нурларнинг микроскопдагн
тасвир ҳосил кнлнш
схемаси:
1 - ёруғлик манбаи, 2- ва 4 - оптик линзалар, 3 - апертура диафрагмаси, 5 - тоза ойна, 6 - СR-39 детектори, 7 - объектив.
5.7-rasmda mikroskopdan o‘tayotgan nurlarning tasvir hosil qilish jarayoni ko‘rsatilgan. YOrug‘lik manbai sifatida o‘zgaruvchan kuchlanishda ishlaydigan lampa (1). YOrug‘lik nurining manbadan chiqish aperturasidan diagramma aperturasigacha (3) bo‘lgan oraliqda sochilayotgan nurlar (2-4) linzalardan o‘tib, ko‘rinish aperturasiga mos parallel o‘lchamdagi nurga aylanadi. Bu nurlar mikroskopning namuna o‘rishshg‘idagi oyna (5)dan va detektor (6)dan o‘tib ob’ektiv (7)ga kelib tushadi. YOrug‘lik detektordan o‘tayotganda detektor yuzalarida hosil bo‘lgan alьfa-zarralarning izlari ularning zichligiga mos holda yorug‘liqdagi nurlar oqimining intensivligini o‘zgartiradi, natijada mikroskop okulyarida izlarga mos tasvir hosil bo‘ladi.
SR-39 detektordagi alьfa-zarralarning tasvirini monitor ekranida ko‘rsatuvchi optik sistemaning umumiy ko‘rinishi 5.8-rasmda berilgan.
Optik qurilmaning asosiy tarkibi: mikroskop, telekamera va kompьyuter monitoridan iborat. Telekameradan chiqayottan tasvir signali monitorga uzatiladi. Monitor ekranidan detektordagi alьfa-izlar sonini bilish mumkin.
Mikroskop ob’ektivi va monitorning tasvirlar o‘lchamini ko‘paytirish darajasi mos holda ~20 va 500 martani tashkil qiladi. Detekgordagi foydali izlar maydoni 10x10 mm2 bo‘lib, uni shartli ravishda X o‘qi bo‘yicha 14 (X1 -X14) yo‘lakka va Y o‘qi bo‘yicha 16 (Y1— Y16) katorga bo‘lingan, Har bir katak o‘lchami 714x625 mkm2 bo‘lib, umumiy soni 224 katakni tashkil qiladi. Keyingi jarayon, har bir gorizontal yo‘laklar va vertikal katorlar bo‘yicha katakdagi izlar sanog‘ini olishdir. 5.9-rasmda SR-39 detektoridagi α-izlarni sanash usuli ko‘rsatilgan.
5.8-rasm. Alьfa-zarralarning tasvirini monitor ekranida ko‘rsatuvchi optik kurilmaning umumiy ko‘rinishi.
Izlarni sanash Y1 qatoridan boshlanib X1-X14 yo‘lagi bilan tugaydi; keyin Y2 qatorga o‘tib X14-X1 yo‘lagidagi izlar sanaladi. SHu alfozda oxirgi Y16 qatorning X14-X1 yo‘lagidagi izlar sanalib hammasi qo‘shiladi. SR-39 detektorlaridagi α-izlarni sanashdagi xatolik 7-10% ni tashkil qiladi.
5.9-расм. СR-39 детекторидаги α-изларни санаш усули
Hozirgi kunda SR-39 detektorlaridagi α-izlarni sanash avtomatlashgan kompьyuter bilan bog‘langan optik qurilmalarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |