Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet71/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

ξ1=AB/AA; ξ2=AC/AA, (5.6)

AA, AB va AC - mos holda 218Ro, 214Rb va 214Vi ning havodagi hajmiy aktivligi, Bk/m3; τ - namunani olish vaqti; t- namuna olingandan keyingi vaqt; W- havoni haydash tezligi; η- filьtrning aerozollarni tutib qolish koeffitsienti. τ, t va W - parametrlarining qiymati algoritmik o‘lchashlar yordamida aniqlanadi. Ushbu parametrlar ma’lum qiymatlarga ega bo‘lib, 218Ro, 214Vi amplituda bo‘ypcha ajratilganda yuqoridagi tenglamalarning AA va AC nisbatan echimlari ushbu ko‘rinishda bo‘ladi:

ARH = AN1, (5.7)

AS= A KSK3K2 (5.8)

AA=A KA(N1-K3N2) (5.9)

bu erda: A - graduirovka koeffitsienti, Bk∙min/m3∙imp; KA va KC -namunani olish va o‘lchash paytida 218Ro va 214Vi emirilishlarini hisobga olish koeffitsienti; K3214Vi amplituda bo‘yicha ajratish koeffitsienti; N1 va N2- signallar amplituda bo‘yicha ajratilmagandagi o‘lchash tezligi, imp/min.

Radon va toron hosilalarining effektiv yarim emirilish davrlari mos holda 40 min va 10,6 soatni tashkil qiladi. SHu sababdan toron hosilalarining hajmiy aktivligini aniqlashda filьtrlar 1-4 soat oralig‘ida (toki 214Vi emirilib bo‘lguncha) o‘lchab boriladi.
5.2.2. Radonni elektrostatik maydon yordamida qayd qilish
Rn va Tn hosilalarini (216, 218Ro) elektrostatik maydon yordamida qayd qilish asbobining kamerasi - YAO‘D, setkali elektrod va aerozolь filьtridan iborat. Tahlil qilinadigan xavo massasi nasos yordamida filьtrdan o‘tkazilinadi va radon kamerasida yig‘iladi. Aerozolь filьtrning vazifasi havo oqimidagi chanr zarralarini, dispers fazada bo‘lgan aerozollarni va radonning hosila radionuklidlarini tutib qolishdir. O‘lchash kamerasissilindrsimon yopiq idish bo‘lib uning bir tomoniga sirt barьerli Si detektori, uning qarshi tomon teshigiga esa aerozolь filьtr qo‘yilgan. Kameraning ichki devori bo‘ylab to‘rli elektrod simlar tortilgan bo‘lib, to‘rga musbat potensial (elektr kuchlanishi) beriladi. Natijada 220Th va 222Rn emirilishidan hosil bo‘lgan 216, 218Ro atomlarining 88% i musbat zaryadga, qolgan 12% i neytral zaryadga ega bo‘lib qoladi. Kameradagi elektr maydon kuchlanganligi 200 V/sm bo‘lib, detektor yuzasining 216, 218Ro ionlarini yig‘ish effektivligi ≥90% [167] ga teng bo‘ladi.

RAA-01M-03 radon o‘lchagichi yuqoridagidek, ya’ni 216, 218Ro ionlarini qayd qilish prinsipga asoslangan bo‘lib [168], uning umumiy ko‘rinishi 5.2-rasmda berilgan.



Radon o‘lchagichi xonalar havosidagi, tuproq va suv tarkibidagi radonning hajmiy aktivligini o‘lchashdan tashqari, er va boshqa materiallar yuzasidan chikayotgan radon oqimi tezligini aniqlashga mo‘ljallangan.

5.2-rasm. RAA-01M-03 radon o‘lchagich asbobining umumiy ko‘rinishi.
Asbobning 222Rn va 220Th HA aktivligini o‘lchash xatoligi ±30% bo‘lib, o‘lchash ko‘lami 20-20000 Bk/m3.

RAA-01M-03 asbobining blok-sxema tuzilishi 5.3-rasmda keltirilgan.



Radon o‘lchagichi quyidagi bloklardan tashkil topgan: o‘lchagich kamerasi (1), kuchaytirgich (2), havo nasosi (3), yuqori kuchlanishli va avtonom manbalar (4) va (5), iqlim o‘lchash kamerasi - IO‘K (6).


5.3-rasm. RAA-01M-03 asbobining blok-sxema tuzilishi.

Kameraga (1) (V=1,7 l), namuna havo nasos (3) yordamida (quvvati 0,8 l/min) to‘planadi. Kameraning orqa tomoniga sirt-barьerli Si detektori (8) o‘rnatilgan, oldi tomon teshigiga aerozolь filьtri qo‘yilgan bo‘lib, u o‘tayotgan havodagi aerozolь chang va zarralarni ushlab qolib, radon gazlarini (222Rn va 220Th) o‘tkazadi.



222Rn va 220Th HAni aniqlashda musbat zaryadlangan 218Ro(RaA) va 216Ro(ThA) ionlarni elektrostatik yo‘l bilan detektor yuzasiga o‘tkazish uchun kameradagi to‘r elektrodiga (9) musbat zaryadli 1400 V kuchlanish beriladi. Radon gazlarining (222Rn va 220Th) hajmiy aktivligi 218Ro va 216Ro alьfa-zarralari soniga bog‘liq. Qayd qilingan -zarralar detektor (8) qutblarida elektr impulьslarini paydo kiladi. Bu impulьslar birlamchi kuchaytirgichda (2) kuchaytirilib, raqamli signalga aylantirish blokiga beriladi. So‘ngra signallar mikroprotsessorda ishlanadi va natijalari displeyda namoyon bo‘ladi. Iqlim kamerasi (6) bir vaqtning o‘zida muhit temperaturasi, namligi va bosimini displeyda ko‘rsatib beradi. Radon o‘lchagich komplektida alohida havo qaydash moslamasi mavjud bo‘lib, u tuproq, suv va atmosferadagi tahlil qilinadigan havoni RAA-01M kamerasiga haydab beradi.

Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling