VIII.Radon va uning hosilalarini izlar parametrlari bo‘yicha aniqlash. Hozirgi paytda radon, toron va poloniy izotoplarini aniqlashda, ularning detektorda qoldiradigan izlarining parametrlari bo‘yicha qayd qilishning bir necha yo‘llari mavjud [175, 184]. Ba’zi metodlar 222Rn va 220Rn izotoplarini ularning yarim yashash vaqti bo‘yicha ajratsa, ba’zilari ochiq va yopiq detektorlar qo‘llash usuli bilan ajratadi. Ularni ajratishning boshqa usullari ham mavjud. Bu usul α-zarralarning izlar o‘lchamiga bog‘liq. Masalan, izlarning shakli aylana va ellipsimon bo‘lishi α-zarralarning detektorlar yuzasiga urilish burchagiga bog‘liq bo‘lsa, energiyasi esa izlar diametriga bog‘liqsir. Hozirda radon va RH α-zarralari izlarini 0,1 MeV aniqlik bilan ajratadigan va sanaydigan avtomatik qurilmalar yaratilgan [186, 187].
Do'stlaringiz bilan baham: |