Aniqlash usullari


IV bob. RADONNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI. RADONNING ISHLATILISH SOHALARI VA CHEGARA QIYMATLARI


Download 1.61 Mb.
bet53/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

IV bob. RADONNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI. RADONNING ISHLATILISH SOHALARI VA CHEGARA QIYMATLARI
4.1. Radonning biologik effektlari
Hozirgi kunda radon va uning hosilalarining inson organizmiga ta’siri va organizmda boradigan jarayonlar yaxshi o‘rganilgan [129-134, 205]. Tegishli adabiyotlardan shu narsa ma’lumki, radon inson organizmiga ikki tomonlama - tashqi va ichki ta’sir qiladi. Birinchidan, radon nafas yo‘li bilan o‘pkaga o‘tadi va bir qismi qonda erib tezlik bilan butun organizmga tarqalib ketadi [71]. Radonning har bir atomi va uning hosilasi to‘la parchalanganda 4 - alьfa, 4 - beta va 2 - gamma kvant zarralarini chiqaradi. Bu radioaktiv zarrachalarning ichida inson hayoti uchun xavflisi alь-fa-zarradir, chunki uning hujayra to‘qimalarini qo‘porish kuchi va nisbatan 20 marta ko‘pdir [129]. Har qanday tashqi yoki ichki nurlanishlar, organizmda biologik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi.

Radon va RHlarining organizmga bo‘lgan biologik ta’siri -zarralarning effektivligi va hosila radionuklidlarining «yashirin energiyasi» bilan aniqlanadi. Inson organining ionlashtirishga sezgirligi nurlanish turiga va energiyasiga bog‘liq bo‘lib, u organizm molekulalari va hujayralarida ionizatsion o‘zgarishlarga olib keladi [95, 133]. Ma’lumki inson hujayrasining asosiy tarkibini, ya’ni 2/3 qismini suv bilan uglerod tashkil etadi, nurlanish ta’sirida suv molekulalari vodorod (N) va gidroksilь gruppa (ON)ga bo‘linadi va qisqa kimyoviy jarayonlar natijasida gidrat oksidi (NO2) va vodorod peroksid (N2O2) hosil qiladi. Gidroksilь gruppaning ionlashishi organizmdagi biokimyoviy va modda almashish jarayonlarining buzilishiga olib keladi. Organizmning nurlanish dozasiga va uning xususiyatiga qarab, organizmda boradigan radiatsion jarayonlar qaytar va qaytmas bo‘lishi mumkin. Agar nurlanish dozasi kam bo‘lsa zararlangan hujayra o‘zining harakat faoliyatini qaytadan o‘zlashtiradi. Agar, ta’sir doza yuqori va uzoq bo‘lsa, hujayralar faoliyati to‘xtaydi va u nobud bo‘ladi. Ionlashishda kechadigan biologik o‘zgarishlar dozalar yig‘indisiga, vaqtiga, nurlanish turiga, ta’sir yuzasiga va har bir organizmning o‘z xususiyataarmga bog‘likdir. Inson organlarini o‘limga (letalь, 1e4:Ьa1) olib keluvchi dozalar: 2000 rad - bosh, 3000 rad - qorindan pastki qismi, 5000 rad - qorindan yuqori qismi, 10 000 rad - ko‘krak qafasi, 20 000 rad - ko‘l va oyoq panjalari uchun [129, 130].

Organizm hujayralarining ionlashishga sezgirlik darajalari har xil bo‘lib, sezgirlik darajasining kamayishiga qarab quyidagi tartibda joylashgan: limfatik to‘qimalar, limfatik tugunlar, o‘t pufagi, qalqonsimon bez, orqa miya va embrion hujayralari. Nurlanish kasalligining xarakterli xususiyatlaridan biri-qon tashuvchi organlarning radiatsiyaga sezgirligidir. Agar butun organizm bir nurlanishda 50 rad doza qabul qilsa, ertangi kuni undagi limfotsitlar soni (limfotsitlarning yashash davri ≤ 1 kun) keskin kamayib ketadi, ikki haftadan keyin esa eritroshtlar (kizil qon tanachalari) soni kamayadi (eritrotsitlarning yashash davri 100 kun). Sog‘lom odamda qizil qon tanachalari 1014 dona bo‘lib har kuni 1012 dona eritrotsit hosil bo‘ladi, nurlangan kasallarda bu muvozanat buziladi. YOsh bolalarning nurlanish sezgirligi yuqoridir. Inson yoshi oshib borgan sari (asosan 25 yoshdan keyin) uning nurlanishga sezgirligi kamayib boraveradi. Nurlanish zarralari har qanday jism yoki tirik hujayra bilan to‘qnashganda zaryadli ionlar va uyg‘ongan atomlarni hosil qiladi. Hujayralarda ionlarning hosil bo‘lish jarayoni 10-13 s davom etadi, keyingi holatda esa to‘qimada fizik va kimyoviy o‘zgarishlar jarayoni ketadi.

Metall zarralariga aylangan radon hosilalarining nafas organlarida joylashib qolishi, ularning disperslik darajasiga (o‘lchamlariga) bog‘liq. Masalan, hayvonlarda o‘tkazilgan tajribalardan shu narsalar ma’lum bo‘ldiki, agarda nafas yo‘lidagi radioaktiv zarralarning o‘lchami 0,1 mkm dan kichik bo‘lganda, ular gaz molekulalari kabi havo bilan o‘pkaga tushadi va bir qismi o‘pka devorlariga o‘rnashib qoladi, qolgan qismi nafas chiqarilganda havo bilan tashqariga chiqib ketadi. O‘lchamlari 5 mkm dan katta bo‘lgan zarralar burun bo‘shlig‘ida ushlanib qoladi. Organizmning radiatsion jarohatlanish darajasi uning nurlanish yuzasiga ham bog‘liqdir. Masalan nurlanish dozasi 4-5 Zv bo‘lib, ta’sir yuzasi 6 sm2 bo‘lganda organizmda sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermaydi, agarda shunday doza butun gavdaga to‘g‘ri kelsa uning jarohati juda xavflidir [130]. Ko‘pchilik odamlarning asosiy vaqti (sutkasiga 90% gacha) uy yoki ish xonalarida o‘tishi ko‘pchilikka ma’lum. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, inson salomatligi xonadagi havoning tozaligiga, xonadagi qurilish materiallarning sifatiga va har bir odamga to‘g‘ri keladigan xavo hajmiga juda bog‘liqdir. «Uy kasalligi» bo‘lgan allergik kasallik asosan, xona muhitida paydo bo‘larkan, bu kasallikni kamaytirish uchun har bir odamga maydon yuzasi 17,5 m2 va balandligi 3 m (umumiy hajmi 50 m3) bo‘lgan muhit talab qilinadi. Nafas olish jarayonida, har bir minutda millionlab radioaktiv radon atomlari inson o‘pkasiga kelib tushadi va o‘pka orkali radon va uning metalga aylangan hosila radionuklidlari butun organizmga qon bilan tarqaladi. Masalan, eng ko‘p radon gipofiz va buyrak usti bezlarida to‘planarkan, bular ichki sekretsiya bezlari bo‘lib, insonning gormonal funksiyasini va nerv sistemasining faoliyatini boshqaradi. Ko‘p mikdordagi radon aktivligi o‘pka faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin [129, 135].



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling