Aniqlash usullari


Radonning chegara qiymatlari


Download 1.61 Mb.
bet60/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

4.4. Radonning chegara qiymatlari

4.4.1. Xonalar havosidagi radonning chegara qiymatlari
Dunyo mamlakatlarida o‘tkazilgan ko‘p yillik radon o‘lchashlari, xona va atmosfera havosida radonning o‘rtacha miqdori mos holda 40 va 10 Bk/m3 ni tashkil kilgan [145, 147]. Ammo joylar geologiyasining o‘zgaruvchanligi, tabiiy radioaktiv elementlarning er yuzasida har xil tarqalganligi sababli, uylar va korxonalardagi radon hajmiy aktivligi bir-biridan o‘nlab, ba’zi hollarda yuzlab marta farq qilishi olib borilgan tajribalardan ma’lum. Masalan, SHvetsiya davlati qadimiy muzliklar davrida gaz, suvni oson o‘tkazuvchi va RXD juda yuqori (7∙105 Bk/m3) bo‘lgan shag‘al qumliklar va granitlar o‘rnida paydo bo‘lgan joyda o‘rnashgan [40, 145]. SHvetsiyada olib borilgan ixtiyoriy o‘lchovlarga ko‘ra-100000 xonadonlarning RHA qiymatlari 20 Bk/m3-2∙104 Bk/m3 oralig‘ida aniqlangan bo‘lsa, ularning 1% RHA miqdori 800-40000 Bk/m3 atrofida bo‘lgan [146]. Qumli va loyli tuproqlardagi radon emanatsiyasi mos holda 5000 Bk/m3 va 700000 Bk/m3 ni tashkil qilgan [145, 157].

Avstriyaning ko‘p qavatli binolaridagi RHA 20-88000 Bk/m3 diapazonda o‘zgargan va pastki qavatlardagi RHA o‘rtacha miqsori 1180 Bk/m3 ni tashkil qilgan. Er osti xonalaridagi RHA mikdori 21 dan 210000 Bk/m3 diapazonda o‘zgarsada, uning o‘rtacha qiymati 3750 Bk/m3 ni tashkil qilgan. Lekin har 330 ta uyning 63,5% da radonning aktivligi chegara qiymatidan (>400 Bk/m3) katta bo‘lgan [148, 149].

AQSHda ixtiyoriy tanlov asosida 38 ta shtatning 225 ta okrugidagi 55000 xonadonda RHAni aniqlash bo‘yicha o‘lchashlar o‘tkazilgan [150]. Natijada 78,4% xonadon uchun RHA >74 Bk/m3; 57,3%>>148 Bk/m3; 31,7% >296 Bk/m3; va 8,6% >740 Bk/m3ni tashkil qilgan.

Belьgiya binolarida esa: 100000 uylarda RHA>150 Bk/m3; 10000 uylarda >400 Bk/m3 va 1000 uylarda >4000 Bk/m3 bo‘lgan [151].

Xonalardagi RHA qiymatlarining juda katta diapazonda o‘zgarishi shu narsani ko‘rsatadiki, har bir xonadagi radon aktivligi o‘ziga xos - tabiiy va mahalliy xususiyatlarga egadir.

Professor V.I. Utkin [152] mulohazasiga ko‘ra, 1980 yilgacha hech bir mamlakatda, ularning uylaridagi yoki korxonalaridagi RHA uchun chegara qiymati qabul qilinmagan. Ammo radon aktivligiga birinchi chegara qiymatlari AQSH va Fransiya davlatlariga tegishli bo‘lib, ular 1950 yilda uran konchilari uchun qabul qilingan va radonning ish joydagi qiymati va o‘sha joydagi oylik qiymat dozalari deb atalgan [89-94]. XX asrning oxirgi 80-yillariga kelib radon va uning hosilalarining inson organizmiga va atrof-muhitga ta’siri yaxshi o‘rganilgandan keyin, Evropa va ba’zi bir rivojlangan davlatlarning sog‘liqni saqlash va radiatsion xavfsizlik bo‘yicha organlari ichimlik suvidagi, xonalar havosidagi va qurilish materiallaridagi radon aktivligi uchun chegara qiymat normalarini qabul qilganlar. Xavo, suv va qurilish materiallaridagi radonning chegara qiymatlarini (RCHQ) qabul qilishda har bir davlat individual yondashgan. Ba’zi rivojlangan davlatlarda (YAponiya, Hindiston va Afrika davlatlarida) hanuzgacha radonning chegara qiymatlari qabul qilinmagan.



4.2-jadvalda, dunyo mamlakatlarida qabul qilingan va Xalqaro tashkilotlartavsiyaetgan,foydalanishda(foyd)va loyihada bo‘lgan binolar havosidagi RHA uchun RCHQ normalari keltirilgan [5, 135].

4.2-jadval


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling