Aniqlash usullari


Ionlashtiruvchi kameralar


Download 1.61 Mb.
bet68/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

5.1. Ionlashtiruvchi kameralar
Ionlashtiruvchi (ionizatsion) kameralar (IK) radon hajmiy aktivligini aniqlashda keng qo‘llanilib kelinmokda. Bu metodning ishlash prinsipi — radonning -zarralari IKda hosil qiladigan zaryad tashuvchi


5.1-rasm. A1rha GUARD qo‘l radiometri.
ionlarni elektrodlar yordamida qayd qilishga asoslangandir. Aktivligi 3,7∙1010 Bk bo‘lgan radon o‘zining hosilalari bilan to‘la muvozanatda bo‘lganda gaz kamerasida 2,07-10-3 Amper to‘yinish toki hosil qiladi [163]. Bu sinfga kiruvchi IK radiomstrlardan eng ishonchlisi «A1pha-GUARD PQ2000M» (Germaniya) radon o‘lchagichidir [164, 193].

5.1-rasmda, A1pha-GUARD qo‘l radiometrining umumiy ko‘rinishi berilgan.

A1pha-GUARD radiometri havodagi radon-222 hajmiy aktivligini (Bk/m3) ikki rejimda o‘lchaydi: passiv rejim - namuna havo o‘z oqimi bilan IK da yig‘iladi, aktiv rejimda esa namuna havo nasos yordamida IK ichiga haydaladi. IK plastik himoya ekrani ichiga joylashgan yupqa quvursimon toza po‘latdan yasalgan bo‘lib, po‘lat quvurning, ya’ni kameraning ikki tomoniga plastik material yopilib, uning bir tomonidagi teflon izolyatorga markaziy elektrod mahkamlangan, ikkinchi tomoniga - ya’ni havo kiruvchi teshigiga, faqat 222Rn atomlarini o‘tkazuvchi filьtr qo‘yilgan.

IK ning hajmi 0,56-0,62 l. Asbobdagi asosiy elektron bloklar: muhit parametrlarini o‘lchash bloki (temperatura, namlik, bosim), birlamchi kuchaytirgich, protsessor, suyuq kristalli displey. Havodagi RHAni o‘lchash diapazoni 10-2∙106 Bk/m3 bo‘lib, o‘lchash xatoligi ±30%, radon aktivligi 20 Bk/m3 bo‘lganda sezgirligi 1 imp/min, foni ≤1 Bk/m3 ni tashkil qiladi. Radonomerning avtonom akkumulyator bilan uzluksiz ish vaqti 10 kun, agar radonomer 10 va 60 minut ishlaganda, ma’lumotlarni xotirada saqlash vaqti 20 va 120 kun. Havo nasosi uzluksiz yoki davriy ishlaganda radonomerning kamerasiga 0,03 -1 l/min hajm atrofidagi havoni haydashi mumkin. Asbobga shisha tolali sizib o‘tkazuvchi (filьtr element) o‘rnatilgan. Filьtrning havodagi aerozollarni, toron va RH ushlab qolib koeffitsienti 99,9% ni tashkil qiladi, u faqat havodagi 222Rn gazlarini o‘tkazadi.



Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling