Aniqlash usullari


Download 1.61 Mb.
bet84/133
Sana05.01.2022
Hajmi1.61 Mb.
#214827
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133
Bog'liq
Абдисамат ВАСИДОВ-lotincha (Lotincha)

VB bo‘yicha edirilish tezligi deganda, edirma suyuqligiga (NaON yoki KON ishqor suyuqligi) cho‘ktirilgan detektorning butun hajm yuzasi bo‘yicha edirilishi tushuniladi. Edirilish jarayonida detektorning qalinligi ham kamayadi va izlarning diametri edirilish vaqtiga bog‘liq holda kattalashib boradi.

VT izlar bo‘yicha edirilish tezligi deganda, alьfa-zarralarning detektorda qoldirgan izlarining yo‘nalishi bo‘yicha edirilishi, ya’ni latent izning yo‘nalishi bo‘yicha edirilishi tushuniladi. Izlar mikroskopda ko‘rinishi uchun VT sin > VB bo‘lishi kerak. Izlar bo‘yicha edirilish tezligi (VT) edirish sharoitiga bog‘liq bo‘lmasdan, to‘kdashuvchi zarraning parametrlariga, ya’ni zarraning plastik detektordagi o‘tish masofasiga (R) bog‘liq. Ushbu VT (R) funksiya - zarraning zaryadi va massasini aniqlashda asosiy bog‘lanish funksiyasi bo‘lib xizmat qiladi.

Zarraning detektorda iz hosil qilish jarayoniga qaraydigan bo‘lsak, VT va VB parametrlar emas, balki ularning to‘qnashish nuqtalaridagi edirilish tezligining nisbati V=VT/VB juda muhimdir, chunki u edirilishdan paydo bo‘lgan izning geometriyasini ifodalab beradi. Bu nisbat detektorning xarakteristikasi bo‘lib, edirish jarayoniga, ya’ni edirish suyuqligining konsentratsiyasi, harorati va vaqtiga bog‘liq kattalikdir.




Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling