Aniqlash usullari
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
4.2.1. Radonterapiya
Radonterapiya - organizmning kasal organlarini radioaktiv radon gazi ta’sirida davolashdir. Radon bilan davolash muolajalari maxsus ruxsat etilgan xonalarda joylashgan suv yoki havo van-nalarida olib boriladi [136-139, 142]. 4.2.2. Radon vannalari Davolashda qo‘llaniladigan suvlarning minimal radon aktivligi 185 Bk/l ni tashkil qiladi. Davolash sanatoriyalaridagi mineral suvlarning radon aktivligi bir-biridan katta farq qilshpi mumkin. Masalan, sanatoriya suvlaridagi radon miqdori quyidagicha: Barbansh-teyn (Avstriya) - 2200 Bk/l, Baden-Baden (Germaniya) - 780 Bk/l, YAximov (CHexiya) - 6290 Bk/l, Jeleznovodsk - 314 Bk/l va Kislovodsk (Rossiya) - 248 Bk/l [139]. Olimlarning fikricha radonning shifobaxshligi shundaki, uning alьfa-zarralari organlarga zarar etkazmasdan kichik dozalar bilan davolashidadir [142]. Davolash davrida radonning kasalga beradigan integral dozasi 3,1-5,3 rad/gramm atrofida bo‘lib, fondan ozgina farq qiladi. Davolash muolajasi paytida radon va uning hosila radionuklidlari (214- 218Ro va 214VG) butun badan yuzasvda (2 m2) yutilishi bilan va ular chiqaradigan alьfa, beta va gamma - nurlanishlarning ta’sirida bo‘ladi. YAngi olingan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, muolaja paytida 70% radon inson teri yuzasiga so‘riladi va uning alьfa nurlanuvchi hosilalari terida radioaktiv parda hosil qiladi. Radonning taxminan 30%i teriosti qatlamiga, teri osti yog‘ to‘qimalariga va boshqa organlarga diffuzion kirib boradi. Teri ustida hosil bo‘lgan -zarralar, hujayradaga suv va oqsil molekulalarini ionlashtirish natijasida, ulardan biologik aktiv moddalarni ajratib chiqaradi. Bu moddalar o‘z navbatida, teri yuzasida joylashgan nerv uyalari, uchlariga ta’sir qilib ularni uyg‘otadi. Teridagi nerv uchlari markaziy nerv sistemasi va ichki organlar bilan uzviy bog‘langan. Nerv retseptorlariga aktiv moddalarning ta’siri qarshi refleksiya uyg‘otadi, natijada mudrab yotgan hujayralar uyg‘onadi. Teri organizmning periferiyadagi qon aylanishini, immunitet va energetik sistemalarini tartibga soluvchi va har qanday (foydali va zararli) tashqi signallarga reaksiya xususiyatiga ega murakkab mexanizmdir [139]. SHunday qilib, radon insonning teri yuzasiga ikki xil ta’sir qilar ekan: birinchisi - teridagi nerv retseptorlariga yoki nerv uchlariga bo‘lsa, ikkinchisi - gumoralь, ya’ni teriosti qatlamiga, uning yog‘ to‘qimalariga va boshqa organlariga qon bilan o‘tishi. Radon vannasi qabulidan 2,5 soat o‘tgandan keyin, bemor organizmidagi hamma radon gazi chiqib ketadi, yana 2 soatdan keyin esa hosila radionuklidlar emirilib bo‘ladi. Bir necha soat davom etadigan ionizatsion holat, suyuq hujayralardagi biokimyoviy jarayonlarning yo‘nalishi va tezligini o‘zgartiradi. Bu esa ish fuksiyasi bu-zilgan yoki charchagan hujayralarning tiklanishiga turtki bo‘ladi. Radon va uning hosilalarining ma’lum bir dozalari organizmni yoshartiradi (radiatsion gormezis) va nerv sistemasining faoliyatini yaxshilaydi [139]. Radiatsion gormezis bo‘yicha tajribalarda quyidagi narsalar aniqlandi: radonning kichik dozalari inson organizmining harakat faoliyatini tezlashtiradi, sog‘lig‘ini yaxshilaydi, quvvatini ko‘taradi, umrini uzaytiradi va saraton kasalligi xavfini kamaytiradi. Radonning katta dozalari stress sindromi kabi ta’sir qilib organizmga kutilmaganda katta quvvat beradi. Radioaktiv radon gazi va uning hosilalari inson nerv sistemasining va butun organizmining charchog‘ini olishi, ish faoliyati va ruxiyatini yaxshilashi to‘g‘risida ma’lumotlarni prof. A.E. SHemizoda ishlarida ko‘rish mumkin [47]. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling