Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SR-39 iz detektori yordamida tuproq (a) va qattiq materialning (b) radon eksxalyasiya tezligini aniqlashning sxematik ko‘rinishi.
2.3.1.1. RETni aniqlash usullari
Jismlar yuzasi tarkatayotgan RETni aniqlash uchun aktiv va passiv metodlar mavjuddir. Bunda o‘lchanishi kerak bo‘lgan radon eksxalyasiyasi oqimi radon yig‘ish yoki o‘lchash kameralariga tabiiy yoki sun’iy yo‘llar bilan to‘planadi. Kameralar plastik, shisha yoki zanglamas metaldan tayyorlangan bo‘lib, tashqi ko‘rinishissilindr, sfera yoki kub shaklida bo‘lishi mumkin. Namuna materialning shakli va o‘lchamiga qarab kameralar hajmi ham o‘zgaradi (0,25—4 l). Passiv metodlarda -zarralarni qayd qilish uchun SR-39 va LR-115-II iz detektorlari, elektret va aktivlashtirilgan ko‘mir detektorlari ipshatiladi va havo kamerasiga tabiiy jarayonda yig‘iladi [4, 5]. Aktiv metodsa ionlashtirilgan, yarim o‘tkazgich yoki ssintillyasion asboblar qo‘llaniladi va namuna havo o‘lchash kamerasiga havo nasosi yordamida haydaladi. Sochiluvchan va qattiq materiallar yuzasining RET qiymatlari laboratoriya yoki dala sharoitida o‘lchanadi [96—127]. LSH da o‘lchash uchun namuna massasi 0,5-2 kg atrofida bo‘lib, u kamera ichiga detektor bilan qo‘yilib, zich yopiladi va qayd qilish aniqligini oshirish uchun uch oygacha ekspozitsiyada bo‘lishi mumkin. Agar namuna materialning hajmi kamera hajmidan katta bo‘lsa, kamera og‘zi filьtr bilan yopilib material yuzasiga zich mahkamlanadi va kameraning tashqi perimetri plastilin yordamida izolyasiyalanadi. Xuddi shu usul bilan xona devorlari, shipi va pol yuzasiga o‘lchash kamerasi mahkamlanadi. Agarda namuna material sochiluvchan (qum yoki tuproq) bo‘lsa, kamera namuna yuzasiga qo‘yiladi va uning tashqi perimetri qum bilan yopilib engil bosilib chiqiladi. Ko‘mir va elektret detektorlar qo‘llanilganda ekspozitsiya vaqti 3-24 soat oralig‘ida davom etadi. Amaliyotda radon eksxalyasiya tezligini dala sharoitida aniqlashga to‘g‘ri keladi. Masalan, radon xavfli qurilish maydonlarini tekshirishda, joylarning geologik muhitini aniqlashda, zilzila yoki vulqonni oldindan aytishda. Radonning eksxalyasiya qiymatini DSH da aniqlaganda unga bir qator tabiiy omillar ta’sir qilishi mumkin, ya’ni: joy geologiyasi-tuproq zarralarining o‘lchamlari, erosti yoriqlari va bo‘shliqlari; ob-havoga bog‘liq gradientlar-xarorat, bosim, namlik, konveksiya; erning magnit anomaliyasi va kuyosh aktivligi variatsiyasi, 2.3-rasmda sochiluvchan va qattiq moddalar yuzasishshg RETini passiv metod yordamida anikdashning sxematik ko‘rinshpi keltirilgan. 2.4-rasmda aktiv metod yordamida har xil materiallar yuzasidan RETni aniqlashning sxematik ko‘rinishi keltirilgan. 2.3- va 2.4-rasmlarda ko‘rsatilgan passiv va aktiv metodlar usulini, ya’ni SR-39 iz detektorli va radon o‘lchagichli kameralarni laboratoriya va dala sharoitida ham qo‘llasa bo‘ladi. 2.3-rasm. SR-39 iz detektori yordamida tuproq (a) va qattiq materialning (b) radon eksxalyasiya tezligini aniqlashning sxematik ko‘rinishi. 2.4-rasm. Radon o‘lchagich yordamida tuproq (a) va qattiq material (b) RETini aniqlashning sxematik ko‘rinishi. SHuni ta’kidlash kerakki, har xil olimlar, mamlakatlar va sharoitlarda o‘lchangan radonning eksxalyasiya qiymati ba’zan bir-biridan juda katta fark qiladi. SHuning uchun, dunyo olimlarining radon aktivligini o‘lchash usullariga va RETni aniqlashda foydalangan formulalariga to‘xtalib o‘tishni lozim topdik. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling