Aniqlash usullari
RET qiymatlarinn taqqoslash
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
2.3.2. RET qiymatlarinn taqqoslash
Endi turli mamlakatlar mualliflari aniqlagan RET natijalari va ularning taxlili hamda umumiy xulosalar bilan tanishamiz. Italiyalik olimlar LSH [101]da qurilish materiallar yuzasi tarqatayotgan radon va toron eksxalyasiya tezligiii bir vaqtning o‘zida aniqlash usulini yaratishdi. Massasi 0,5-1 kg atrofidagi qattiq jism,ssement va beton namunalari ekspozitsiya qilishdan avval 24 soat davomida 110°S da quritildi. Rn va uning hosi-lalarining alьfa-zarralarini qayd qilish uchun hajmi 5,1 l li po‘latdan yasalgan radon kamerasi va SR-39 iz detektoridan foydalanilgan. Kameradagi radon aktivligini RAD7 o‘lchagichi bilan nazorat qilib borishgan. SR-39 va RAD7 radon asbobi uchun ekspozitsiya vaqti mos holda 19 kun va 24 soatni tashkil qilgan. Qattiq jism vassement uchun radon eksxalyasiya tezligi (va akxivligi) mos holda 0,49 Bk/m2∙st (100 Bk/m3) va 0,49-0,97 Bk/m2∙st (100-200 Bk/m3) atrofida bo‘lsa, beton bloklar uchun esa 0,97-1,94 Bk/m2∙st (200-400 Bk/m3) ni tashkil qilgan. Tajribada RET qiymatining muhit haroratiga bevosita bog‘liqligi kuzatilgan. Misrliklar [ 102] marmar va granit jismlar yuzasi tarqatayotgan radon oqimini LSHda o‘lchash uchun ikkita SR-39 detektorli kameradan foydalanishgan. Hajmi V=385 sm3 (Ø=7 sm, h=10 sm) bo‘lgan kameralar ichiga namunalar o‘rnatilib zich yopilgan va 30 kun ekspozitsiyaga qoldirilgan. RET kattaliklarini quyidagi formuladan aniqlashgan [99, 104]:
bu erda: ρ-alьfa izlar zichligi, iz/m2; ξ- SR-39 detektorining qayd qilish effektivligi, nisb.b. Marmar va granit yuzasi RET qiymatlari mos holda 0,33-1,26 va 0,29-1,07 Bk/m2∙st oralig‘ida 25% xatolik bilan aniqlangan. Boshqa misrlik olimlar [104], mamlakat janubida joylashgan rayonlar tuprog‘ining RETini dala sharoitida o‘lchashgan. RETini aniqlashda italiyalik mualliflar [ 102] taklif qilishgan usuldan foydalanishgan. O‘lchashlar natijasida tuproq yuzasidagi RET va uran aktivligi mos holda 16,2-59,4 Bk/m2∙st va 3,15-412 Bk/kg atrofida ekanligi aniqlangan. Xitoyning uchta: Pekin (Veijing), Guyang (Guiyang) va Xuxot (Huhhot) provinsiyalaridan 47 ta joy tanlangan [105]. RETni o‘lchash ishlari dala sharoitida olib borilgan; po‘latdan yasalgan qozonsimon idish (Ø=7 sm, h= 5,2 sm) ichiga radon o‘lchagich asbobidan so‘ng, tuproqlarning RET qiymatlari quyidagi oraliqlarda topildi: Pekin-3,1-49,9 mBk/m2∙sek; Guyang-4,6-128,5 mBk/m∙sek va Xuxot —2,0—29,0 mBk/m2∙sek. Boshqa xitoyliklar tomonidan [106] uch yil davomida (2002-2004 yillar) uchta provinsiyadagi 144 joyning, ya’ni cho‘kma tuproq va granit materiallarning radon potensiali dala sharoitida o‘lchangan. Radon eksxalyasiyasini aniqlashda V-104 sm3 (Ø=22 sm, h=26,5 sm) bo‘lganssilindrsimon kamera va ko‘mir sorbenti (Ø=7,5 sm, h=3 sm, m=50 g) namuna yuzasiga zich mahkamlanib, 3—4 st ekspozitsiyaga qo‘yilgan. Ko‘mir sorbentida yutilgan radon hosilalarining gamma-aktivligi, HPGe detektorida o‘lchangan va nisbiy yo‘l bilan RET qiymati topilgan. Granit materiallardagi RET - 12,06-30,42 mBk/m2∙sek; cho‘kma tuproq RETi — 18,1—41,4 mBk/m2∙sek intervalda aniqlangan. Uch yil (2002-2004 yy.) davomida o‘lchangan RET qiymatlari bir-biridan 15-20% farq qilgan. Masalan, cho‘kma tuprokdagi RET 2002 yilda: 25,1; 19,6 va 32,5 mBk/m2∙sek ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2004 yilda quyidagigacha: 19,7; 18,1 va 41,1 mBk/m2∙sek o‘zgargan. Tog‘ jinslari va er maydonlarining RET qiymatlarini bilish geofiziklar uchun ham juda muxim. Ular konlardagi Ra, U va Th tarkibini, er tagidagi bo‘shliqlar va ularning o‘lchamlarini aniqlashlari mumkin. Bundan tashqari, er ostidagi dinamik jarayonlar to‘g‘risida muhim ma’lumotga ega bo‘ladilar. Sloveniyaning shimoliy-g‘arbidagi tog‘ zonasini Ravne (Ravne) yorig‘i kesib o‘tgan. Ana shu joyda radon kamerasi va Alpha-GUARD monitori bilan o‘lchash ishlari olib borildi [107] va eksxalyasiya qiymati quyidagi formuladan topildi: Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling