Aniq va tabiiy fanlar


Bezashda dekorativ o‘simliklardan foydalanish


Download 4.28 Mb.
bet124/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Bezashda dekorativ o‘simliklardan foydalanish. Gullar va boshqa dekorativ o‘simliklar interyerning istalgan joyida: vestibyul, rekreasiya, oshxona, sinf xonalari va hokazolarda bo‘lishi mumkin. Ularni joylashtirish masalasi qavatlarning umumiy kompozisiyasida ham, interyerning ayrim joylarida xam funksional, biologik va estetik talablardan kelib chiqib hal qilinadi.
O‘quv yurtlari sharoitida funksional talablarni hisobga olish to‘g‘ri bo‘ladi. Gullarni qayerga o‘rnatish ma’qul, ularga qanday taglik kerak bo‘ladi? Misol uchun bargi katta va qo‘pchigan gullarni xonalar derazasi tagligiga o‘rnatish yaramaydi. Birinchi qavat koridorlari va rekreasiyalarida ko‘pincha quyi sinf o‘kuvchilari doimo xarakatda bo‘ladilar (tanaffus paytlari nazarda tutilmokda). Shuning uchun bunday joylarda ularni og‘ir taglik bilan devorga o‘rtacha balandlikda o‘rnatgan ma’qul.
Biologik talablarni maxsus sharoitlar doirasidan kelib chiqib amalga oshirishni biologiya to‘garagi qatnashchilari zimmasiga yuklanadi. Bu shartlar o‘simliklarning yoruglik va issiqlik sezuvchanligidan iboratdir. Ularni isitish manbalaridan turli uzok- likda saqlash, sug‘orish rejimini, zarur bo‘lgan havo namligini saqlab turish ham o‘ziga xos bo‘ladi.
Xonalar uchun mo‘ljallangan o‘simliklar turli-tuman bo‘lib, biz quyidagilarni tavsiya etamiz.
Estetik talablar orasida rassom interyerning ayrim joylari uchun o‘simliklarning o‘sish komponentlarini, ularning ayni shu joyga mosligini to‘g‘ri tanlay olishi muhim rol o‘ynaydi.
Interyerdagi «yashil zonalar» bo‘shliqni ritmik to‘ldirish asosida yoki aloxida guruh sifatida tashkil etilishi mumkin.
Interyerni bezatish. O‘quv yurti interyeri ham juda katta va muhim tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan muhit hisoblanadi, inchunun u yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qilishi kerak.
Birinchi galda, mavjud ta’lim-tarbiya metodlari va hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada badiiy bezatilmagan o‘quv yurti interyerini har tomonlama maqsadga muvofik deyish mumkin emas.
O‘kuv yurtida ta’lim-tarbiya ishlarining sifati, o‘quvchilar va o‘kituvchilarning yaxshi dam olishi hamda salomatligi o‘kuv yurti binosining ichi vazifaviy nuktai nazardan maqsadga muvofik xolda jihozlanishiga ham ma’lum darajada boglikdir.
O‘quv yurti interyeri - o‘quv xonasi, sinf xonalari, direktor xonasi, o‘kituvchilar xonasi, oshxona bo‘lishidan qat’i nazar, yuqorida aytilganidek, ta’lim- tarbiya ishlariga albatta ta’sir ko‘rsatadi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling