2.3. Radonning eksxalyasiya tezligi va uni aniqlash usullari
2.3.1. Radonning eksxalyasiya tezligi
Bizni o‘rab turgan muhit har xil tabiiy, kosmogen (koinot nurlari) va texnogen (atom texnologiyasi bilan bog‘liq nurlanish) ko‘rinishdagi ionlashtiruvchi nurlanishlar girdobida joylashgan.
Qurilish materiallari, devorlar va er yuzalaridan tarqalayotgan radon oqimi intensivligi yoki eksxalyasiya tezligi qiymatini aniqlash-radonning xavfli manbalarini, uning chegara qiymatini va dozasini baholashda muhim bo‘lgan fizik kattalik hisoblanadi. Amerika olimlari Nazarov va Nerolarning(W.W.Nazaroff and A.V.Nero) [10] ta’kidlashicha, xona devorlari beradigan qo‘shimcha radon aktivligi quyidagiga tengdir:
ARn=ES/Vλν (2.6)
bu erda: ARn-radon hajmiy aktivligi, Bk/; E - radon eksxalyasiya tezligi, Bk/∙st (st-soat); S-devor yuzasi, ; V-xona hajmi, ; λν-xonadagi havoning almashish tezligi (HAT), .
Har qanday materialning birlik yuzasi (1)dan vaqt birligi (1/st) ichida tarqalayotgan radon oqimi radonning eksxalyasiya tezligi deyiladi va quyidagi birlikda beriladi: Bk/st yoki mBk/sek (1mBk/sek=3,6 Bk/st). Ba’zan o‘lchanadigan materialning shakli va hajmiga qarab, quyidagi birliklar Bk/st yoki Bk/kg∙st ham [98, 101, 109] ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |