Aniqlash usullari
Radon tufayli upka saratonidan (O‘S) vafot etgan konchilar soni
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.3. Boshqa konlardaga radon mikdori
Radon tufayli upka saratonidan (O‘S) vafot etgan konchilar soni
* 1RIJOQ- 6,3∙ Bk∙st/ =3700 Bk/∙170 st (bir oyda 170 soat ish kuni) ** 1 –Colorado Plateau, 2-Ontario, 3-Beaverlodge, 4-Port Radium, 5- West Bohemia, 6-Malmberget, 7-New-Mexico, 8-Newfoundland, 9-Yunnan Province, 10-Cornwall, 11-radium Hill [91]. 2.8-jadvalda keltirilgan o‘n ikkita shaxtadagi o‘pka saratoni tufayli vafot etganlarning sonini ko‘radigan bo‘lsak, ular 50-1000 atrofida. Vafot etganlar soni bilan kutilganlarni taqqoslaydigan bo‘lsak, vafot etganlar soni kutilganlarga nisbatan 1,5-5 marta ko‘p. Saraton kasalligi bilan vafot etgan konchilar soni radon dozasiga juda bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. Masalan, dozalar o‘sishiga qarab - 7 RIJOQ (Avstraliya), 383 RIJOQ (Kanada) va 821 RIJOQ (AQSH) shaxtalardagi o‘lim soni ham mos ravishda 32, 139 va 256 oshib borgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, uran konlarida radon aktivligining oshishi o‘pka saratonining ko‘payishiga olib kelar ekan. Ayniqsa, sigaret chekuvchi konchilar dozasiga radon dozasi qo‘shilsa, ularning umumiy ta’siri juda sezilarli darajada oshishi uran shaxtalarida kuzatilgan [92, 93]. 2.2.3. Boshqa konlardaga radon mikdori Uran qazib olishga mo‘ljallanmagan shaxtalardagi radiatsion nazorat normalarining o‘rnatilishi bilan tanishadigan bo‘lsak, ular 1980 yillarga to‘g‘ri kelishini ko‘ramiz [5,89,90]. Buyuk Britaniyaning 1984 yilgi ma’lumotlariga asosan, polimetal konchilari uran shaxtalaridan keyingi eng ko‘p nurlanish dozasini oluvchilarga kirarkan. SHaxtalar muhiti konchilar sog‘ligiga bevosita bog‘liq bo‘lganligi uchun ko‘pgina mamlakatlarda (Buyuk Britaniya, AQSH, SHvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Polьsha, Germaniya va boshkalar) RHA o‘lchash ishlari olib borilgan va radon xavfi yuqori joylarda himoya tadbirlari o‘tkazilgan [94]. Uran qazishga mo‘ljallanmagan konlarda ham shaxtyorlarning radon tufayli oladigan dozasi chegara normadan bir necha marta yuqori bo‘lgan. Olib borilgan himoya tadbirlari tufayli shaxtyorlar oladigan RIJOQ dozasi 3-5 yil ichida, 5-7 marta kamaygan. Radon dozacini aniqlash uchun nitratssellyuloza (LR-115-II) va polikarbonat (Makrofol DE) asosida individual dozimetrlar yaratildi. [89-91]. Sobiq ittifoq davrida, ittifokdosh respublikalardagi uran shaxtalari va shaxtyorlarga tegishli ma’lumotlar va hujjatlar maxfiy sakdanar edi. Ammo shuni takidlash kerakki, Moskva biofizika ilmiy tekshirish instituti xodimlari ko‘p yillar davomida uran konlaridagi nurlanishning konchilar sog‘ligiga ta’sirini o‘rganib kelishgan [95]. Ular bergan hisobotlarga ko‘ra, konchilarning uran konlarida olgan doza qiymati boshka mamlakatlar ma’lumotlariga yaqin bo‘lgan.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling