarayonini loyihalash va uning bosqichlari // Uzluksiz ta’lim jurnal. - Toshkent, 2008y. № 1. 58-64b. 10. Tolipova J.O. Oʻquvchilarda ijodiy faollikni shakllantirish yo‘llari/7 Pedagogik tahlim. - Toshkent, 2012. - № 3. 24-27b. 11. “Aniq va tabiiy fanlarni oʻqitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar” mavzusidagi aniq va tabiiy fanlar oʻqituvchilari respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2016 yil 14 dekabr. 12. “Ijtimoiy fanlarni oʻqitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda oʻquv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammo va yechimlar” mavzusidagi ijtimoiy fanlar oʻqituvchilarining respublika forumi tavsiyalari. “Ma’rifat” gazetasi, 2017 yil 26 aprel. 13. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta’limda innovatsion tex-nologiyalar(ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). –T.:Iste’dod, 2008.-180 b. Elektron ta’lim resurslari 1. uzedu.uz – Xalq ta’limi vazirligining rasmiy veb sayti. 2. ziyonet.uz – Ta’lim tarmog‘i portali. 3. eduportal.uz – Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali. 4. cict.uz – Xalq ta’limi sohasidagi AKTni rivojlantirish markazi. 5. utube.uz – Ta’lim videoportali. 6. www.uz – Milliy axborot qidiruv tizimi. 7. lex.uz – О‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi 8. http://www.natlib.uz/ - О‘zbekiston milliy kutubxonasi. 9. http://kitob.uz/ - Respublika Bolalar Kutubxonasi. ILOVALAR. O’TKAZILGAN NAZORAT ISHLARI YECHIMLARI
Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling