Aniq va tabiiy fanlar


Amaliy mashg’ulot. INTERYERDA TEKSTIL MAXSULOTLARI. TEKSTIL MAXSULOTLARIDA RANGLAR JILOSI. INTERYERDA


Download 4.28 Mb.
bet123/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Amaliy mashg’ulot. INTERYERDA TEKSTIL MAXSULOTLARI. TEKSTIL MAXSULOTLARIDA RANGLAR JILOSI. INTERYERDA


O'SIMLIKLAR DUNYOSI. XONADON VA OFISLAR INTERYERI. (2 soat)


Kerakli jixozlar va asbob-uskunalar: O’quv qurollari, konspekt daftar va electron gadjetlar (uyali telefon, planshet, nootbook va b.)
Ishning maqsadi: Talabalarda Servis xizmati yo’nalishi bo’yicha materiallarga ishlov berish texnologiyasi bo’limini o’rganish. Interyerda tekstil maxsulotlari. Tekstil maxsulotlarida ranglar jilosi. Interyerda o'simliklar dunyosi. Xonadon va ofislar interyeriga oid bilimlarni hosil qilish.


Badiiy bezash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish. Hozirgi kunda o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan badiiy bezash ishlarini yanada takomillashtirish masalasiga katta e’tibor berilmokda. Zero bu ishlarning barchasi o‘quv yurtidagi ta’lim - tarbiya ishlariga ijobiy ta’sir etadi.
Taniqli pedagoglar estetik did bilan bezatilgan tashqi muhitning o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini ifodalab, uni butun ta’lim-tarbiya jarayonining muhim shartlaridan biri, deb hisoblaydilar. Shuning uchun amalga oshirilayotgan badiiy bezash ishlariga tarbiyaviy tadbirlarning ajralmas qismi sifatida qarash lozim. Mavjud badiiy bezash elementlari dekorativ panno, sinf xonalaridagi mebel shakllari, sinf taxtasi va devor larning rangi bularning hammasi pirovard natijada bolalar psixolog‘iyasiga ma’lum darajada ta’sir ko‘satadi. Quyida o‘kuv yurti devorlarini bo‘yashning ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Interyer va fasadlarni bo‘yash. O‘quv yurti devorlarini bo‘yash ranglar turli yoshdagi o‘kuvchi- larga turlicha ta’sir etishini hisobga olib amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ana shu ta’sirni bilmaydigan kishilar tomonidan devorlarni bo‘yashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlarda badiiy kengash va tasviriy san’at o‘qituvchilarining ishtirok etishi maqsad muvofikdir. Devorlarni bo‘yashda ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llash ularning psixologik ta’siriga alohida e’tibor berish lozim. Ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llanishi piro vard natijada ta’lim- tarbiya ishlari sifatini oshirishga qaratil gan bo‘lsa, psixologik ta’sirchanlik ham sinfda o‘quvchi uchun maishiy va ma’naviy qulaylik yarata olishi kerak.
Sinf xonalarini bo‘yash uchun ranglar tayyorlashda ularning yorug‘lik qaytarish xususiyatlarini nazardatutish lozim.
Sinf xonasining shakli, hajmi, unga tabiiy yoruglik qay darajada tushishiga, sun’iy yoritish xarakteriga qarab devorlarini bo‘yash uchun u yoki bu rangning to‘yinganligi aniqlanadi. Ranglarning to‘yinganligini aniqlash uchun turli ranglarga bo‘yal- gan sirtlarning yorug‘lik qaytarish koeffisiyentlarini hisobga olish lozim. Devorlarni bo‘yashda ko‘llanadigan asosiy ranglarning yorug‘lik kaytarish xususiyatlari quyidagicha:

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling