2-amaliy mashg’ulot: Voleybol o‘yinida to‘pni boshqarishning texnik usullarini o‘rgatish
Pastki uzatishlar aniqligini ta’minlash uchun zaruriy xulosalar
1.Pastki uzatishlar aniqligini ta’minlash uchun to‘p ostida o‘z vaqtida harakatlanishni bajarish va turish holatida to‘xtash zarur.
2. To‘pni pastki turish holatida ushlash, gavda qismlarining holatini to‘pni uzatgandan keyin ham bir necha daqiqa ushlab turish lozim.
3. To‘pni barmoqlar biriktirilgan, bir-birining ustiga qo‘yilgan, oldinga cho‘zilgan qo‘llardan tashkil topgan tirsaklarning pastki qismi bilan qaytarish kerak.
4. To‘pni ushlash jarayonida himoyalovchi tirsaklar har qanday vaqtda: uzatishgacha, uzatishda va uzatishdan keyin ham o‘z-o‘ziga parallel holda harakatlanishi mumkin.
5. Himoyada tirsaklarning to‘pga tomon tezlashuvi tizza-tovon bo‘g‘inlari hisobidan amalga oshirilishi lozim.
6. To‘pni qabul qilishda tirsaklarni o‘z oldida tutib turish kerak.
7. Agar himoyalovchi tirsaklari tayanch maydonning tashqarisiga chiqarishga to‘g‘ri kelsa, uni 4-punkt talablariga mos ravishda yo‘naltirish va ushlab turish kerak.
8. Yelka bo‘g‘inlarida qo‘llarning aylanma harakatini faqat to‘pni “o‘z yo‘lida” yoki bosh orqasiga uzatishlarni bajarish sharoitlaridagina ijro etish mumkin.
1. Uzatishning “bir tomonlama qattiq usuli” (1-rasm).
1-rasm
To‘p bilan ishlashning “ikki tomonlama qattiq” usuli (2-rasm).
2-rasm
Uzatishning“ ikki tomonlama yumshoq” usuli (3-rasm)
3-rasm
4. Testlar
Test savollari
Qiyinchilik darajasi – 1
Voleybolda to’pni o’yinga kiritishda to’p to’rga tegib o’tsa o’yinni davom ettirish mumkinmi?
|
Mumkin, ruxsat beriladi
|
Mumkin emas
|
Hakamga bog’liq
|
Faqat 1marta
|
№ 2 Manba –L.R.Ayrepetyans, A.A. Pulatov. “Voleybol nazariyasi va uslubiyoti”
Do'stlaringiz bilan baham: |