4.2. Radonning qo‘llanish sohalari
Radon inson hayoti uchun xavfli bo‘lishi bilan birga xalk xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarida; yadro tibbiyotida, tog‘ jinslari geologiyasida, tabiatda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan falokatlarni oldindan bashorat qilishda va fan-texnikaning turli sohalarida qo‘llanib kelinadi. Masalan, radon va toronning chiqishi bo‘yicha gaz quvurlaridagi mikroteshiklar joyini topish va chiqish tezligiga qarab, betonning qotish vaqtini aniqlash mumkin. G‘ovak muhitdagi radon diffuziyasi va adveksiyasini o‘rganish natijasida geologlar neft, gaz va uran qazilmalarini aniqlashadi. Seysmologlar er osti suvlarida va tuproq g‘ovaklaridagi radon oqimining tezligi va uning aktivligi bo‘yicha, bo‘ladigan zilzila va vulqon otilishlarining qisqa muddatli ma’lumot kartasini tuzishi mumkin. Er usti atmosferasidagi va uning har xil balandlik qatlamlaridagi radon va RH aktivligiga va oqim tezligiga qarab, meteorologlar va iqlimshunoslar havo massalarining yo‘nalishi va tezligini aniqlashi mumkin. Radon gazi atmosfera havosining elektrik xususiyatini o‘zgartiruvchi kuchli ionizatorgina bo‘lib qolmay, «er osti - er usti - atmosfera» harakat sistemasida oson qayd qilinadigan radioaktiv indikatordir [4]. Ammo radonni mashhur qilgan narsa, uning bir qator kasalliklarni davolashda qo‘llanshpidir [136].
Do'stlaringiz bilan baham: |