Aniq va tabiiy fanlar


Download 4.28 Mb.
bet33/156
Sana26.10.2023
Hajmi4.28 Mb.
#1725077
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156
Bog'liq
Mutahasislik faniga kirish MAJMUA

Nazorat savollari:


  1. Maktabdan tashqari ishlar turlari?

  2. Tadbitlar rejasini tuzing



Foydalanilgan adabiyotlar


  1. R.Sh.Berdiqulov, Sh.M.Mirkomilov, A.Yu. Iskandarov. Anorganik Texnologiya . Toshkent. 2018.

  2. Axmerov, A.Jalilov, R.Sayfutdinov. Umumiy va anorganik Texnologiya. Toshkent: Uzbekistan, 2003.

  3. Yu.T.Toshpulatov, Sh.S. Isxokov Anorganik Texnologiya. Toshkent: Ukituvchi, 1992.

  4. O.M. Yoriyev va b. Umumiy va noorganik Texnologiyadan masala va mashklar tuplami. Toshkent. 2008.
    1. mavzu. FANGA OID QOIDA, MISOL, MASALA, TOPSHIRIQLAR XAMDA LOYIXA ISHLARINI BAJARISHNING ENG SODDA USULLARINI


TOPISH VA O’RGANISH. (2 soat)

Reja:


      1. Loyiha tuzish

      2. Loyiha boshqaruvi bosqichlari



Tayanch so’zlar: Loyiha, Loyihalarni boshqarish bo’yicha bilimlar, Tejamkor Olti Sigma, texnologik jarayon, Texnologiya va dizayn, Servis xizmati, Loyiha dizayni.


Loyiha tuzish


Jahondagi yirik professional tashkilotlardan biri bo’lgan Loyiha Boshqaruvi Instituti (PMI) ta’rifiga ko’ra, loyiha deganda noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratish uchun vaqtinchalik intilish tushuniladi. Loyiha (proyekt) vaqtinchalik tabiatga ega bo’lgani sababli uning boshi va oxiri mavjudligini bildiradi. U yakka o’zi yoki biror dastur/programmaning (bir-biriga bog’liq loyihalar to’plami) yoki portfelning (bir- biriga bog‘liq dasturlar yoki loyihalar to’plami) bir qismi bo’lishi mumkin. Loyihalar boshqaruvida natijalarga erishish uchun asosan uchta yondashuvlardan foydalaniladi: an’anaviy (inglizchada, predictive/waterfall), moslashuvchan (agile) va gibrid (hybrid).
Loyiha tuzish uchun oldin uning nizomini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Masalan, nizomda ushbu asosiy elementlarni yoritib berish mumkin: - Loyiha uchun asoslar va ehtiyojlar haqida bayonot - Loyihaning maqsadlari - Loyihaning chegaralari (loyiha chegarasiga nimalar kirish yoki kirmasligi haqida ma’lumotlar) - Loyiha budjeti uchun asoslangan biznes keys (zarur bo’lgan xarajatlar hisobi va ushbu loyiha orqali erishiladigan foyda va natijalar haqida ma’lumotlar, ularning kelib chiqish moliyaviy hisob-kitob tafsilotlari) - Loyihaning samaradorlik metrikalari - Loyihaning budjeti (taxminiy) miqdori - Loyiha bosqichlari bo’yicha vaqt rejalari - Loyihaning mijozlari, homiysi, jamoasi va manfaatdor tomonlar haqida ma’lumotlar - Loyiha bajarilishidan erishiladigan asosiy natijalar haqida ma’lumotlar - Loyiha boshlash vaqtida aniqlangan asosiy risklar haqida ma’lumotlar - Loyiha boshlanishi va tugashi vaqt oraliqlari - Loyiha yondashuv turi
Nizom loyihaning “tug’ilganlik guvohnomasi” hisoblanib, loyiha boshqaruvchiga tashkilot resurslaridan foydalanish uchun huquq beradi. Nizom odatda PowerPoint yoki Word dasturlarida hujjatlashtiriladi va kerak bo’lganda vaqt o’tishi bilan loyiha homiyi ruxsati bilan yangilanib boriladi.

Download 4.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling