Aniqlash usullari
Turli mamlakatlar mualliflarining har xil materiallarda aniqlagan RET qiymatlari, Bk/m
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
Turli mamlakatlar mualliflarining har xil materiallarda aniqlagan RET qiymatlari, Bk/m2∙st
2.9-jadvaldan turli mamlakatlar mualliflari tomonidan DSHda va LSHda o‘lchangan materiallarning RET qiymatlari 3000 martagacha farq qilishini ko‘rish mumkin [114, 131]. Masalan, rossiyaliklar tomonidan [112] DSHda o‘lchangan tuproq RETi 11-19 Bk/m2∙st oralig‘ida joylashgan bo‘lsa, boshqa rossiyalik olimlar [114] o‘lchagan tuproq RETining qiymati 16200 tuproq RETining qiymati 0,15-2,1 Bk/m2∙st oralig‘ida joylashgan bo‘lsa [119-122], yaponiya olimlari dala tuprog‘ida o‘lchagan RET qiymati 432-576 Bk/m2∙st juda yuqori [116]. Dala sharoitida xitoy tuprog‘ining RET qiymati 7,2—462,6 Bk/m2∙st bo‘lsa [105], boshqa xitoyliklar esa 45,4-109,5 Bk/m2∙st atrofida topishgan [106]. Radon eksxalyasiyasi tuproq namligiga bog‘liqligini [110] ish mualliflari tajribada (2.5-rasm) ko‘rsatdilar. Masalan, muhit namligi 0% ~ 0,36 Bk/m2∙st; namlik 30 % da RET maksimal qiymatga —0,41 Bk/m2∙st ega bo‘lgan; namlik 45% bo‘lganda RET kamaygan ~0,3 2 Bk/m2∙st. Tajriba mualliflari [110], radonning teskari diffuziyasi RET qiymatini 6-13% kamaytirishini isbotlaganlar. YUqorida keltirilgan [112, 116, 117] ish mualliflarining mulohazalaridan, muhit bosimining RETga ta’siri to‘g‘risida qarama-qarshi fikrlarni ko‘ramiz. Masalan, rossiyaliklar o‘z tajribalarida [112] muhit bosimi RET qiymatiga ta’sir ko‘rsatmaydi deyishgan bo‘lsa, YAponiya va Sloveniya [116, 117] mualliflari esa muhit bosimi oshishi bilan tuproqdagi RET qiymati kamayishini aniqlashgan. Radon eksxalyasiya tezligi qiymatlari bo‘yicha dunyodagi ba’zi mamlakatlarda [140, 141] chegara normalari qabul qilingan, ya’ni RET chegaradan yuqori bo‘lgan er maydonlarida uy-joy binolari va ishlab chiqarish korxonalari qurilishi taqiqlanadi. Bizning mulohazalar bo‘yicha va [131] ish muallifi fikrlariga ko‘ra, RET bo‘yicha qabul qilingan chegara qiymatlar asossizdir, chunki RET qiymatini o‘lchashning yagona metodologiyasi haligacha ishlab chiqilmagan. Bu fikr chex olimlari Matey va Martin Nejnal [111] ishlarida ham aytib o‘tilgan. Ularning fikri bo‘yicha, RET qiymatlariga reglament qo‘yish uchun quyidagilarni: dala yoki laboratoriya sharoitini, muhitnyang ochiq yoki yopiq bo‘lishini, yuzaga nisbatan qanday chuqurlikda o‘lchashni va yil faslini ham hisobga olish zarur. Lotin Amerikasining 6 davlati [84], shu mamlakatlar binolaridagi radon xajmiy aktivligini to‘g‘ri aniqlash uchun o‘lchash tajribalarini birgalikda olib borishgan, Maydonlar yuzasi tarqaetgan RETni aniqlashning yagona metodoyaogiyasini ishlab chiqish va reglament qo‘yish uchun balki shu ish mualliflari kabi xalqaro kollaboratsiya tashkil qilish kerakdir.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling