IV.Texnik ko‘rsatkichlari yangilangan Rn-222 radiometri. Frank va Benton [176] Rn-222 ni qayd qilish uchun kichik o‘lchamli kameralardan (<2,5 sm3) foydalanishni taklif qilishdi. Buning sababi SR-39 detektorli hajmi kichik bo‘lgan kameralarda harorat o‘zgarishi, havo aylanishidan tashqari elektrlanish va «rlate out» hodisalari ham kamayadi. Kichik hajmli devori
5.5-rasm. QJID asoslangan radon o‘lchash kameralarining konstruksiyalari:
l- uzunligi, IZ - izlar zichligi, PE - polietilen, SN- nitratssellyuloza.
elektr o‘tkazuvchi to‘rlardan iborat SR-39 detektorli takomillashtirilgan kamera ham ular tomonidan taklif qilingan [180]. Bunday kamerada RH ionlarining qutblanishi va «r1ate-out» effekti kamroq. Bunday kichkinaradiometrlarni radon dozimetri (5.5 IV a-rasm) sifatida ham ishlatsa bo‘ladi. 5.5 IV b - rasmda o‘lchash natijalari ishonchli va xatosi kam bo‘lishi uchun ba’zi olimlar, kamera ichiga ikkita bir xil detektor qo‘yipshi taklif qilishdi. 5.5 IV d - rasmda esa, devori elektr setkali, ikki detektorli (yuzasi ~2 sm2) va plastik filьtrli kameralar ishlanmasini qo‘llash taklif qilingan.
Ellikta QJID detektorlari bilan dunyoning 48 ta laboratoriyasida o‘tkazilgan tajriba natijalari va foydalanilgan detektorlarning texnik xarakteristikalari Maylis va shogirdlarining (Miles et al.) [181] maqolasida keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |