Aniqlash usullari
tasvirining hosil bo‘lish sxemasi
Download 1.61 Mb.
|
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)
tasvirining hosil bo‘lish sxemasi.
Izli detektorlarni edirish jarayonida iz bo‘yicha edirish tezligi (VT) hajmi bo‘yicha ketadigan edirish tezligidan (VB) doimo katta bo‘ladi. Sababi, amaldagi tajribalardan ma’lumki, QJID detektorlardagi edirish tezligi, nurlanish ta’sirida buzilgan mikrouchastkalarda hamma payt yuqori bo‘ladi. Agar VT va VB edirish tezliklari ma’lum bo‘lsa, uni edirish vaqtiga (t) ko‘paytirib, edirish jarayonida yo‘qotilgan (VT t va VBt) qalinlikni topish mumkin. Kritik burchak qiymati kr= VTt/VBt detektor yo‘qotgan qalinlik nisbati bilan aniqlanadi. Tasvirdagi izlarning shakli va o‘lchami zaryadli zarraning energiyasi va urilish burchagiga bog‘liq. Ko‘p zaryadli ionlar yoki yadro fragmentlari bilan bombardimon qilingan iz detektorlarni edirishda doimo VT > VB bo‘lgani uchun, hosil bo‘ladigan izlar tasviri qisqa ignasimon va gantelsimondir. QJID detektorlar ichida eng ko‘p ishlatiladigani SR-39 detektoridir, uning edirish effektivligi (V=VT/VB), boshqalarga nisbatan 2-3 marta ko‘pdir. Edirish paytida yo‘qotilgan qalinlshsni h topish uchun (h= VBt0-VBt) edirishgacha (VBt0) va edirilpgandan keyingi (VBt) plastinkaning qalinliklari o‘lchanadi. Edirish bo‘yicha yo‘qotilgan qalinligi (VTt) to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlash juda murakkab echimdir, shuning uchun S.A. Durrani (S.A.Durrani) [187] VT=V∙VB aniqlash uchun quyidagi bog‘lanishdan foydalanishni tavsiya etdi: V=(1+x2)/(1-x2), (5.10) bu erda: x =da/dfd edirishdan avval va keyin hosil bo‘lgan o‘yiq chuqurchalar bo‘lib, da va dfd - a-zarra va bo‘linish fragmentlari detektor yuzasiga perpendikulyar to‘qnashganda hosil bo‘lgan chuqurchalarning diametrlaridir. SHunga ko‘ra, iz bo‘yicha yo‘qotilgan qalinlikni VT=V∙VB topish qiyinchilikni yuzaga keltirmaydi. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling