Aniqlash usullari


Gamma spektrlar bo‘yicha radonni aniqlash


Download 1.61 Mb.
bet73/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

5.4. Gamma spektrlar bo‘yicha radonni aniqlash
Havodagi yoki suvdagi radon miqsorini aniqlash uchun uning hosilalarining gamma spektrlaridan olingan natijalaridan foy-dalaniladi. Ma’lumki, 222Rn dan hosil bo‘lgan hosilalar 214Rb va 214Vi mos holda 295,21; 351,92 keV va 609,31; 1120,28 keV energiyali gamma-kvantlarni tarqatadi. Radon gazi ko‘mir yoki silikagel sorbentlariga yaxshi so‘riladi. Amaliyotda asosan, ko‘mir tabletkalari qo‘llaniladi, chunki ko‘mir sorbentining radonni yutish koeffitsienti ≤100%. U 300°S gacha qizdirilsa, u radon gazidan to‘liq xalos bo‘ladi [144]. Namuna havo ko‘mirga majburiy yoki tabiiy diffuziya yo‘li bilan so‘rilib, uch soatdan keyin uning aktivligi NaI(11) monokristal detektorida o‘lchanadi. NaI(T1) detektorining gamma nurlarni qayd qilish effektivligi juda yuqori bo‘lgani bilan, 100 keV—10 MeV diapazondagi γ-kvantlarni energiyalari bo‘yicha ajratish qobiliyati juda kichik.

Hozirda radon miqsorini aniqlash uchun γ-spektlarni yuqori aniqlikda ajratib beruvchi, o‘ta toza germaniy (HPGe) detektorlari qo‘llanilmoqsa [205]. Masalan, Sanberra Industries USA firmasi mahsuloti bo‘lgan NRGe detektorining 1332 keV γ-liniyasi bo‘yicha ajratish aniqligi 1,8 keV va uning qayd qilish effektivligi 121 keV uchun 13%, 1173 keV uchun 1,8% ni tashkil qiladi [210,211].

Budapesht shahridaga (Vengriya) mineral suvlar tarkibidagi radiy va radon mikdori gamma-spektrometriya metodi yordamida aniqlangan [171]. Tajriba ishlari uchun 5-10 litr namuna suvi olingan. Suvda Va(Ra)SO4 holidagi radiyning tuzli cho‘kmasini hosil qilish uchun, unga bariy sulьfat qo‘shilgan. Radiyning bariy sulьfatda sorbsiya koeffitsienti 90%. Idishdagi suyuqlik sekin-asta bug‘lantirib 1,9-2,3 gramm Va(Ra)SO4 tuz cho‘kmasi hosil qilingan. Bu cho‘kma Va(Ra)SO4 quritilib, alohida idishga ajratilgan va 226Ra (Eγ=186,1 keV) o‘z hosilasi 214Rb va 214Vi bilan muvozanat hosil qilishi uchun radioaktiv idish 30 kun aloxdsa saqlangan. 226Ra (186,1 keV); 214Rb (295,21 va 351,92 keV); 214Vi (609,31 va 1120,28 keV) radionuklidlarining γ-nurlari NRGe detektorida o‘lchangan. Namuna suvdagi radiy va radonning miqdori nisbiy usulda aniqlangan. Etalon sifatida tarkibi ma’lum bo‘lgan 226Ra va 214Rb, 214Vi standartlaridan foydalanilgan.


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling