VI. QJID bilan elektr maydoni kombinatsiyasi. [109, 128], ish mualliflari elektr maydoni yordamida radon hosilalarini izli detektor sirtiga to‘plab qayd qilishning bir necha konstruktiv usullarini taklif qilishgan. Kuchlanish manbai sifatida elektret yoki akkumulyatorlardan foydalanilgan. Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra [109], amaldagilarga nisbatan, bunday o‘lchagichlarning sezgirligi 100-1000 marta yuqori bo‘lgan.
VII.QJID bilan ko‘mir detektori kombinatsiyasi. Radon gazi ko‘mir tabletkasiga so‘rilgandan keyin uning aktivligini iz detektori yordamida qayd qilishga asoslangan kombinatsion usul o‘lchash sezgirligini ~ 100 marta oshiradi [144, 185].
Do'stlaringiz bilan baham: |