Aniqlash usullari
Binolar havosidagi RCHQ normalari, Bk/m
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4.1.1. RCHQ bo‘yicha Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari
- 4.4.2. Radonning suvlardagi chegara qiymatlari
Binolar havosidagi RCHQ normalari, Bk/m3
4.2-jadvaldan shu narsa ko‘rinadiki, mamlakatlarda qabul qilingan RCHQ jutsa katta 20-800 Bk/m3 intervalda joylashgan. Masalan, Germaniya binolaridagi RCHQ qiymati (250 Bk/m3) mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5 marta ko‘pdir. Me’yoridan ortiqcha olingan radon dozasining o‘rnini to‘ldirish uchun kompensatsiya vaqti 60 yilga teng vaqt qabul qilingan. Bu davrda xonadon egasi 15000 Bk∙yil/m3 teng doza qabul qilishi mumkin. Avstraliya va Angliyada RCHQ ~200 Bk/m3 ga teng bo‘lib, ortiqcha radon mikdorini to‘ldirshp uchun 7,5 yil kompensatsiya vaqti talab qilinadi va uning ekspozitsiya dozasi 1500 Bk∙yil/m3 ni tashkil etadi. Bu esa Germaniyaga nisbatan 10 marta kamdir [153]. 4.4.1.1. RCHQ bo‘yicha Xalqaro tashkilotlar tavsiyalari Binolar va uylar havosidagi radon aktivligining chegara qiymati bo‘yicha Xalqaro tashkilotlar quyidagi normalarni tavsiya qilganlar. Masalan, radiatsion mudofaa xalqaro kommissiyasi - RMXK - 200-600 Bk/m3; Atom energiyasi xalqaro agentligining radiatsiya xavfsizligi normalari - AEXA-RXN - 200-600 Bk/m3; Evropa uyushmalari komissiyasi - EUK-400 Bk/m3; Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti - BDSST -200-300 Bk/m3 [145, 147]. 4.4.2. Radonning suvlardagi chegara qiymatlari Radonning er osti va ichimlik suvlarida yaxshi erishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kitobning 1.4.1.2. bobida berilgan. Radon konsentratsiyasining suvda oshib borishi aholi uchun ham, bolalar hayoti uchun ham xavflidir. SHved olimlarining bergan ma’lumotlariga ko‘ra [156], u erda ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan 200000 ta er osti quduqlari mavjud bo‘lib, 90000 ta quduqdagi RSK- 100 Bk/l atrofida, 10000 ta quduqdagi - 1000 Bk/l atrofida aniqlangan. Bundan shunday xulosa chiqadiki, har kuni 60000 shved grajdanlari radon konsentratsiyasi >1000 Bk/l bo‘lgan suvni iste’mol qiladi, natijada bir yilda 50 ta odam o‘pka raki kasalligiga chalinishi mumkin [157]. A. Simeodionis va uning safdoshlarining [154] aniqlashicha radon konsentratsiyasi ≥1000 Bk/l bo‘lgan suvdan doimiy foydalanish paytida, u xonada 200 Bk/m3 qiymatga teng bo‘lgan qo‘shimcha aktivlik hosil qiladi. AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining - AMMQA (USEPA) tavsiya qilishicha, radonning ichimlik suvidagi konsentratsiyasi 300 pKi/l (11,1 Bk/l)dan oshmasligi kerak, ammo bu taklif amerikaning suv sifatini aniqlash milliy standarti tomonidan hanuzgacha qabul qilinmagan [134]. SHvetsiyalik professor G. Akerblomning bergan ma’lumotlariga ko‘ra [143], 1998 yili Evropaning ettita davlatida radonshshg ichimlik suvidagi konsentratsiyasini chegaralash uchun tavsiya qiymati - TQ (rekomenduemыe urovni, advisory level) va majburiy qiymat - MQ (prinuditelьnыe urovni, enforced level) qabul qilingan. YUqoridagi davlatlar aholisi asosan, er osti suvlarini iste’mol qilishadi va RSK≥10000 Bk/m3 yuqori bo‘lishi mumkin [143, 154]. 4.3-jadvalda Evropaning 7 ta davlatvda qabul qilingan radonning suvdagi TQ va MQi keltirilgan.
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling