Aniq va tabiy fanlar kafedrasi amaliy sport turlari


O‘zbekistonda voleybolning vujudga kelishi


Download 5.98 Mb.
bet10/39
Sana18.09.2023
Hajmi5.98 Mb.
#1680869
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Voleybol Majmua 2023- yil

O‘zbekistonda voleybolning vujudga kelishi
O‘zbekistonda voleybolning vujudga kelishi va rivojlanish istiqboli Har bir sohada o‘tmishni bilmasdan, ajdodlarimiz merosini o‘rganmasdan, yutuq va kamchiliklarga e’tibor bermasdan bugungi kun hamda kelajak loyihasini samarali ishlab chiqish mumkin emas. Aynan shunday tamoyil doirasida o‘zbek voleyboliga doir tarixiy ma’lumotlar, ushbu sport turi bo‘yicha o‘z davrida diyorimiz shuxratini ko‘targan sportchilar, mutaxassis va o‘qituvchi trenerlar haqida, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan Respublika va xalqaro musobaqalar haqida tassavvurga egbo‘lmasdan, ularni bugungi mashg‘ulotlarda keng targ‘ib qilmasdan yetuk mutaxasis – kadrlar tayyorlash jarayonini to‘laqonli tashkil qilishning imkoni bo‘lmaydi. Voleybol O‘zbekistonda qachon, qayerda va qanday vaziyatda vujudga kelgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin ayrim taxminlarga qaraganda 1921-24–yillarda voleybol o‘yini Qo‘qon, Toshkent va Farg‘onada vujudga kela boshlagan. O‘sha davrning sport veterani K.Lebedevning hikoya qilishicha, 1924-25–yillarda ko‘pgina yoshlarni doira shaklida joylashib, bir-birlariga to‘p uzatish o‘yinlari tarqala boshlagan. Mazkur davrda Yevropada voleybol bo‘yicha qabul qilingan xalqaro musobaqa qoidalari ancha takomillashgan bo‘lib, unda 9x18 m. maydonda, to‘p bilan faqat uch marta o‘ynash mumkinligi, o‘yinchilar tarkibi bir jamoada 6 kishidan iborat bo‘lishi, to‘rni balandligi 243 sm (erkaklar uchun), hisob 15 ochkoga yetganida o‘yinning bir bo‘limi yakunlanishi, to‘pni o‘yinga kiritish – xullas, barcha o‘yin qoidalari zamonaviy voleybol o‘yini qoidalariga o‘xshash edi. Shunga qaramay O‘zbekistonda voleybol qoidalari 1924-25–yillarda hali ancha sodda bo‘lgan.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ayrapetyants L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. –T.: “Fan va texnologiya”, 2012.
2. Goncharova O.V., Qipchoqov B.B., Boltayev Z.B. Voleybol. – T.: “lider Press”, 2008.
3. Железняк Ю.Д., Петров П.К. Основы научно-методической деятельности в физической культуре и спорте. // Учеб. пособие для студ. ВУЗов. –М.: “Академия”, 2002.
4. Холодов Ж.К. Теория и методика физического воспитания и спорта. //Учебное пособие для студентов высших учебных заведений, обучающихся по специальности “Физическая культура”. – М.: “Академия”, 2008.
5. Хулио Веласко (Аргентина), Даг Бил (США), Филип Блен (Франция), Джузеппе Азарра (Италия). Современный волейбол. //Тренировка. Управление. Тенденции. –М.: “ВФВ”, 2008.
6. Чесноков Ю.Б. Техника игры. // Методический сборник. –М.: “ВФВ”, 2008.

Download 5.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling