2.1.2.1. Qurilish materiallari - radon manbai
Aytganimizdek. qurilish materiallari xonalardagi radon miqdoriga bevosita aloqador. Sababi foydalanadigan materiallar u tabiiy yoki sun’iy bo‘lishidan kat’i nazar, tarkibida ozmi-ko‘pmi miqdorda 238U va 226Ra zlementlari bo‘ladi. Qurilish materiallari hisoblangan granit, tog‘ jinslari va qumlari tarkibida uran miqsori ko‘p bo‘lishi mumkin. Tarkibida uran ko‘p bo‘lgan og‘ir va engil beton (kul, glinozem va boshqa ishlab chiqarish chiqindilari qo‘shilgan) materiallari, bazalьt tolasidan olina-digan issiqlik izolyatorlari va shunga o‘xshash qurilish materiallari xonalardagi radon aktivligini sezilarli darajada oshirib yuboradi.
Mayda donalardan (granulalardan) iborat muhitda radonning eksxalyasiya tezligi granula yoki zarrachalarning o‘lchamiga bog‘liq bo‘lib, u quyidagicha ifodalanadi:
E=s∙ (2.5)
bu erda: E - radonning eksxalyasiya tezligi, s -doimiy kattalik, d-zarrachaning o‘rtacha diametri, x — qiymati zarrachalarning zichligiga bog‘liq bo‘lib, 0,5-1 intervalda o‘zgaradi [7].
Ko‘rgazma sifatida 2.2- va 2.3-jadvallarda SHvetsiya va Germaniya qurilish materiallaridagi 226Ra va 232Th radionuklidlarining solishtirma aktivligi keltirilgan [76].
2.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |